Sanskrit adabiyoti - Hindiston xalqlarining umumiy qad.
davr adabiyoti. Sanskrit adabiyoti hind tadqiqotchilarining fikricha, mil. av. 4ming yilliklardan boshlab shakllana boshlagan. Ushbu adabiyotning rivojlanish tarixini shartli ravishda 3 yirik davrga ajratish mumkin: 1) "Vedalar"ning yaratilish davri (mil. av. 4ming yillikdan boshlab to 1ming yillikda ularga izohlar yozilishi bilan tugaydi); 2) eposlar davri. Ikki buyuk hind eposi: "Ramayana" va "Mahabharata" eposlarining yaratilish davri (mil. av. 2ming yillikdan to ularning yozma adabiyetga kirib kelishi, yaʼni mil. 1-asrlargacha boʻlgan davr); 3) ertak, masallar, roman janri, sheʼriyatga oid risolalar hamda qad. hind dramaturgiyasining shakllanish davri (mil. boshlaridan to 12-asr gacha boʻlgan davr).
Sanskrit adabiyotiga Veda adabiyoti va u bilan bogʻliq estetik adabiyot, sanskritdagi epik obidalar kiradi. Bu adabiyot xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan. Shoir va dramaturg Ashvaghosha, dramaturg Bhasa uning ilk namoyandalaridir. Mil. 1ming yillik oʻrtalari va oxirlarida Sanskrit adabiyoti da Kalidasa dramalari, Bhartrihari va Amaru sheʼriyati, Bana va Dandin nasri paydo boʻldi. Mashhur "Panchatantra" ("Kalila va Dimna"), "Brihatkatha", "Vetalapanchavinshati", "Shukasaptati" kabi asarlar Sanskrit adabiyoti shuhratini olamga yoydi. Sanskrit adabiyoti Hindiston xalqlari ilgʻor ijtimoiy tafakkurini oʻzida ifodalagan adabiyotdir.
Sanskrit adabiyoti jahon tarixiy-adabiy jarayonida muhim oʻrin tutadi. "Panchatantra", "Vetalaning 25 hikoyasi", "Toʻtining 70hikoyasi" kabi xalq kitoblari jahon xalqlari adabiyotida qayta ishlandi; ular J. Lafonten, I. Gyote, G. Geyne va boshqa ijodiga taʼsir koʻrsatdi. Sanskrit adabiyoti namunalari 10-asr boshlaridayoq Oʻrta Osiyoda maʼlum boʻlgan (Beruniy "Kalila va Dimna" tarjimalari xaqida fikr yuritgan). "Mahabharata", "Kalila va Dimna" asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1966).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Sanskrit adabiyoti, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.