Riu-grandi-dusul — Braziliyaning chekka jan.
qismidagi shtat, Atlantika okeani sohilida. Maydoni 282 ming km2. Aholisi 10,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Portu Allegri sh. Yirik shaharlari: Pelotas, RiuGrandi, SantaMariya. Shtat shim. Braziliya yassitogligining pastroq jan. qismidan, jan. tekislikdan iborat. Atlantika okeani qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan kambar payettekislikda koʻl koʻp. Iqlimi subtropik, nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 15—25°, yillik yogʻin 1250 mm dan 2000 mm gacha. Savanna, shimolida subtropik oʻrmonlar bor. R.G.duS. mamlakatning muhim qishloq xoʻjaligi rayoni. Shtat donli ekinlar: bugʻdoy, sholi yetishtirish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Shuningdek, makkajoʻxori, kartoshka, loviya, maniok ekiladi. Tokchilik, bogdorchilik, asalarichilik, ipakchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Paragvay choyi teriladi. Baliq ovlanadi. Mis, toshkoʻmir konlari bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, keramika sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chikaruvchi, farmatsevtika korxonalari bor.
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Tegishli | Janubiy hudud | ||
Tarkibida | • 7 mezoregion; • 35 mikroregion; • 496 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | город Portu-Allegri | ||
Yirik shaharlari | Kashias-du-Sul, Pelotas, Kanoas | ||
Asos solingan sanasi | 1889-yil | ||
Gubernator | Tarsu Jenru | ||
Vitse-Gubernator | Бето Грилл | ||
YAIM (2008) | 193 500 000 000 R$ (4-oʻrin) | ||
Rasmiy tili | Portugal, portunol, nemis, italyan | ||
Aholi (2008) | 10 914 128 kishi | ||
Zichligi | 38,7 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | brazillar (oqlar — 82,3 %, pardu — 11,4 %, habashlar — 5,9 %) | ||
Maydoni | 281 748,538 km² (9-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi | 1410 m | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-RS | ||
Pochta indeksi | 90000-000 — 99990-000 | ||
Rasmiy sayti | http://www.rs.gov.br www.rs.gov.br | ||
Xaritada | |||
53°0′0″W / 30.00000°S 53.00000°W G O |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Riu Grandi du Sul, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.