Istanbul: Turkiyadagi eng katta shahar

Istanbul — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul Turkiyaning 81 viloyatidan biridir.

Aholisi 16 214 000 kishi (2022-yil). Istanbul Marmar ( Marmara )dengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox ( Haliç ) qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻgʻoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm.

Istanbul

turkcha: İstanbul
shahar
Istanbul: Tarixi, Sanoati, Transport yoʻllari
41°0′36″N 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E / 41.01000; 28.96028 G O 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E / 41.01000; 28.96028 G O
Mamlakat Turkiya
il Istanbul
Hukumat
 • Mer Ekrem İmamoğlu
Asos solingan mil. av. 667
Avvalgi nomlari

330-yilgacha — Vizantiya
450-yilgacha Yangi Rim

1453-yilgacha — Konstantinopol
Maydon 5,343 km2 (2,063 mi²)
Markazi balandligi 100 m
Rasmiy til(lar)i turk tili
Aholisi
 (2012)
il — 13 854 740 kishi (2 012)
shahar — 6 536 862 kishi (2 011)
Zichligi 2480,9 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +90 212 (Yevropa)
+90 216 (Osiyo)
Pochta indeks(lar)i 34010-34850
80000-81800
Avtomobil kodi 34
Istanbul xaritada
Istanbul
Istanbul

Tarixi

Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan. 330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan. 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395—1453-yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yilda Istanbul turklar tasarrufiga oʻtgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; oʻsha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va boʻgʻozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va oʻsha yilning oktabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.

Sanoati

Shahar qulay geografik oʻrinda joylashgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, koʻn poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va’chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga toʻgʻri keladi.

Transport yoʻllari

Istanbul — dengiz, quruqlik va havo yoʻllarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yoʻllari oʻtgan. Temir yoʻl orqali Yevropadagi koʻpgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bogʻlangan. Bosfor boʻgʻozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yoʻlovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari oʻtib turadi. Xalqaro aeroport bor.

Ijtimoiy soha

Shaharni, ayniqsa, uning qadimgi qismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va oʻrta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid meʼmoriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, oʻrta asr masjidlari va 15—16-asr saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar koʻp keladi. 3 ta universitet, institutlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akademiyasi, muzeylar, kutubxona, opera va boshqa teatrlar bor.

Manbalar

Tags:

Istanbul TarixiIstanbul SanoatiIstanbul Transport yoʻllariIstanbul Ijtimoiy sohaIstanbul ManbalarIstanbulBosforOsiyoTurkiyaYevropa

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Nerv sistemasiYengil atletikaTishOʻzMEFeʼlJizzax viloyatiOʻlatQazo namoziYunon-fors urushlariMeningitJadidlarMercedes-BenzKvadratBoborahim MashrabUNESCOBotulizmDaun sindromiMeʼdaAutizmQoʻriqxonaTurk xoqonligiTarbiyaFaradey qonuniSifatDorivor oʻsimliklarToj MahalTaqvimOybekArthur Conan DoyleYevrosiyoTemuriylar harbiy sanʼatiArablarning O‘rta Osiyo istilosiSuvda va quruqlikda yashovchilarInflatsiyaPsixologiyaQonMonopoliyaVoleybol toʻpiYomgʻir chuvalchanglariEiffel minorasiDezoksiribonuklein kislotaShaxmat tarixiOʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiMediasavodxonlikAhmad al-FargʻoniyBuxoroBemorni parvarish qilishMaktabIrsiy kasalliklarKimyoSamolyotTinch okeaniFacebook69 (jinsiy poza)ProtsessorMirzo UlugʻbekXitoyOq ayiqInfeksiyaVikipediyaBakteriyalarOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiOʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)AnnotatsiyaPianinoHuqnaElektr zanjiriHuquqiy javobgarlikSakrashQutadgʻu biligTranzistorAnimatsiyaSinonimlarUzunligi boʻyicha daryolar roʻyxatiSterilizatsiya (mikrobiologiya)Al-XorazmiyTabiatSaʼdulla HakimTemuriylar tarixi davlat muzeyi🡆 More