Burak Özçivit (talaffuzi: Burak Oʻzchivit; 1984-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va model, Choliqushi (2013—2014) va Sevgi iztirobi (2015—2017) teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan.
U hozirda tarixiy sarguzashtga asoslangan Kuruluş: Usmon (2019-yildan hozirgacha) serialida Usmon Bey rolini ijro etmoqda. Aktyorlik faoliyati davomida Özçivit koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan.
Burak Özçivit | |
---|---|
Tavalludi | 24-dekabr 1984-yil Istanbul, Turkiya |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Aktyor, Model |
Faoliyat yillari | 2003-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Fahriye Evcen, (2017-yil turmush qurgan) |
Bolalari | 1 |
Burak Özçivit 1984-yil 24-dekabrda Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. Taʼlimni Kazim Ismen oʻrta maktabida olgan va Marmara universiteti, tasviriy sanʼat fakulteti, foto boʻlimini tamomlagan.
2003-yilda Özçivit Turkiyaning Top Modeli deb topiladi va Model Agentliklari bilan ishlay boshladi. 2005-yilda u dunyoning ikkinchi eng yaxshi modeli deb topildi. Ozchivitning aktyorlik faoliyati 2006-yilda Eksi 18 teleseriali bilan boshlangan. Keyinchalik " Zoraki Koja ", "Ihanet " va "Baba Ocagi " seriallarida suratga tushdi. U " Musallat " filmida va „Gossip Girl“ning turkcha suratga olingan "Küçük Sırlar „ teleserialida suratga tushgan. “Muhtasham yuz yil" serialida Malkochogʻlu Bali Bey rolini oʻynagan
Keyin Fahriye Evcen bilan Rashod Nuri Guntekinning „Choliqushi“ romani asasida olingan serialda Kamron rolini oʻynadi. Evcen bilan birga Aşk Sana Benzer filmini suratga oldi va keyin Murat Boz bilan Kardeşim Benim filmida rol oʻynadi. 2015-yilda u „Sevgi iztirobi (teleserial)“ turk serialida Kemal Soydere rolini oʻynadi va bu serial butun dunyo boʻylab xitga aylandi. Shuningdek, u BRK’s production nomli ishlab chiqarish kompaniyasiga ega. Oʻzchivit oʻzining koʻp qirrali aktyorligi bilan mashhur va dunyodagi eng chiroyli erkaklardan biri sifatida tanilgan va Turkiyadagi eng koʻp maosh oladigan aktyorlardan biridir. 2019-yildan boshlab u „ Kuruluş“ nomli teleserialda Usmonli imperiyasining asoschisi Usmon I ni tasvirlaydi: Usmon seriali butun dunyo boʻylab mashhurlikka erishdi va Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasida juda mashhur.
Özçivit amaldagi musulmon. Istinye, Sariyer, Istanbulda istiqomat qiladi.
U 2017-yilning 9-martida Germaniyada turk aktrisasi Fahriye Evcen bilan unashtirilgan va ular 2017-yil 29-iyunda Istanbulda turmush qurishgan. 2019-yilda Karan ismli oʻgʻillari tugʻiladi. Maʼlumotlarga koʻra, Fahriye Burakning ikkinchi farzandiga homilador.
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
2007 yil | Musallat | Suat |
2013 yil | Zarafa | Hasan (faqat ovozli) |
2015 yil | Aşk Sana Benzer | Baliqchi Ali |
2016 yil | Kardeşim Benim | Xoqon |
2017 yil | Kardeşim Benim 2 | |
2018 | Can Feda | Kapitan Alparslan |
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
2006 | Eksi 18 | Murat |
2007 | Zoraki Koca | Omer Ozpolat |
2008-2009 | Baba Ocağı | Guven |
2010 | İhanet | Emir |
2010-2011 | Küçük Sırlar | Chetin Ateshogʻlu |
2011-2013 | Muhtasham yuz yil | Malkochogʻlu Balı Bey |
2013-2014 | Choliqushi | Kamron |
2015-2017 | Sevgi Iztirobi | Kemal Soydere |
2019-present | Kuruluş: Osman | Osman Bey |
Yil | Anons |
---|---|
2013-2014 yillar | Pepsi |
ClearMen | |
2013-2019 | |
2017-2018 yillar | Emaar Square Mall |
2018 — hozirgi kungacha | Oltinyıldız klassikasi |
2021 — hozirgi kungacha | Trem Global |
PUBG Mobile | |
2022 — hozirgi kungacha | Tor xolding |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Burak Özçivit, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.