Runik Yozuv

Runik yozuv — germanlarda 2—3-asrlardan to oʻrta asrlar oxirigacha qoʻllangan alifbo; lotin yozuvi tarqalishi munosabati bilan isteʼmoldan qolgan.

Runik yozuv belgilari, yaʼni runalar, asosan, metallga, toshga va yogʻochga oʻyib yozilgan, shuning uchun ular oʻziga xos uchli, nayzasimon koʻrinishga ega boʻlgan. Angliya, Islandiya va Grenlandiyada, Skandinaviyada, Shim. Yevropaning bir qancha hududlarida tarqalgan. Katta (umumgerman) runalari hamda kichik (skandinav) runalari oʻzaro farqlanadi. Katta Runik yozuvning tili biron-bir qad. german tiliga oʻxshamaydi, undagi bitiklar (150 ga yaqin), asosan, qurol va taqinchoklarga, shuningdek, toshlarga yozilgan. Kichik Runik yozuv esa qad, skandinav tillari yodgorliklari hisoblanadi, ularni, asosan, toshlardagi bir necha jumladan iborat xotira yozuvlari (yodnomalar) tashkil etadi. Katta runalar 24 ta, kichik runalar 16 ta boʻlgan.

Runik Yozuv
Katta runalar
Runik Yozuv
Kichik runalar

Qad. turkiy yozuvlar, yaʼni urxunenisey yozuvlari ham fin va boshqa yevropalik olimlar tomonidan "Runik yozuv" deb atalgan.

Yana q.

Manbalar




Tags:

AlifboAngliyaBelgiBitikGermanlarGrenlandiyaIslandiyaIsteʼmolLotin yozuviMunosabatShimolSkandinaviya tillariSkandinaviya yarim oroliTaqinchoqlarXotiraYevropaYodgorlikYodnomaYogʻoch

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OrfoepiyaDavlat byudjeti daromadlariMercedes-BenzQishloq xoʻjaligiToshkentMagnit induksiyaDiqqatMatnJizzax viloyatiKubOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiStressTeri kasalliklariIbroyim YusupovZilzilaKalla suyagiOʻlchash asboblariKimyoOybekOmonimlarShaxmatOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiSimmetriyaQozogʻistonQuyoshOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiMovarounnahrDisaharidlarTushunchaKondensatorBotir QodirovVodorodMisAmper qonuniEkologik omillarImom al-BuxoriyYosh psixologiyasiSuvOʻqituvchiSezgiOʻzbekistondagi muzeylarIkkinchi jahon urushiJamiyat falsafasiChekishIshlab chiqarishShomahmudovlar oilasiYaponiyaAmudaryoSiyosiy partiyalarJahongir OtajonovSayyoraOʻzbeklarKompyuterPaleolitLeksikografiyaOʻsimliklarShimoliy AmerikaTarbiyaManbalarTabiatni muhofaza qilishAleksandrElektromagnit induksiyaShaxsiy gigiyenaUndalmaMaʼlumotlar bazasiXalq pedagogikasiBuyuk Ipak yoʻliQadimgi RimShum bolaGektarQoʻshilgan qiymat soligʻiFosforMangʻitlar sulolasiRus tiliTemuriylar shajarasiFermentlarKubik metrAmerika Qoʻshma ShtatlariRibonuklein kislotalar🡆 More