Han Seung-Yeon

Han Seung-yeon (1988- yil 24-iyulda tugʻilgan), Seungyeon nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.

U Janubiy Koreyaning Kara qizlar guruhining sobiq bosh vokalisti sifatida va Hello, My Twenties! filmidagi roli bilan tanilgan.

Han Seung-yeon
한승연
Han Seung-Yeon
Tavalludi
Han Seung-yeon

24-iyul 1988-yil (1988-07-24) (35 yosh)
Seul, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 1993-hozirgacha

Faoliyati

Seungyeon 2007-yil 29-martda M! Countdown musiqiy dasturida Kara guruhining bosh vokalisti sifatida debyut qillgan.

U 2007-yildan 2008-yilgacha MSL Break koʻrsatuvini olib boruvchisi boʻlgan. U 2008-yil iyun oyida Kim Hye-sung va keyinchalik aktyor Kim Soo-hyun bilan Boys and Girls Music Countdown dasturining boshlovchisi sifatida faoliyat yuritgan va bu kasbini Girls' Generation guruhidagi Tiffani bilan almashtirgan. 2008-yilning oktyabridan dekabrigacha I Need a Family nomli MBC Every 1 realiti-shousining 2-mavsumida aktyorlar tarkibiga kirgan, unda bir guruh mashhurlar ota, ona, oʻgʻil va qizdan iborat oiladek hayot kechirishi kerak. U, shuningdek, 2008-yil 21-noyabrda MBCning Section TV koʻngilochar yangiliklar shousining „pop muxbiri“ sifatida ishtirok etgan.

Han Seung-Yeon 
Han 2015-yil may oyida

2010-yilda u KBS2 telekanalining Mary Stayed Out All Night dramasi saundtreki uchun „Super Star“ qoʻshigʻini yozgan. Oʻsha yili u hamkasbi Kang Ji-yong bilan birga MBC Every1 telekanalining I Love Pet koʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan. 2011-yilda u SBS telekanalining Warrior Baek Dong-soo dramasi saundtreki uchun „Because of Love“ qoʻshigʻini yozgan. 2011-yil iyul oyida u SBS Animal Farm koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ishtirok etgan.

2020-yil aprel oyida Han yangi YGX Entertainment agentligi bilan shartnoma tuzdi.

2021-yilda Han Show Me the Ghost komediya qoʻrqinchli filmida Ye-ji rolida paydo boʻlgan. U 25-chi Bucheon xalqaro fantastik filmlar festivalidagi ijrosi uchun „Fantastik aktyor“ sifatida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻlgan.

Diskografiyasi

Mini-albom

Nom Albom tafsilotlari Grafikadagi eng yuqori pozitsiyalar Sotuv
KOR JPN
Uchuu
(宇宙)
  • Chiqarilgan: 2017-yil 18-yanvar (Yaponiya)
  • Leybl: Sony Music Records
  • Format: CD, Raqamli yuklab olish
15  JPN: 5657+ 
Aozora e(青空へ)
  • Chiqarilgan: 2019-yil 30-yanvar (Yaponiya)
  • Leybl: AKATSUKI
  • Format: CD, Raqamli yuklab olish

Qoʻshiqlar

Nom Yil Albom Havl.
"Nolleowa" (Come To Play) 2009 Nassun Happyface
"Tomorrow" Dugeundugeun Tomorrow
"Talk About Love" 2014 albomsiz singl

Manbalar

Havolalar

Tags:

Han Seung-Yeon FaoliyatiHan Seung-Yeon DiskografiyasiHan Seung-Yeon ManbalarHan Seung-Yeon HavolalarHan Seung-Yeon

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Tabiatni muhofaza qilishQoʻshilgan qiymat soligʻiOʻzbek tiliBorliqAlina ZagitovaToʻldiruvchiMotivatsiyaNafas olish tizimiBoborahim MashrabChingiz AytmatovQadriyatSogʻliqni saqlashDavlatlar pul birliklari roʻyxatiBiznes rejaOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariXrom (kimyoviy element)Sirdaryo (viloyat)Butunjahon oʻrgimchak toʻriOʻzbekiston mobil telefon kodlariQissaJahongir OrtiqxoʻjayevQashqadaryo viloyatiXalqaro xotin-qizlar kuniSterilizatsiya (mikrobiologiya)28-martOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiBrauzerBozorTennisGlobal muammolarImomi AʼzamQon aylanishiPolshaMateriyaIboraHuquqEritmalarAqliy tarbiyaGerontologiyaLavvohMuhammadAhmad al-FargʻoniyKonstitutsiyaSalib yurishlariBiriktiruvchi toʻqimaTeriEkologiyaVitaminlarAxloqYan Amos KomenskiyQogʻozBuxoroUrgut tuman 1-sonli kasb-hunar maktabiJismoniy mashqlarOʻzbekistonda paxta ishiTuproqAmir TemurTamagirlikToshkent viloyatiOʻtkir HoshimovJarrohlikAnafilaktik shokAtoiyPIRLSBulbullarFalastin DavlatiOʻzbek adabiyotiYurak-tomir sistemasi kasalliklariRadioaktiv parchalanishTemirSoʻz birikmasiYuklamaQishloq xoʻjaligiGidroelektr stansiyaKategoriyalarRossiyadagi ta'limZaxm🡆 More