Ryukyu

Ryukyu, Nansey — Yaponiyadagi orollar arxipelagi, Kyusyu va Tayvan o.lari oraligʻida.

Sharqiy Xitoy dengizini Tinch okeandan ajratib turadi. Shim.sharqsan jan.gʻarbga yoy shaklida 1200 km masofaga choʻzilgan. R. 98 orolni oʻz ichiga olgan 6 ta yirik orollar guruhidan iborat. Umumiy maydoni 4,8 ming km². Yirik orollari — Okinava va Amami. Orollarning jan.sharqiy qismi asosan, mezozoyning karstli ohaktoshlaridan, shim.gʻarbi vulkan jinslaridan tuzilgan. Seysmik faol zona, tez-tez zilzila boʻlib turadi, 3 ta harakatdagi va bir nechta soʻngan vulkan bor. Yer yuzasi plato va past togʻlardan (bal. 300–500 m), shuningdek, past sohilboʻyi terrasalaridan iborat. Eng baland joyi 1935 m (Yaku o.da). 29° sh.k.dan janubda orollar marjon riflari bilan oʻralgan. Fosforit va toshkoʻmir konlari bor. Iklimi shimolida subtropik, janubida tropik, mussonli (yillik yogʻin 2000–3500 mm), vaqtvaqti bilan tayfunlar boʻladi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 14—18°, iyulda 27— 28°. Doim yashil tropik oʻrmonlar bor. Sholi, batat, shakarkamish ekiladi. Baliq ovlanadi. Shoyi toʻqiladi. Eng katta shahri — Naxa.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Abu Rayhon BeruniyAntibiotiklarUglevodlarYalligʻlanishIndividuallikRezus-faktorBorliqKislorodBrauzerKonsepsiyaSiydik ajratishOʻtkir HoshimovFalastin DavlatiGnoseologiyaYosh psixologiyasiAmir TemurTemir yoʻl transportiXalqaro birliklar tizimiYevropaTuproqChumolilarChingiz AytmatovGlukozaFotoapparatJarrohlikArab xalifaligiYurak-qon tomir kasalliklariOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariJizzax viloyatiQitʼaSabzavotchilikAdsorbsiyaZaharlanishRim imperiyasiKimyoOmmaviy axborot vositalariDeformatsiyaRossiyaInfeksion kasalliklarLoyihaOʻtkan kunlarKimyoviy elementlar davriy sistemasiJarohatMetrologiyaKredit-modul tizimiAntiseptikaSugʻurtaIjtimoiy ishUsmonlilar imperiyasiOltingugurt (mineral)Klaster metodiOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariAsalariOʻlmas UmarbekovSpirtlarHalqumBuyrak usti bezlariAmerika Qoʻshma ShtatlariSaraton (kasallik)MaqolaOʻlatXulosa chiqarishDorivor oʻsimliklarQalqonsimon bezLenta.ruToshkent viloyatiEmailIngliz tiliYunon falsafasiParhez bilan davolashTinch okeaniMoliyaMoliya bozoriModdalar almashinuviGʻafur GʻulomAxborotMustaqil davlatlar hamdoʻstligiOʻzbekistonMarkaziy nerv sistemasi🡆 More