Yapon Dengizi

Yapon dengizi — Tinch okeanning yarim berk dengizi.

Yevrosiyo materigi bilan Saxalin va Yapon orallari oʻrtasida. Boʻgʻozlar orqali shimolida Oxota dengizi, sharqda Tinch okean, janubida Sharqiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Mayd. 1062 ming km². Eng chuqur joyi 3720 m. Sohillari baland, tik yon bagʻirli, kam parchalangan. Yirik qoʻltikdari: Sharqiy Xitoy va Buyuk Petr. Dengiz tubining relyefi soylik. Markaziy qismida Yamato qiri bor. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Qishda shim.gʻarbiy sovuq shamol esib turadi. May. oyidan oktyabrgacha tayfunlar, bahor va yozda tumanli kunlar boʻlib turadi. Yuza oqimlar siklonal aylanma yoʻnalishda harakat qiladi. Suvining yuza qatlamida temperatura qishda shimolida 0°dan janubida 12° gacha, yoz oylarida 17° dan 26° gacha. Shimoliy qismidagi materikka yondosh suvlari qishda muzlaydi. Shoʻrligi 27,5%o dan 34,8%s gacha. Suvining rangi yashil, yashilkoʻk. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 0,5 m gacha), Tatar boʻgʻozida 2,3 m gacha. Dengizning oʻsimlik dunyosi gulli oʻsimlik va suvoʻtlardan iborat. Suvoʻtlarning ayrim turlaridan xoʻjalikda foydalaniladi. Hayvonot dunyosi shim. qismida sovuq suvda yashashga moslashgan (seld, treska, navaga, losossimonlar, kambala va boshqalar), janubida iliq suvda yashovchilar (skumbriya, tunetslar, ilonbaliq)dan iborat. Dengizda koʻplab baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Yapon dengizi muhim transport ahamiyatiga ega. Asosiy portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Niigata, Suruga (Yaponiya), Vonsan, Xinnam, Chxonjin (KXDR) va boshqalar.

Yapon dengizi
Yapon Dengizi
Koordinatalari 135°E / 40°N 135°E / 40; 135 G O
Eng katta uzunligi 2254
Yuzasi 1 062 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 1753 m
Eng katta chuqurligi 3742 m
Suv hajmi 1 630 000 km3



Tags:

DengizOxota dengiziSaxalinTinch okeaniYapon orollariYevrosiyo

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Markaziy OsiyoGalaktikaKamoliddin BehzodArablarning O‘rta Osiyo istilosiMenejmentIdrokDisaharidlarOrttirilgan immun tanqisligi sindromiMadaniyatUNESCOSuvchechakKurashGʻafur GʻulomKelishikYurakYorugʻlikVatanYorugʻlik interferensiyasiMissionerlikInflatsiyaMusiqaGʻoʻzaTushunchaTillar tasnifiVenera (sayyora)RavishFotosintezIlhaqBoʻlinish alomatlariYuriy GagarinOʻzbek tiliRobindranat TagorOʻzbekiston viloyatlariBuxoro viloyatiUndalmaZilzilaMuqimiyInsoniylikIchki sekretsiya bezlariMagnit induksiyaDavlat poytaxtlari roʻyxatiUglevodlarAbdulla QahhorOʻzbekistonda taʼlimMuskullarAdabiy tilYarimoʻtkazgichHajmUfq (trilogiya)Abdurauf FitratOʻsimliklarTovush (tilshunoslik)Ichki sekretsiyaToshkent viloyatiFargʻona viloyatiNerv sistemasiUchburchakNobel mukofotiEfirlarPaygʻambarDavlat byudjeti daromadlariOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiFonetikaMaktabOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiTib qonunlariTahajjud namoziMirzo UlugʻbekJahon savdo tashkilotiDunyoning ishlariPIRLSShavkat MirziyoyevSuverenitetFarmoyishJaloliddin ManguberdiBakteriyalarSuyak sinishiBobur🡆 More