Serjipi — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat.
Maydoni 22 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan, sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 24°. Yillik yogʻin 600–1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. Gʻarbida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Sohil boʻyida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sholi, qurgʻoqchil Braziliya yassitogʻligida paxta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yongʻogʻi yigʻiladi. Ip gazlama, paxta tozalash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — Arakaju.
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Arakaju | ||
Gubernator | Jekson Barreto de Lima | ||
Aholi (2010) | 2 068 017 kishi | ||
Zichligi | 94,35 kishi./km² | ||
Maydoni | 21 918,4 km² (26-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-SE | ||
Rasmiy sayti | http://www.se.gov.br | ||
Xaritada | |||
37°04′12″W / 10.91000°S 37.07000°W G O |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Serjipi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.