Simfonik Orkestr

Simfonik orkestr - torli, puflama va urma cholgu asboblardan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr.

Uning shakllanishida Yevropada tarqalgan cholgʻu asboblari hamda xalq va professional cholgʻu ansambllari muxim rol oʻynagan. 18-asrning 2-yarmida klassik So. tashkil topgan; u kichik So. deb ham yuritiladi. Unga 8— 10 birinchi va 4—6 ikkinchi skripka, 2—4 alt, 3—4 violonchel, 2 kontrabas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, fagot, valtorna, keyinchalik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-asrda mazkur orkestrga boshqa cholgʻular (mas, trombonlar, truba va boshqalar) qoʻshilishi hamda ijrochilar soni (mas, birinchi skripkalar 14—16 ta gacha) koʻpaytirilishi natijasida katta So. paydo boʻlgan. 19va 20-asrda So. tarkibi oʻziga xos tembr va ifodaviy imkoniyatlarga ega boʻlgan boshqa (mas, kichik va basklarnetlar, arfa, chelesta, organ, fortepiano, ayniqsa, turli urma cholgʻular va boshqalar) musiqa asboblar hisobiga kengaytirilgan.

Oʻzbekistonda So. 19-asrning oxirida paydo boʻldi. Hozir Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr studiyasining Simfonik orkestrlari chet el mumtoz hamda zamonaviy kompozitorlar asarlarining targʻibotchilari sifatida tanilgan. Bulardan tashqari, Navoiy teatri, Muqimiy teatri va boshqa musiqali drama va komediya teatrlarida Simfonik orkestrlar mavjud.





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TarbiyaOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiOʻzbekiston Qizil kitobiMuhammad Sodiq Muhammad YusufYurak-qon tomir kasalliklariMiokard infarktiJismoniy tarbiyaFermentlarQoʻshma gapNamangan viloyatiYurak-tomir sistemasi kasalliklariDasturlashTIMSSDunyo moʻjizalariAnimatsiyaSanitariyaLeykotsitlarFutbolSinonimlarShokWilliam ShakespeareVodorodNavroʻzJaloliddin ManguberdiKreditSayyoraYusuf Xos HojibMotivatsiyaAromatik uglevodorodFaoliyatYorugʻlik interferensiyasiEkstremizmOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiTelegramIlmiy-ommabop adabiyotXorazm viloyatiAbdulla AvloniyBemorni parvarish qilishOila tarbiyasiLionel MessiOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiKimyoviy elementlar davriy sistemasiKonstitutsiyaRuhlar isyoniVijdon erkinligiOmon MatjonTalab va taklifIboraGuinness rekordlar kitobiQulupnaySifatIssiqlik oʻtkazuvchanlikOʻzbek lotin alifbosiHavoQandli diabetBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaOʻzMEMaktabYevropa davlatlari roʻyxatiMeʼdaAfgʻonistonTasavvufTemuriylar imperiyasiBosimQurʼonOʻzgaruvchan tokDunyoning yangi yetti moʻjizasiArab xalifaligiXudoyberdi ToʻxtaboyevQoʻshtirnoqAxborot jamiyatiDevonu lugʻotit turkAnʼanaToʻldiruvchiAtomFoydali qazilmalarTib qonunlariQishloq xoʻjaligiXrom (kimyoviy element)🡆 More