Plevrit

Plevrit — plevra varaqalarining yalligʻlanishi boʻlib, plevra sathida fibrinsimon holat sodir boʻladi yoki uning boʻshligʻida ekssudat yigʻiladi.

U odatda ikkilamchi kasallik — oʻpkadagi koʻpgina patologik jarayonlarning yoki kam hollarda plevra boʻshligʻiga yaqin turuvchi boshqa organ va toʻqimalar (koʻkrak qafasi, koʻks oraligʻi, diafragma, diafragma osti maydoni) kasalliklarning sindromi yoki acorati hisoblanadi. Birlamchi plevrit juda kam uchraydi va shikastlanish yoki plevra mezoteliomasi oqibati hisoblanadi. Quruq (fibrinsimon) va

Plevrit
Plevrit
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Pulmonologiya
OMIM 187300
DiseasesDB 29361
MedlinePlus 001371
MeSH D010998

ekssudatli (nam) plevritlar farqlanadi.

Etiologiyasi

Plevritlar, asosan, yuqumli va yuqumsiz yoki aseptik, kamroq allergiya paydo boʻladigan boshqa kasalliklarning asorati sifatida vujudga keladi. Ko‘pgina hollarda ko‘p sonli bakterial- pnevmokokk, streptokokk, stafilokokk, virusli infeksiyalar, sil tayoqchasi, etiologik omil hisoblanadi. Brutselloz, ich terlama zaxm, exinokokk, xavfli o‘smalar, limfogranulematoz, shikastlar, plevra ichiga qon quyilganda, o‘pka

infarktida, hiriktiruvchi toʻqima kasalliklarida — revmatizm, qizil yugurik, qon yaratilishi sistemasi, buyraklar, jigar va boshqa

kasalliklari bo‘lgan bemorlarda shakllanadi.

Quruq plevrit

Klinikasi

Quruq plevritning asosiy alomati nafas vaqtida yonboshida ogʻriq va quruq yoʻtal paydo boʻlishidir. Bemor har nafas olganida og‘riq seziladi, shuning uchun ular qisqa, yuzaki nafas olishga o‘tadi va bu hol nafas qisishidagidek tasavvur tugʻdiradi. Tana harorati yuqori yoki meʼyorda bo‘lishi mumkin. Harorat egri chizig‘i xarakteri maʼlum darajada infeksiya tabiati bilan belgilanadi. Bemor koʻzdan kechirilganda, koʻkrak qafasi shikastlangan,

yarmining harakati biroz chegaralanganini koʻrish mumkin. Yallig‘langan plevra ustini urib ko‘rish ko‘pincha og'riq keltirib chiqaradi. Auskultatsiyada plevraning yallig‘langan qismi ustida krepitatsiyani eslatuvchi plevra ishqalanish shovqini eshitiladi, bular orasidagi farq shundaki, krepitatsiya faqat nafas olish cho‘qqisida, plevraning ishqalanish shovqini esa nafas olish va chiqarish fazalarida eshitiladi. Quruq plevritda rentgenologik tekshirish diafragma yonida pastki yon qismlarida hammadan koʻra ko‘proq seziladigan juda yengil

gomogen soya borligini ko‘rsatib beradi. Kasal tomonda diafragma harakatlarining baʼzida orqada qolishi ko‘riladi. Quruq plevrit, odatda, I —2 hafta davomida odamning sog‘ayib

ketishi bilan tugallanadi, og‘iq bosilib, harorat normal bo‘lib qoladi. Lekin bu kasallik uzoq davom etib, bitishmalar paydo boʻlishi va plevraning bir-biriga yopishib qolishiga ham olib kelishi mumkin.

Ekssudativ plevrit

Klinikasi

Ekssudativ plevrit bilan og‘igan kasallar nafas olish vaqtida og‘iq turishi, quruq hamda ogʻriqqa sabab boʻladigan yo‘tal, isitma, darmon qurishidan noliydi. Kasallik ko‘pincha et uvushishi va haroratning yuqori ko‘tarilishi bilan birdan boshlanadi. Harorat 2—3 hafta yuqori bo‘lib turishi mumkin. Plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdori ortib borgan sayin og‘riq bosiladi, bansirash esa kuchayadi. Shu bilan bir vaqtda darmon qurishi va umumiy holsizlik ortib boradi. Bemor koʻzdan kechirilganda terisi oqargan bo‘lib ko‘rinadi. Kasalning holati majburiy bo‘lishi mumkin. Ekssudativ plevrit endigina avj olib kelayotgan paytda bemor, asosan, sog‘lom tomonini bosib yotadi, ekssudat paydo bo‘lganidan keyin esa kasal

tomoni bilan yotishni afzal ko‘radi, chunki bunda nafas vaqtida ogʻriq kamayadi. Bemorning majburan oMirib olganligi ko‘ks oralig‘ining surilib qolganini yoki perikardda ekssudat borligini ko‘rsatadigan alomat bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Nafas tezlashgan bo‘lib, ko‘pincha og‘riq bilan o‘tadigan quruq yoMal tufayli uzilib turadi.

