Vizantiyashunoslik

Vizantiyashunoslik, vizantistika — Vizantiyaning tarixi, HUKUQI, tili va madaniy merosini (adabiyoti, falsafasi, sanʼati va b.) oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui.

V. alohida bilim tarmogʻi sifatida 19-asr 2-yarmida, fanda "Vizantiya" termini qaror topgan chogʻda shakllandi. Lekin V.ning ildizlari chuqur boʻlib, u uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Vizantiyadan tashqarida uning madaniyati va tarixiga qiziqish ilk oʻrta asrlardayoq tarixiy taqdirlari Vizantiya imperiyasi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Armaniston, Gruziya, jan. slavyan mamlakatlari va Qad. Rusda namoyon boʻlgan. Gʻarbiy Yevropada Vizantiyaga boʻlgan eʼtibor Uygʻonish davri (15—16-asrlar) da, ayniqsa usmonli turklar 1453 y. Konstantinopolni egallab, Yevropadagi boshqa davlatlarga xavf sola boshlaganlaridan soʻng kuchaygan. Masalan, 17— 18-asrlarda Fransiyada V.ga qirol saroyi homiylik qilib, undan siyosiy maqsadlarda foydalanganlar: Vizantiya markazlashgan monarxiyaning namunasi sifatida tasvirlangan. Sh. Dyukanj, P. Lemerl (Fransiya), E. Gibbon (Buyuk Britaniya), K. Krumbaxer (Germaniya), V. G. Vasilevskiy, M. V. Levchenko, Ye. A. Kosminskiy (Rossiya), A. Greguar (Belgiya), G. A. Ostrogorskiy (Yugoslaviya), M. Meyendorf (AQSH) va b. V. rivojiga salmoqli hissa qoʻshganlar. V. boʻyicha 1924 y.dan beri xalqaro kongresslar chaqirilib turiladi. Vizantiyashunoslarning xalqaro assotsiatsiyasi mavjud (1955). Hozirda V.ning ilmiy markazlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR, Belgiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, Rossiya va b. mamlakatlardagi universitet va fanlar akademiyalarida bor. V.ga oid davriy nashrlar turli mamlakatlarda chop etilmoqda.

Bobur Gʻiyosov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tags:

FransiyaGermaniyaUygʻonish davri

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yevropa davlatlari roʻyxatiGalaktikaHujayraOltinAhmad al-FargʻoniyOkeanJigarRossiyadagi ta'limIqbol MirzoShaharQalqonsimon bezTurkmanistonZilzilaKonfessiyaJangi loyEronKlinik qon tahliliGerontopsixologiyaKoordinatsion birikmalarProkuraturaDinNATOLeksikografiyaXromosomalarOʻzbek qiziToʻgʻri toʻrtburchakHuquq layoqatiVegetativ nerv sistemasiGenetikaElektrokardiogrammaYerAbdulla OripovHinduiylikDramaMehnat muhofazasiReabilitatsiyaBoburXalqaro tashkilotBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiMakroiqtisodiyotDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiFavvoraBuxoro viloyatiBachadonSogʻliqni saqlashAbu Ali ibn SinoVeb-sahifaAvtomobil yoʻliShum bolaToʻqimaKategoriyalarMikroelementlarSuyak sinishiInson yuragiTabiatni muhofaza qilishBuxoroAmir TemurNasosTranzistorJadidchilikNatural sonJanubiy AmerikaOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiChatqol biosfera qoʻriqxonasiFotoeffektMisOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiMantiqOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariNavoiy viloyatiPolimerlarGidroelektr stansiyaAbdulhamid ChoʻlponJadidlarIshlab chiqarish harajatlariVaqt🡆 More