Abulqosim Lohutiy

Abulqosim Lohutiy (1887.12.10., Kirmonshoh, Gʻarbiy Eron — 1957.16.3, Moskva) — fors-tojik shoiri, yangi tojik sheʼriyatining asoschilaridan biri.

1905—11 yillardagi Eron inqilobining ishtirokchisi. "Bisotun" gazetasi (1916, Kirmonshoh shahri), "Fors" jurnali (1921, Istanbul shahri)ni nashr ettirgan. 1922 - yil ikkinchi Tabriz qoʻzgʻoloniga ("Lohutiyxon qoʻzgʻoloni") rahbarlik qilgan. Bu qoʻzgʻolon bostirilgach, Erondan chiqib ketishga majbur boʻladi. Avval Moskvada, soʻng Dushanbe shahrida yashay boshlaydi. "Uch qatra" (1932), "Farangiston safari" (1934) dostonlari, "Shevchenko vasiyatnomasiga javob" (1934), "Oqin Jambulga" (1937) va boshqa sheʼrlari xalqlar doʻstligi mavzusida. Ikkinchi jahon urushi yillari yozilgan sheʼr va dostonlari fashizm ustidan gʻalabaga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. "Temirchi Kova" (1939) librettosi tojik adabiyotida bu janrda yozilgan ilk asardir. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan asarlarida tinchlik tarannum etilgan ("Tinchliksevarlar qoʻshigʻi", "Miting" va boshqalar). "Eron naʼrasi" (1950), "Koreya xalqiga" (1952) sheʼrlarida esa Sharq xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashga daʼvat etiladi. A. S. Pushkin, A. S. Griboyedov, V. V. Mayakovskiy, U. Shekspir, Karpo Vega va boshqa yozuvchilarning asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Lohutiy bir necha yil Toshkentda yashadi. Oʻzbekistonga bagʻishlangan bir turkum sheʼrlar yaratdi ("Oʻrta Osiyo", 1934; "Oʻzbekiston", 1939; "Oʻzbek onasining topshirigʻi", "Doʻst keldi", 1941 va boshqalar). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan (Devon, 8 • 1 1958; "Tanlangan asarlar", 1968).

Abulqosim Lohutiy
Abulqosim Lohutiy
Asl ismi forscha: ابوالقاسم لاهوتی
Tavalludi 12-oktyabr 1887-yil
Vafoti 16-mart 1957-yil(1957-03-16)
(69 yoshda)
Moskva, SSSR
Kasbi 1907 - 1957
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari Tojikiston Qahramoni
Lenin ordeni

Manbalar




Tags:

Aleksandr GriboyedovAleksandr PushkinDostonDushanbeEron inqilobiForsGazetaIkkinchi jahon urushiIstanbulJurnalKirmonshohLibrettoMitingMoskvaOʻzbek tiliOʻzbekistonSharqTojik tiliToshkentVladimir MayakovskiyWilliam Shakespeare

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

KalsiyShimoliy AmerikaAtom yadrosiYaponiyada taʼlimYorugʻlik interferensiyasiTermodinamikaJarohatRauf ParfiVitaminlarToʻldiruvchiIchki yonuv dvigateliXufton namoziDezoksiribonuklein kislotaIshsizlikTaqvimTurkmanistonSimmetriyaAfgʻonistonPsixologiya tarixiBuddizm tarixiOʻzbekistonda taʼlimTemuriylar imperiyasiElektrokardiogrammaKuchOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiSimfoniyaYevropaEkstremizmFizioterapiyaQonun (huquq)Saylov tizimiNATOTasavvufQadimgi YunonistonTIMSSHindistonQadimgi RimSterilizatsiya (mikrobiologiya)Sport inshootlariEmlashQoʻshilgan qiymat soligʻiEhtimollar nazariyasiYerMoliyaBirinchi jahon urushiYurak-tomir sistemasi kasalliklariQushlarBachadonSteve JobsKoʻp nuqtaTopishmoqChorrahaYurak-qon tomir kasalliklariPaleolitAdaptatsiyaImmunitetIslom KarimovQuyosh tizimiInternetErkin VohidovUslubChekishElektrolizOna sutiHinduiylikHisobotXaritaKonstantin UshinskiyAuditSiyosiy huquq va erkinliklarJahon bankiAleksandrSugʻurtaIkkinchi jahon urushiSaylov huquqiOyat al-KursiTabiat resurslariMushuk🡆 More