Edvard Grieg

Edvard Hagerup Grieg (talaffuzi: Grig; 1843.15.6 - Bergen - 1907.4.9) -norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi.

Leypsig konservatoriyasini tamomlagan (1862). G.ning ijodiy faoliyati Norvegiya milliy yemadaniyati yuksalishi davrida shakllangan. U Kristianiya (hoz. Oslo sh.)da Musiqa akademiyasini (1867) va Musiqa jamiyati (hoz. Filarmoniya, 1871) ni tashkil etgan. Pianinochi va dirijyor sifatida Yevropa mamlakatlarida konsert berib, milliy kompozitorlar asarlarini targʻib etgan. G. xalq kuylarini toʻplab, koʻplarini qayta ishlagan ("Norveg raqslari", "25 ta xalq raqs va qoʻshigʻi" va b.). G. ijodida Norvegiya tabiati, xalq hayoti lavhalari nozik did bilan ifodalangan. Koʻpchilik asarlari kamer janrlarida: fortepiano pyesalari ("Xalq hayoti manzaralari", 10 daftardan iborat "Lirik pyesalar" va b.), violonchel bilan fortepiano, skripka bilan fortepiano (3 ta) va fortepiano uchun sonatalar, norveg, daniya va nemis shoirlari sheʼrlariga yozilgan romans va qoʻshiqlar (150 tadan ziyod), torli kvartet, kvintet va b. Eng yaxshi orkestr asarlari teatr bilan bogʻlangan (Ibsenning "Per Pont" pyesasiga 2 ta syuita, 1875; Byornsonning "Sigurd salibchi" dramasiga musiqa, 1892). Fortepiano va orkestr uchun konserti (1868), "Xolberg zamonidan" syuitasi (1885), "Simfonik raqslar"i (1898) mashhur. Shvesiya va Leyden musika akademiyalari (1872, 1883), Parij va Berlin sanʼat akademiyalari (1889, 1897) aʼzosi, Kembrij va Oksford universitetlarining musiqa doktori (1893, 1906). Oʻzbekistonda fortepiano va orkestr uchun konserti, "Per Gyung" syuitasi va kamer asarlari ijro etilmoqda.

Edvard Grieg
Tavalludi 15-iyun 1843
Vafoti 4-sentyabr 1907
Fuqaroligi Norvegiya
Onasi Gesine Hagerup

Manbalar



Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

William ShakespeareYevgeniy OneginGoʻdakQon guruhlariTemuriylarXivaMuhammad Sodiq Muhammad YusufKoinotNafas organlariOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiWalter IsaacsonHavoning ifloslanishiOrfoepiyaXattotFaradey qonuniSifatFargʻonaTasavvufOʻzbek tiliInternet tarixiDaryoZotiljamKalsiyOyoqBiotexnologiyaMonopoliyaZamburugʻlarMemuarQizil kitobAxborot tizimiLipidlarMatematikaAmudaryoOrttirilgan immun tanqisligi sindromiIbrohimSoʻzakSarniQitʼaModdalar almashinuviOʻqituvchiInternetIsʼhoqxon Ibrat.torrentYIM boʻyicha davlatlar roʻyxatiOʻzbekiston tarixiElektromagnit toʻlqinlarForobiyOʻlmas UmarbekovLoyihaAnemiyaOvqat hazm qilish tizimiMagnit induksiyaInstagramAntonimlarGipertoniya kasalligiMangʻishloqxonJanubiy AmerikaYozuvTadbirkorlikIshlab chiqarishBahorLeksikologiyaSuvKapalaklarKistaUmumiy xarajatRuxUsmonlilar imperiyasiOmmaviy axborot vositalariQoʻshma soʻzlarItOlmoshBoburnomaAzonArab tiliOvqatlanish gigiyenasi🡆 More