Sharqiy xitoy dengizi, Dunxay — Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz, gʻarbda Xitoyning sharqiy qirgʻoqlari, janubida Tayvan o., sharqda Yaponiyaning Kyusyu va Ryukyu o.lari, shimolida Koreya boʻgʻozi orqali Yapon dengizi bilan chegaralangan.
Maydoni 836 ming km². Dengizning gʻarbiy qismi materik sayozligida, chuqurligi sharqqa tomon ortib boradi. Eng chuqur joyi 2719 m. Yqlimi mussonli, dovul koʻp boʻladi. Oʻrtacha temperatura fevralda 5° dan (shim.gʻarbda) 15° gacha (jan.sharqda), avgustda 26°. Yillik yogʻin 1100 – 2200 mm (asosan, yozda yogʻadi). Sharqiy qismida doimiy sharqiy oqim — Shimoliy Passat iliq oqimi mavjud. Sh.Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladigan eng yirik daryo — Yanszi dengizga katta miqsorda chuchuk suv keltiradi, shu sababli gʻarbida suvning shoʻrligi sharqiga nisbatan kamroq (5— 10%o dan 30—34,5%o gacha). Suv qalqishi yarim sutkalik (7,5 m gacha). Baliq va boshqalar dengiz hayvonlari ovlanadi, tuz olinadi. Yirik portlari: Shanxay, Xanchjou, Ninbo, Szilun, Nagasaki.
Sharqiy Xitoy dengizi | |
---|---|
Joylashuvi | Tinch okeani |
Koordinatalari | 125°E / 30°N 125°E G O |
Okean tipi | Okeandagi yarim yopiq dengiz |
Yuzasi | 836000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 114 |
Eng katta chuqurligi | 2719 |
Suv hajmi | 258000 km2 |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Sharqiy Xitoy dengizi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.