Hiqildoq

Hiqildoq (agupx) — nafas yoʻlining burun boʻshligʻidan keyingi qismi boʻlib, ovoz hosil qilish vazifasini ham bajaradi.

H. havoning traxeyaga oʻtishini taʼminlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga toʻsqinlik qiladi. Havo burun boʻshli-gʻidan oʻtganda isiydi, tozalanadi, namlanadi, avval halqumning burun-halqum qismiga, keyin ogʻiz qismiga va nihoyat, H.qa yetib boradi. Lekin ogʻiz bilan nafas olganda ham havo ogʻiz boʻshligʻidan H.qa yetib boradi, bunda havo isimaydi va tozalanmaydi, shuning uchun burundan nafas olish toʻgʻri va foydali.

H. boʻyinning old tomonida joylashganidan H. doʻngi ayniqsa ozgʻin erkaklarda aniq koʻrinib turadi, uni kekirdak olmasi deyiladi.

Odam gapirganda, yoʻtalganda, ashula aytganda H. oson harakatlanadi. H. tok, (uzuksimon, qalqonsimon) va juft (choʻmichsimon, shoxsimon) togʻaylarning boylamlar, muskullar yordamida oʻzaro birikishidan vujudga keladi.

H.da ovoz boylamlari joylashgan boʻlib, ular nafas olganda qattiqyoki sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi, bunda ovoz yorigʻi goh ken-gayib, goh torayadi. H.ning jinsiy farqi juda barvaqt maʼlum boʻladi; 3—7 yashar qizlarning hiqildogʻi shu yoshdagi oʻgʻil bolalarnikiga qaraganda kichik va kalta, bu farq ayniqsa balogʻat yoshiga yetganda yaqqol koʻzga tashlanadi. H.ning shakli va tuzilishi ichki sekretsiya bezlarining faoliyati taʼsirida oʻzgaradi.




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

QobiliyatKimyoviy elementlar davriy sistemasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiMirzo UlugʻbekXorazmVeb-saytYalligʻlanishSingapurKasbOkeanIbroyim YusupovFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariMineralOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiTarixKuntugʻmishOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiYusuf Xos HojibKonfutsiylikTalab va taklifErkin AʼzamDisaharidlarOʻzbeklarAbu Ali ibn SinoYandexHissiyotBrauzerFalsafaLeksikologiyaQitʼaNigeriyaJinsiy aloqaOlimpiada oʻyinlariChigʻatoy ulusiSirdaryo (viloyat)DinshunoslikBuxgalteriya balansiOʻlmas UmarbekovSimmetriyaRossiyadagi ta'limKoʻmakchiMustaqillikIspaniyaAdabiy tilXamsaQon kasalliklariRus tiliGipertoniya kasalligiLipidlarIssiqlik oʻtkazuvchanlikDidaktikaKombinatorikaJamiyatAnafilaktik shokTemuriylar shajarasiMototsiklMahalliy davlat hokimiyati organlariKompyuter grafikasiBuxoroTurkiyaMisAllergiyaReal Madrid CFQonun (huquq)MakroiqtisodiyotShaxmatDiniy tashkilotTezlikDunyo aholisiBuxoro xonligiOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiSoʻz birikmasiIrodaSteve JobsBayerische Motoren Werke AGShaxsDorivor oʻsimliklarIshlab chiqarishni tashkil etish🡆 More