Paduya: Italiya kommunalari

Paduya — Italiyaning shim.

qismidagi shahar. Paduya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 203,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni, kema katnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bogʻlangan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Galiley ishlagan universitet (1222), botanika bogʻi (1545, Yevropada eng kds.), muzeylar bor. Shahar miloddan avvalgi 4-asrdan maʼlum. Uygʻonish davrida P.da rassomlik sanʼati nihoyatda yuksalgan. 1866-yilda Italiya qirolligiga qoʻshilgunga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlgan. 12—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar (cherkov va saroylar) saqlangan. P.da har yili xalqaro yarmarkalar oʻtkaziladi.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MaktabAntonimlarOntogenezMotivatsiyaGuinness rekordlar kitobiRus tiliYugurishRahmat FayziyMisr piramidalariBuddizm tarixiBirlashgan Millatlar TashkilotiRobindranat TagorShaxsiy gigiyenaShimoliy AmerikaXalqaro tashkilotXotiraNigeriyaYogʻAtrof-muhitni muhofaza qilishSurxondaryo viloyatiErkak jinsiy aʼzosiOʻrta OsiyoOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariInson va fuqaroning huquq va erkinliklariDunyo aholisiKamoliddin BehzodOʻzgaruvchan tokOʻzbekiston tarixiMaʼnaviyatOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiYuridik shaxsHujayraAxborotAQSh prezidentlari roʻyxatiZardushtiylikQobusnomaSut emizuvchilarJangi loyUsmonlilar imperiyasiAFC U-23 Osiyo kubogi 2024QogʻozSuvNatural sonArab xalifaligiIshlab chiqarishni tashkil etishPedagogik psixologiyaMantiqChekishUslubVikipediyaPunktuatsiyaXalq ijodiHissiyotAnton ChexovNavoiy viloyatiBoburnomaLirikaXalqaro terrorizmHijriy yil hisobiDavlat byudjetiOlimpiada oʻyinlariVenera (sayyora)BrauzerTub sonlar roʻyxatiReal Madrid CFEnergiyaKompyuterXorazmEtikaChatqol biosfera qoʻriqxonasiBosh miyaAbu Ali ibn SinoTezlikDaromadInfeksion kasalliklarSaljuqiylar imperiyasiOʻqituvchiMiokard infarktiIdrok🡆 More