Qon Quyish

Qon quyish (gemotransfuziya) — davolash muolajasi; qon va uning tarkibiy qismlari (qon plazmasi, eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar massasi)ni davo maqsadida bemor organizmiga quyish.

Qadimda vrachlar qon odamning hayot qobiliyatini oshiradi deb taxmin qilib, qonni yoshartirish maqsadida, ruhiy bemorlarni davolashda qoʻllashgan, lekin bunda Qon quyish oʻrniga uni bemorga iliq holda ichirish tavsiya etilgan. Qon quyishga urinishlar ingliz olimi U.Garvey tomonidan yopiq qon aylanish sistemasining kashf etilishidan (1628) soʻng boshlandi. 19-asrga kelib odamga faqat odam qonini quyish mumkinligi isbotlandi. Biroq Qon quyish tibbiyot amaliyotiga 20-asr boshlarida kishilarda qonning 4 gruppasi borligi aniklangach. retsipiyent (qon oluvchi) va donor qonining mos kelishi qonuniyatlari oʻrganilgandan soʻng joriy qilindi (qarang Qon gruppalari). Donor qonining ivib qolishiga toʻsqinlik qiladigan va uni uzoq muddat saqlaydigan (konservatsiya) vositalarining topilishi Qon quyishning yanada keng tarqalishiga imkon berdi.

Qon Quyish
Qon Quyish
Qon quyishning qadimiy usulida ishlatiladigan shisha.

Qon quyishda donordan olingan qon, shuningdek, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Shok, koʻp qon yoʻqotish bilan kechadigan operatsiyalar, ichki aʼzolardan (meʼda, oʻpka va boshqalar) qon ketganda, anemiya, yiringli jarayonlarda, kuyganda, zaharlanganda va boshqalarda qon quyiladi. Qonda eritrotsitlar miqdori kamaysa eritrotsitlar massasi, leykotsitlar kamayganda esa leykotsitlar massasi quyiladi. Qon bevosita (donordan retsipiyentga) va bilvosita (donordan olinib, konservantli flakonga solib qoʻyilgan qon ishlatiladi) periferik yoki katta venalarga tomchi-latib, baʼzan koʻp qon yoʻqotilganda oqizib arteriyaga quyiladi; koʻpincha Qon bilak venasidan yuboriladi. Qon quyishdan oldin donor va retsipiyentning qon gruppalari, rezus-faktori tekshiriladi. Qon quyishda retsipiyent bilan donorning qon gruppalari oʻzaro munosib boʻlishiga qatʼiy amal qilinadi. Amaliy transfuziologiya uchun AVO, Kp (rezus), Ke11 (Kell) va boshqa antigenlar muhim ahamiyatga ega. Qon quyish chogʻida bemorga quyilishi lozim boʻlgan miqdorni bir yoʻla quymay, boʻlib-boʻlib (3 marotaba) yuboriladi, dastlab ozgina qon tez yuborilib bir oz kutiladi, bemorda hech qanday noxushlik alomatlari paydo boʻlmasa. muolaja davom ettiriladi. Qon quyish aseptika qoidalariga rioya qilgan holda vrach nazoratida bajariladi. Qon quyganda belda ogʻriq tursa, koʻngil aynisa, eshakem toshsa Qon quyish toʻxtatilib, bemor darhol adyolga oʻralib, unga issiq choy ichiriladi va vrach buyurgan dori-darmonlar qilinadi.

Manbalar



Tags:

EritrotsitlarLeykotsitlarQonQon gruppalariQon plazmasiTrombotsitlar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Kalla suyagiOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)DasturlashOʻzbek qiziUfq (trilogiya)YouTubeFalsafiy antropologiyaFurqatHajmJadidchilikSimfoniyaDoʻstlik ordeniVodorodXalqaro terrorizmOrol dengiziSezgiMonetarizmNerv sistemasiDunyo aholisiSuv havzasiTabiiy gazlarKelinlar qoʻzgʻoloni (film)Allohning 99 nomiArastuSirdaryo (viloyat)FaoliyatIslom tarixiTojikistonDialektikaTahajjud namoziIchki sekretsiyaYugurishNutqVijdon erkinligiBozor iqtisodiyotiga oʻtishTovush (tilshunoslik)Osiyo davlatlari roʻyxatiAleksandr Pushkin25-aprelVitaminlarKuntugʻmishUlugʻbek rasadxonasiMicrosoft OfficeChala tugʻilgan bolaHindistonMuzeyElektromagnit induksiyaProkuraturaKompyuterTemuriylar shajarasiHaroratPublitsistikaBosh SahifaBuxoroBuxgalteriya balansiUglerodOʻsimliklarDoʻstlikAmper qonuniSteve JobsDemokratiyaAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Jaloliddin ManguberdiBotir QodirovQon kasalliklariPulsOʻrta OsiyoErkin VohidovOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiGeografik axborot tizimiKonfutsiylikBruno FernandesOmonimlarShayboniylar davlatiOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariYandexVeb-sahifaNatural sonOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti🡆 More