Xalifa Ibn Zayd Al Nahayon: Birlashgan Arab Amirliklari 2-prezidenti

Shayx Xalifa ibn Zoid ibn Sulton Ol Nahayon (arabcha:  خليفة بن زايد بن سلطان آل نهيان‎; 1948-yil 7-sentyabr – 2022-yil 13-may) – Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi prezidenti va Abu-Dabi hukmdori boʻlib, 2004-yil noyabridan 2022-yilning may oyida vafotigacha xizmat qilgan.

Xalifa ibn Zayd al Nahayon
خليفة بن زايد آل نهيان
Xalifa Ibn Zayd Al Nahayon: Birlashgan Arab Amirliklari 2-prezidenti
BAA Prezidenti Xalifa ibn Zayd al Nahayon
Mansab davri
2004-yil 3-noyabr – 2022-yil 13-may
Hukumat boshligʻi Muhammad ibn Rashid al Maktum
Oʻtmishdoshi Zayd ibn Sulton al Nahayon
Vorisi Muhammad ibn Zayd al Nahayon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-yanvar 1948-yil
Abu-Dabi
Vafoti 13-may 2022-yil(2022-05-13)
(74 yoshda)
Abu-Dabi
Otasi Zayd ibn Sulton al Nahayon
Mukofotlari
Xalifa Ibn Zayd Al Nahayon: Birlashgan Arab Amirliklari 2-prezidenti 1-darajali Doʻstiq ordeni Bani ordeni sohibi
1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni Andoza:Katolik Izabella ordeni katta xochi Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya)
Andoza:Falastin yulduzi ordeni

Xalifa Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi prezidenti Zayd ibn Sulton al Nahayonning toʻngʻich oʻgʻli edi. Abu-Dabi valiahd shahzodasi boʻlgan. Otasi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga duch kelganida, amalda prezidentlik vazifasini bajargan. 2004-yil 2-noyabrda otasining oʻrniga Abu-Dabi hukmdori etib tayinlandi va ertasi kuni Federal Oliy Kengash uni BAA prezidenti etib sayladi. Abu-Dabi hukmdori sifatida u Abu-Dabiga madaniy va ilmiy markazlarni jalb qilib, Luvr Abu-Dabi, Abu-Dabi Nyu-York universiteti va Abu-Dabi Sorbonna universitetini tashkil ettirdi.

Xalifaning prezidentligi davrida Birlashgan Arab Amirliklari mintaqaviy iqtisodiy kuchga aylandi va uning iqtisodiyoti oʻsdi. Xalifa gʻarbparast modernizator sifatida koʻrilgan, uning yumshoq yondashuvi mamlakatni mintaqaviy siyosatdagi keskin davrda boshqarishga imkon bergan. AQSh va Isroil bilan yaqinroq aloqalarni oʻrnatgan. 2007-2008 yillardagi moliyaviy inqiroz davrida prezident sifatida Dubayga milliardlab dollarlarni jalb qila oldi. 2010-yil 4-yanvarda Burj Dubay nomi bilan ochilgan dunyodagi eng baland texnogen inshoot uning sharafiga Burj Xalifa deb oʻzgartirildi.

2014-yil yanvar oyida Xalifa insultga uchradi. Keyinroq davlat ishlarida pastroq mavqeni oldi, lekin prezidentlik vakolatlarini saqlab qoldi. Uning ukasi Muhammad ibn Zayd al Nahayon davlatning muhim ishlarini va Abu Dabi amirligining kundalik qarorlarini qabul qilgan. 2018-yilda Forbes jurnali uni dunyoning eng qudratli odamlari roʻyxatiga kiritdi. 2022-yil 13-mayda vafotidan soʻng Xalifaning oʻrniga uning ukasi Muhammad keldi.

Manbalar

Tags:

Abu-Dabi (amirlik)Arab tiliBirlashgan Arab Amirliklari PrezidentiShayx

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MuhammadOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariQadriyatOʻqituvchiAbdurauf FitratIdrokMDHForobiyLazerMustaqil davlatlar hamdoʻstligiGidroelektr stansiyaOʻsimliklarIslom KarimovNavroʻzErich Maria RemarqueElektron hukumatOʻlchash asboblariOʻzbek lotin alifbosiIqtisodiy oʻsishQunut duosiAbdulla OripovSintaksisTinish belgilariSut emizuvchilarPayvandlashXattotlikAntonimlarAhmad YassaviyLugʻatJinsiy aloqaHayotiy shaklMorfemaYoʻl belgilariFalsafiy antropologiyaBolalar adabiyotiUslubMisToʻplam (matematika)XivaRobototexnikaBakteriyalarBirlashgan QirollikKimyoviy elementlar davriy sistemasiTemuriylarAvaz OxunLoyihaYulduzKombinatorikaUndalmaBuddizmErkin VohidovQazo namoziSezgiQogʻozXalqaro tashkilotMicrosoft AccessJarohatMirzo UlugʻbekOyKalsiyGʻafur GʻulomIsitmaMetrologiyaUNESCOInflatsiyaShanxay hamkorlik tashkilotiZotiljamTovarJangi loyAlkogolizmQoraqalpogʻistonTerminSayyoraSaid AhmadTogʻlarDramaXotira va qadrlash maydoniAutizmEmail🡆 More