Gepatit

Gepatit (yun.

hepar; hepatos — jigar) — jigar yalligʻlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Infeksion (virusli gepatit A, V, S, Ye, D) yoki noinfeksion G. (mas, ovqatdan zaharlanish) hamda birlamchi va ikkilamchi infeksion G. boʻladi. G. brutsellyoz, bezgak, zaxm va b. infeksion kasalliklar, shuningdek surunkali meʼda-ichak kasalliklarida kuzatiladi. Mishyak, zaharli zamburugʻlar, kampirchopon (geliotrop), sanoatda, qishloq xoʻjaligi va roʻzgʻorda ishlatiladigan zaharlar (dixlofos, xlorofos, karbofos, alkogol)dan zaharlanish ham G.ga sabab boʻlishi mumkin. Alkogolizmda G. ogʻir oʻtib, jigar irib ketishi (nekroz) mumkin. G. oʻtkir va surunkali boʻladi. Utkir G.da koʻz oqi va badan sargayadi, jigar kattalashadi, jigar sohasida ogʻirlik va ogʻriq paydo boʻladi, bemorning koʻngli aynib, qusadi, ishtahasi yoʻqoladi, ogʻzi taxir boʻladi. Baʼzan homiladorlik toksikozlarida ham oʻtkir G. roʻy beradi. Oʻtkir Gepatit. oʻz vaqtida davolanmasa, bemor parhez qilmasa, jigarning maxsus (parenximatoz) toʻqimasi biriktiruvchi toʻqima bilan almashinadi (qarang Jigar sirrozi). Oʻtkir Gepayit. baʼzan 2-3 oyga choʻzilib, surunkali Gepatet.ga aylanadi. Kasallikning boshlanish davrida bemorning ahvoli deyarli oʻzgarmaydi, hatto ishlayveradi, kasallik esa zoʻraya boradi. Bemorning koʻz oqi va badani sargʻayganida, temperaturasi normal boʻlsa ham, oʻringa yotqizib, vrach chaqirish kerak. G. zaharlanish oqibati boʻlsa, bemorni darhol kasalxonaga joylashtirish lozim. G. boʻlgan bemor yotishi, jigar sohasini issiq tutishi kerak. Bemor ovqatida oson hazm boʻladigan uglevod, oqsil va vitaminlar yetarli, yogʻ kam boʻlishi zarur. Koʻproq hoʻl meva, sabzavot sharbati, qand-shakar, murabbo, asal, oq non, shuningdek, yengil hazm boʻladigan ovqatlar — shirguruch, shovla, sut, qatiq, pishloq va tvorog buyuriladi (sutli ovqatlar va, ayniqsa, tvorogda jigar hujayralarini yemirilishdan saqdaydigan moddalar bor). Jigar funksiyasi kasallikdan keyin juda sekin asliga keladi. Surunkali G.ning oldini olish uchun bemor uzoq vaqt (baʼzan bir-ikki yilgacha) sabrtoqat bilan oilaviy vrach nazoratida davolanishi, maʼlum tartib (ovqatlanish va dam olish)ga rioya qilishi kerak.

Erkin Qosimov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

Jigar sirrozi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiPedagogik psixologiyaYerBahorOʻsmalarSport inshootlariOʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiChristopher ColumbusAutizmEpistemologiyaFuqarolik jamiyatiHasharotlarPestitsidlarQon kasalliklariMusiqaBotulizmEksperimental psixologiyaInson huquqlariLisaBirlashgan Arab AmirliklariElektr tokiGiyohvandlikRadiatsiyaBuxoro amirligiQon ketishiQadimgi YunonistonDavlat tiliTabiatni muhofaza qilishMasturbatsiyaAvtomobilViruslarGlukozaMisrJamiyat falsafasiEmailKoʻzTashqi savdoRim raqamlariDasturlashOrol dengiziAminokislotalarQashqadaryo viloyatiBirlashgan QirollikAsosiy fondlarIngichka ichakOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiBadiiy gimnastikaQalqonsimon bezTeriXalqaro terrorizmSoʻz birikmasiAQSHda taʼlimSiydik chiqarish kanaliHujayraDavlat poytaxtlari roʻyxatiAndijon viloyatiDramaOntologiyaBozor iqtisodiyotiga oʻtishTransportBronxial astmaTugʻruqGormonlarYouTubeMeningitOrganik kimyoQazo namoziHong KongNamangan viloyatiYengil atletikaToʻldiruvchiAksizBayerische Motoren Werke AGErtakZulfiyaOʻzbekistonning oʻsimlik dunyosiChala tugʻilgan bolaFargʻona viloyati🡆 More