Fortepiano (italyancha: forte — kuchli va piano — kuchsiz, sekin) — royal va piavdsholarning umumiy nomi.
18-asr boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Fransiya) va K.G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik F. mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va boshqa ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogayeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yogʻoch bolgʻachalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi oʻzgaruvchanligi (mas, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga oʻtish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). F. uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va boshqa ijod qilgan. F. oʻzining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa koʻp ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida keng oʻrin olgan.
Oʻzbekistonda F. musiqasi 1920—30 yillarda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan oʻzbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Giyenko, Sayfi Jalil, N. Zokirov, oxirgi yillarda D. Saydaminova, R. Abdullayev, A. Nabiyev, M. Otajonov, D. Omonullayeva va boshqalarning miniatyuralari, sonata va konsertlari, koʻp qismli turkumlari bilan boyidi. Oʻzbekistonda F. ijrochiligi sanʼati rivojiga A. Lisovskiy, N. Yablonovskiy, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artistlar O. Yusupova, A. Sharipova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar gʻolibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va boshqa oʻz hissasini qoʻshgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Fortepiano, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.