Bamako

Bamako — Mali Respublikasining poytaxti (1960-yildan).

Gʻarbiy Afrikada, Niger daryosi boʻyidagi port. Aholisi qariyb 900 ming kishi (1995). Mamlakatning asosiy sanoat markazi. Sanoatining asosini yengil, oziq-ovqat sanoati (goʻsht, oʻsimlik moyi, mineral suvlar ishlab chiqarish) tashkil etadi. Shaharda elektr stansiyasi, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, fil suyagi va yogʻochdan turli buyumlar yasash) rivojlangan. Muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga eta. Bamakoda maktab, litsey va kollejlar, maxsus bilim yurtlari, milliy tasviriy sanʼat, ilmiy tadqiqot institutlari bor.

Bamakoni 1882-yilda (u vaqtda Bamako qishloq boʻlgan) Fransiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920 — 58 yillar Fransiya Sudani, 1958 — 60 yillar muxtor Sudan Respublikasi maʼmuriy markazi boʻlgan. 2 ta muzey va shahar atrofida 14- a.da qurilgan masjid bor.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Tags:

Gʻarbiy AfrikaMaliMineral suvlarNiger (daryo)

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Boʻlinish alomatlariYurakYengil atletikaMuskullarQon bosimini tushiruvchi moddalarOʻrta OsiyoOʻpka emfizemasiAlisher NavoiyHamza Hakimzoda NiyoziyRadioaktiv parchalanishHiqildoqSanoatBankSport gimnastikasiShanxay hamkorlik tashkilotiErkak jinsiy aʼzosiAbbosbek FayzullayevMateriyaJinsiy hayotImom al-BuxoriyCristiano RonaldoQutadgʻu biligDezoksiribonuklein kislotaBuyrakUNESCOTermodinamikaOrttirilgan immun tanqisligi sindromiDarsFosforOmmaviy madaniyatAbdulhamid ChoʻlponIjtimoiy himoyaDavlatlar pul birliklari roʻyxatiTafakkurMagnit maydonSaid AhmadXalqaro tashkilotOgahiyTishTugʻruqOvqat hazm qilishAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiYarimoʻtkazgichRaqobatOʻzbekistonda NavroʻzKubik metrNeftIchki sekretsiyaMehnatBoburnomaZotiljamUsmonlilar imperiyasiShimoliy AmerikaSinonimlarHalqumSistitAxborotAksiyaInvestitsiyaMaqolaQonTarovih namoziOʻzbekiston siyosiy partiyalariHijriy yil hisobiAbdulla OripovPirimqul QodirovMazhabIjtimoiy psixologiyaMuloqotIshchi kuchiTemuriylar shajarasiOng (psixologiya)GipofizGidrostatikaToʻqimaMagnetik rezonans tomografiyaAseptikaIkkinchi jahon urushiElon Musk🡆 More