Elfriede Jelinek | |
---|---|
Tavalludi | 20-oktyabr 1946-yil |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili |
Fuqaroligi | Avstriya |
Yoʻnalish | Feminizm, ijtimoiy tanqid, postdramatik teatr |
Faoliyat turi | Yozuvchi Dramaturg |
Mukofotlari | Georg Büchner Prize |
Elfriede Jelinek (1946-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — avstriyalik dramaturg va yozuvchi. U bugungi kunda nemis tilida ijod qilgan va eng koʻp mukofotlangan mualliflardan biri boʻlib, 2004-yilda „romanlar va pyesalardagi ovozlarning musiqiy oqimi va qarama-qarshiliklari, gʻayrioddiy lingvistik gʻayrat bilan jamiyatdagi eskilik sarqitlari va ularning boʻysindiruvchi kuchlarining mantiqsizligini ochib bergani uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. U Piter Handke va Botho Straussdan keyingi nemis tilida ijod qiluvchi eng muhim tirik dramatur hisoblanadi.
Elfriede Jelinek 1946-yil 20-oktyabrda Stiriyaning Mürzzuschlag shahrida kadrlar boʻyicha direktor boʻlgan Olga Ilona (qizlik familiyasi Buxner) va Fridrix Jelinek oilasida tugʻilgan. U Vena shahrida rumin-german katolik onasi va chex yahudiylaridan boʻlgan otasi tomonidan tarbiyalangan („Jelinek“ familiyasi chex tilida „kichik kiyik“ degan maʼnoni anglatadi). Uning onasi burjua qatlamiga mansub, otasi esa ishchilar sinfi sotsialisti edi.
Uning otasi kimyogar boʻlib, Ikkinchi Jahon urushi paytida strategik ahamiyatga ega sanoat ishlab chiqarishida ishlagan holda taʼqiblardan qochishga muvaffaq boʻlgan. Biroq, uning koʻplab qarindoshlari Xolokost qurboni boʻlishdi. Uning onasi bir paytlar gullab-yashnagan Vena oilasidan edi. Ammo, Jelinekning onasi bilan munosabatlari unchalik ham mustahkam boʻlmagan. Bolaligida Elfriede Venadagi Rim-katolik monastir maktabida tahsil olgan. Onasi u „Vunderkind“ musiqachi boʻlishini istagan edi. Shu sababli, Elfriedega yoshligidan fortepiano, organ, gitara, skripka, violonchel chalishni o‘rgatgan. Keyinchalik u Vena konservatoriyasida oʻqishni davom ettirdi va u yerda organist diplomini oldi; bu vaqt ichida u ruhiy kasallikka chalingan otasining yonida boʻlish bilan birga, onasining ulkan umidlarini oqlashga harakat qildi. U Vena universitetida sanʼat tarixi va teatr boʻyicha tahsil olgan. Biroq, u anxiety disorder deb ataluvchi sindrom tufayli oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻldi, buning natijasida bir yil davomida ota-onasining uyida oʻzini jamiyatdan izolyatsiya qildi. Bu vaqt ichida u terapiya maqsadida jiddiy adabiy ishni boshladi. Bir yil oʻtgach, u onasi bilan birga uydan tashqariga chiqishga oʻrgana boshladi. U yoshligidanoq sheʼr yozishni boshlagan. U 1967-yilda Lisas Schatten (Lizaning soyasi) asari bilan adabiy debyut qildi va 1969-yilda oʻzining birinchi adabiy mukofotini oldi. 1960-yillarda u siyosiy jihatdan ham faol boʻldi, koʻp mutolaa qildi va „asosiy vaqtini televizor koʻrishga sarfladi“.
U 1974-yil 12-iyunda Gottfried Hüngsbergga turmushga chiqdi.
