Martin Charles Scorsese (1942-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik rejissor, produser, kinodramaturg va bastakor.
Yangi Hollywood davrining yirik namoyondalaridan biri sifatida u film tarixidagi eng koʻzga koʻringan va nufuzli rejissorlardan biri sifatida tan olingan. Rejissor Bong Joon-ho 2020-yildagi Oscar marosimida nomzod Martin Scorseseni „ustoz va buyuk Martin Scorsese“ deb atadi.
Martin Scorsese | |
---|---|
Scorsese Berlin film festivalida (2010) | |
Tavalludi | Martin Charles Scorsese 17-noyabr 1942-yil |
Fuqaroligi | AQSH |
Kasbi | Rejissor, produser, kinodramaturg va bastakor |
Filmlari | Martin Scorsese filmografiyasi |
Faoliyat yillari | 1963—hozirgacha |
Bolalari | 3 |
Mukofotlari |
|
Uning koʻplab filmlarida zoʻravonlik tasviri va rok musiqasidan erkin foydalanishi bilan mashhur. U 1990-yilda filmlarni saqlashga bagʻishlangan „The Film Foundation“ tashkilotiga asos solgan, 2007-yilda Butun jahon film jamgʻarmasini taʼsis etgan va 2017-yilda Afrika filmlari merosi loyihasini taqdim etgan. Scorsese Robert De Niro, Leonardo DiCaprio va muharrir Thelma Shunmaker bilan doimiy ish olib borgan holda, uning loyihalarini yaratuvchilarini oʻzgartirmaslikni afzal koʻradi.
Martin Scorsese 1942-yil 17-noyabrda New Yorkning Queens tumanida tugʻilgan.Scorsizening ota-onasi — Charlz Skorsese va Ketrin Skorsese Nyu-Yorkning Garment tumanida ishlaganlar.Charlz kiyim ishlab chiqaruchi va aktyor boʻlgan, Ketrin tikuvchi va aktrisa boʻlgan.Ikkalasi ham italiyalik edilar. Oilaning asl familiyasi Skotsese edi, keyinchalik transkripsiya xatosi tufayli Skorsese deb oʻzgartirildi. Martin Skorsese asosan katolik muhitida voyaga yetgan.
Bolaligida u astma bilan kasallangan va boshqa bolalar bilan sport oʻynashga yoki biron bir tadbirda qatnasha olmagan, shuning uchun ota-onasi va akasi uni tez-tez kino teatrlariga olib borishar edi; hayotining ushbu bosqichida u kino ishtiyoqini rivojlantirdi. Bronksda oʻspirin boʻlganida, Skorsese tez-tez Pauell va Pressburgerning „ Xaffonlarning ertaklari“(1951)ni bitta nusxasi boʻlgan doʻkondan ijaraga olgan.Skorsese uni doimiy ravishda ijaraga olgan ikki kishidan biri boʻlgan. Ikkinchisi boʻlgʻusi rejissor George A. Romero edi .
Yil | Film | Akademiya mukofoti (Oscar) | BAFTA mukofoti | Oltin globus mukofoti | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Nominatsiya | Yutuq | Nominatsiya | Yutuq | Nominatsiya | Yutuq | ||
1974 | Alice Doesn't Live Here Anymore | 3 | 1 | 7 | 4 | 2 | |
1976 | Taxi Driver | 4 | 7 | 3 | 2 | ||
1977 | New York, New York | 2 | 4 | ||||
1980 | Raging Bull | 8 | 2 | 4 | 2 | 7 | 1 |
1983 | The King of Comedy | 4 | 1 | ||||
1985 | After Hours | 1 | 1 | ||||
1986 | The Color of Money | 4 | 1 | 2 | |||
1988 | The Last Temptation of Christ | 1 | 2 | ||||
1990 | Goodfellas | 6 | 1 | 7 | 5 | 5 | |
1991 | Cape Fear | 2 | 2 | 2 | |||
1993 | The Age of Innocence | 5 | 1 | 4 | 1 | 4 | 1 |
1995 | Casino | 1 | 2 | 1 | |||
1997 | Kundun | 4 | 1 | ||||
2002 | Gangs of New York | 10 | 12 | 1 | 5 | 2 | |
2004 | Aviator | 11 | 5 | 14 | 4 | 6 | 3 |
2006 | The Departed | 5 | 4 | 6 | 6 | 1 | |
2011 | Hugo | 11 | 5 | 9 | 2 | 3 | 1 |
2013 | The Wolf of Wall Street | 5 | 4 | 2 | 1 | ||
2016 | Silence | 1 | |||||
2019 | Irlandiyalik | 10 | 10 | 5 | |||
Jami | 91 | 20 | 94 | 23 | 61 | 11 |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Martin Scorsese, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.