Qayravon

Qayravon (arabcha: القَيْرَوان al-Qayrawān; fransuzcha: Kairouan) — Tunisning sharqiy qismidagi shahar, Qayravon viloyatining maʼmuriy markazi.

Aholisi 110,3 ming kishi (1998). Mamlakatning muhim tarixiy, diniy, savdohunarmandchilik va turizm markazi. Transport yoʻllari chorrahasi. Sellyulozaqogʻoz zavodi, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Gʻalla, jun bilan savdo qilinadi. Q. — badiiy hunarmandchilik markazi. Metall, teridan turli buyumlar yasaladi, gilam toʻqiladi.

Qayravon
Qayravon
35°41′0″N 10°6′0″E / 35.68333°N 10.10000°E / 35.68333; 10.10000 G O 10°6′0″E / 35.68333°N 10.10000°E / 35.68333; 10.10000 G O
[[File:|290px|Qayravon xaritada]]
Qayravon

Shaharga 670 yilda asos solingan. 7-asr oxirlarida Magʻribdagi Umaviylar noiblarining qarorgohi boʻlgan. 800909 yillarda Agʻlabiylar davlati poytaxti, oʻsha davrda shahar ayniqsa rivoj topgan. Fotimiylar tomonidan poytaxt Mahdiya shahriga koʻchirilgach, Q.ning mavqei pasayib bordi. Shahar Tunisda islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi. 1057 yilda shahar badaviylar tomonidan vayron qilindi. 13-asrda barbarlarning Xafsiylar sulolasi tomonidan tiklangan. Q.ni 1881 yilda fransuz qoʻshinlari bosib olgan. 1956 yildan mustaqil Tunis davlati tarkibida.

Madina qismi ichki hovli va yassi tomli anʼanaviy uylardan iborat. Shahar shinakli qalʼa devori bilan oʻralgan (761, 11-asr oxiri, 13-asr, 18-asr boshlari). Ustunlari koʻp katta xona, ravoklar bilan oʻralgan hovli va minorasi boʻlgan Sidi Oqba masjidi (Katta masjid, 670 yilda asos solingan.

9-asrda qayta qurilgan), "Uch eshikli masjid", islom sanʼati muzeyi bor. Shuningdek, ispanmagʻrib, turk sanʼati anʼanasida qurilgan meʼmoriy obidalar ham saqlangan. Madinadan jan.da zamonaviy jamoat va maʼmuriy binolar qurilgan. Q. atrofida hokimlar qarorgohlari — shaharlar xarobalari: Qasr alQadim, Sabr alMansuriya va h.k. saqlangan. Q. — Magʻrib musulmonlarining ziyoratgohi.




Tags:

AholiArab tiliBadiiy sanoatDinFransuz tiliGilamGʻalla ekinlariHunarmandchilikJunKorxonaMaʼmuriyatOziq-ovqat sanoatiSavdoSellyuloza-qogʻoz sanoatiShaharSharqTarixTeriTunisTurizmZavod

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SuvBolalar kasalliklariAvtomobilOʻlchash asboblariOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariVegetativ nerv sistemasiQoʻlyozmaChumolilarEmlashSheʼrYIM boʻyicha davlatlar roʻyxatiBirinchi yordamEstetikaVaqtYevrosiyoQonOʻzbek adabiyotiIslom mazhabchiligiAsfiksiyaQadriyatKuchEpilepsiyaIrsiy kasalliklarAQSh dollariTaqrizIngliz tiliYozuvErkak jinsiy aʼzosiLotin alifbosiMuqimiyTaqvimUndosh tovushlarTurkiston general-gubernatorligiKonstitutsiyaShum bolaYengil atletikaKaʼbaTarixiy obidalarOʻzgaruvchanlikNafas organlariRobotBorliqIbodiylarAntiseptikaAnemiyaAbdulla QahhorQadimgi turkiy tillarKamalak (tashkilot)PomidorMuhammad Sodiq Muhammad YusufHarfBosimHujayraOʻsmalarSheʼr tuzilishiAsinxron elektr dvigatelMafkuraEpistemologiyaGepatitPopulyatsiyaAbdulla AvloniyUglerodDavlatlar roʻyxatiInfeksiyaNonIslomMirzo UlugʻbekSourAhmad al-FargʻoniyYogʻIjtimoiy psixologiyaFotorezistorShokHavoning ifloslanishiTransplantalogiyaMadaniyatRossiya🡆 More