Men 27 yoshda edim, u esa 29 da.Men erkaklarni yetarlicha bilardim. G'alati tuyilishi mumkin, ammo ehtiros hislari men ancha erta yoshimda anglab yeta olgan yagona narsa edi. Bizning turmushimiz ikkita shahar orasida kechdi. Bu xuddi Charles Dickens yozgan Ikki shahar haqidagi hikoya ga o'xshardi. Men doim Vena va Munich o'rtasida kezib yashadim. Venada ko'plab do'stlarim yashaganligi uchun uni hech qachon tark etishni istamasdim. Har doim bu yerga qaytib kelaverardim. Munich esa, turmush o'rtog'im yashaydigan shahar edi. Shu sababli, ko'p vaqtimni ikki shahar bo'ylab sayohatga sarflardim va bu turmushimiz uchun ham foydali bo'ldi.
Muallifning Avstriya xalqidan yiroqdek koʻrinishiga qaramasdan, (Avstriya natsistlarining oʻtmishini tanqid qilgani uchun), Jelinekning ijodi Avstriya adabiyoti anʼanalarida chuqur ildiz otgan boʻlib, uning asarlarida Ingeborg Bachmann, Marlen Haushofer va Robert Musil kabi avstriyalik yozuvchilarning taʼsirini koʻrish mumkin.
Jelinekning siyosiy pozitsiyalari, xususan, uning feministik pozitsiyasi va Kommunistik partiyaga mansubligi uning ishiga baho berishda juda muhim oʻrin tutadi. Ular, shuningdek, Jelinek va uning ishiga qaratilgan bahs-munozaralarning bir qismi hisoblanadi. Muharrir Friederike Eiglerning taʼkidlashicha, Jelinek oʻz asarlarini uchta asosiy va bir-biriga bogʻliq „nishonlarga“ qaratadi: Insonlar va munosabatlarni ham tovarlarga aylantiruvchi kapitalistik isteʼmolchi jamiyat, insonlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida haligacha asoratlari koʻrinuvchi Avstriyaning fashistik oʻtmishi va — ayollarni muntazam ravishda ekspluatatsiya qiluvchi zulmkor patriarxal jamiyat. Jelinek bir necha intervyularida Karl Kraus, Elias Canetti va xususan, yahudiy kabaretiga iqtibos keltirgan holda, avstrian-yahudiy satirik anʼanalari uning asarlariga shakllantiruvchi taʼsir koʻrsatganini taʼkidlagan. Sigrid Löfflerga bergan intervyusida Jelinek uning ijodi zamonaviy Avstriyada gʻalati deb hisoblanishini, u yerda satira „yahudiylar oʻlib boʻlganligi sababli“ qadrlanmasligi va notoʻgʻri tushunilishini taʼkidladi. U Holokostdan omon qolganlarning qizi sifatida ijodini fashizm tomonidan vayron qilingan va yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan yahudiy-Vena anʼanalari bilan davom ettirishini aytadi.
Jelinek ijodiga radio spektakllari, sheʼriyat, teatr matnlari, polemik ocherklar, antologiyalar, romanlar, tarjimalar, ssenariylar, musiqiy kompozitsiyalar, libretti va baletlar, kino va video sanʼat kiradi. Jelinekning ijodi koʻp qirrali va juda ziddiyatli hisoblanadi. Uning asarlari Yetuk adabiyotshunoslar tomonidan ham maqtalgan, ham qoralangan. Masalan, Fritzl case ortidan u "Avstriyadagi buzuqlikning „isterik“ portretlarini yaratishda" ayblangan. Xuddi shunday, uning siyosiy faolligi ham turli xil qizgʻin reaksiyalarga duch keldi. Uning ijodi atrofidagi tortishuvlarga qaramay, Jelinek koʻplab taniqli mukofotlarni qoʻlga kiritdi; ular orasida 1998-yilda George Buchner mukofoti ; 2002 va 2004-yillarda Mulhel Dramatists Prize mukofoti; 2004-yilda Franz Kafka mukofoti; va 2004-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Jinsiy zoʻravonlik va umuman jinslar oʻrtasidagi munozaralar uning ijodidagi asosiy mavzulardir. Wir sind Lockvögel, Baby! (Biz fitnachilarmiz, azizam!), Die Liebhaberinnen (Ishqli ayollar) va Die Klavierspielerin (Fortepiano oʻqituvchisi) asarlari insoniy munosabatlarda namoyon boʻluvchi shafqatsizlik va kuch-qudrat oʻyinlarini istehzoli tarzda tasvirlab beradi. Jelinekning soʻzlariga koʻra, kuch va tajovuz koʻpincha munosabatlarning asosiy harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Xuddi shunday Ein Sportstück (Sport oʻyinlari) asarida u raqobatbardosh sportning qorongʻu tomonlarini ham ochib berishga harakat qiladi. Uning „Lust“ nomli provokatsion romani shahvoniylik, tajovuz va zoʻravonlikning grafik tasvirini oʻz ichiga oladi. U koʻplab tanqidchilar tomonidan yomon baholandi, ularning baʼzilari uni pornografiyaga oʻxshatishdi. Ammo, axloqiy muvaffaqiyatsizliklar sovuq taʼriflar orqali mohirona tasvirlab berilganini eʼtirof etuvchi oʻquvchilar asarni koʻpchilik notoʻgʻri tushunganligini taʼkidlashadi.