Ekssudat toʻplanib qolgan joyda ovoz tebranishi xiyla susayadi. Ekssudativ plevritda juda muhim alomat yurakning sog‘lom tomonga surilib qolishidir. Bunda yirik tomirlaming bosilishi va surilib qolishi tobora zo'rayib boradigan gipoksiya, sianoz, qattiq hansirash, bo‘yinturuq venalarining tepib turishi bilan birga davom etishi mumkin. Perkussiya qilib ko‘rilganda, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdorining tez koʻpayib borishi perkutor tovushning sezilarli darajada kalta tortib qolishiga sabab bo‘ladi, shu bilan birga,

suyuqlikning ustki chegarasi rentgenologik tekshirishda yaxshi koMinib turadigan qiyshiq chiziqni (Ellis-Damuazo-Sokolov) hosil qiladi.

Laboratoriya tahlili

Leykositoz, eritrotsitlar cho‘kish tezligining oshishi, eozinofiliya, limfopeniya va gemoglobinning o‘zgarishi aniqlanadi. Pirke reaksiyasi (silni aniqlash uchun teriga

qoʻyiladigan allergik sinama) koʻpincha musbat natija beradi.

Davolash

Bemorlar ixtisoslashgan kasalxonalarga qabul qilinib, eng aw alo, oʻringa yotqizilishi kerak. Shikastlangan plevrani qimirlatmaslik uchun o‘pka harakati chegaralanadi, buning uchun

kasal yonboshlab yotishi yoki ko‘krak qafasini chuqur nafas chiqarish fazasida qattiq bog‘lab qoʻyish tavsiya qilinadi. Bemorlar ovqatni tez-tez, oz miqdorda yeb turishi kerak. Ovqat

yuqori kaloriyali, vitaminlarga, ayniqsa, A hamda B, C guruh vitaminlariga boy bo‘lishi lozim. Bu vitaminlarbemorlarga preparat shaklida ham buyuriladi. Shuningdek, kislorod terapiyasi va kompleksiga asosan, nafas gimnastikasi kiradigan davolash fizkulturasi tavsiya etiladi: davolash gimnastikasi ekssudatning surilishiga yordam beradi va plevrada

chandiq hosil bo‘lishining oldini oladi. Muhim davo chorasi plevrani punksiya qilish, yaʼni plevra bo‘shlig‘idan ekssudatni chiqarib tashlashdir.

Manbalar

Tags:

Plevrit EtiologiyasiPlevrit Quruq plevritPlevrit Ekssudativ plevritPlevrit Laboratoriya tahliliPlevrit DavolashPlevrit ManbalarPlevritDiafragma (anatomiya)EkssudatOʻpkaPlevra

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TeriAkulalarAsosiy fondlarEkzemaOʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiJismoniy madaniyatYalpi milliy mahsulotAxloqOʻsmalarBrutsellyozSadriddin AyniyFizioterapiyaHayrat ul-abrorAtomBirlashgan Millatlar TashkilotiOʻzbekistonRossiyaHalollikOʻlmas UmarbekovJigarBiotexnologiyaSteve JobsDavlatlarning telefon kodlariYIM boʻyicha davlatlar roʻyxatiTogʻlarGlukozaOperaXalqaro tashkilotDiagnostikaSilNeyron (nerv hujayrasi)ShokInsultMeʼdaToshkent zilzilasi (1966)MusoGimnastikaMisrUsmon IBolalar psixologiyasiOybekTogʻ jinslariSayyoraZardushtiylikUmumiy xarajatShayboniylarMirzo UlugʻbekSirdaryoIdrokPulsOʻzbekistonlik kino aktyorlar va aktrisalarSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiOʻqituvchiTemir yoʻl transportiOhm qonuniSony MusicQushlarInternetShomahmudovlar oilasiOvqatlanishKreditQargʻalarMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliSomoniylar davlatiNonFutbol maydoniGoogleToʻqimaDavlatlar pul birliklari roʻyxatiSuyak sinishiIqtisodiyot tushunchasiJizzax viloyatiIroqLotin alifbosiOʻsimliklarDunyoning yetti moʻjizasiIsteʼdodEpistemologiyaArastu🡆 More