Uning "The Pianino Teacher" romani asosida 2001-yilda avstriyalik rejissyor Michael Hanekening tomonidan xuddi shu nomda film suratga olinib, bosh qahramon rolini Isabelle Huppert ijro etgan. 2006-yil aprel oyida Jelinek Peter Handkeni qoʻllab-quvvatlab chiqish qilgan, uning „Die Kunst des Fragens“ ("Soʻrash sanʼati") pyesasi Slobodan Milosevicni qoʻllab-quvvatlagani uchun „Comédie-Française“ repertuaridan olib tashlandi. Uning ijodi ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda unchalik mashhur emas. Biroq, 2012-yil iyul va avgust oylarida uning „Ein Sportstück“ spektakli „Just a Must“ teatr kompaniyasi tomonidan ingliz tilida soʻzlashuvchi tomoshabinlar eʼtiboriga havola etdi. 2013-yil fevral va mart oylarida Nyu-Yorkdagi Ayollar loyihasi uning Princess Dramas dramalaridan biri boʻlgan „Jackie“ asarining Shimoliy Amerikadagi premyerasini oʻtkazdi.
Jelinek 1974—1991-yillarda Avstriya Kommunistik partiyasining aʼzosi boʻlgan. U 1990-yillarda Jorg Haiderning Freedom Party partiyasi bilan shov-shuvli toʻqnashuvi tufayli mashhur boʻlib ketdi. 1999-yilgi National Council saylovlari va keyinchalik Ozodlik partiyasi va Avstriya xalq partiyasidan iborat koalitsiya kabineti tuzilganidan keyin Jelinek yangi vazirlar mahkamasining eng kuchli tanqidchilaridan biriga aylandi.
Koʻpgina xorijiy hukumatlar Ozodlik partiyasida goʻyo millatchilik va avtoritarizm mavjudligini bahona qilib, Avstriya maʼmuriyatidan siqib chiqarishga shoshilishdi. Vazirlar mahkamasi unga qarshi sanksiyalarni Avstriyaga qarshi qaratilgan deb talqin qildi va xalqni koalitsiya partiyalari ortidagi milliy mitingga (Nationaler Schulterschluss) undashga harakat qildi.
Bu koalitsiya tarafdorlari tomonidan Jelinek kabi dissidentlarni vatanga xiyonatda ayblashlari uchun siyosiy muhitning vaqtincha ziddiyati tus olishiga olib keldi.
1980-yillarning oʻrtalari va oxirlarida Jelinek fohishani oʻldirganlikda ayblanib qamalgan, ziyolilar va siyosatchilar tomonidan muvaffaqiyatli reabilitatsiya namunasi sifatida baholangan Jek Unterwegerni ozod qilish uchun petitsiyaga imzo chekkan koʻplab avstriyalik ziyolilardan biri edi. Unterweger ozod etilganidan keyin ikki yil ichida yana toʻqqizta ayolni oʻldirishda aybdor deb topildi va hibsga olinganidan keyin oʻz joniga qasd qildi.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Elfriede Jelinek, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.