Nvidia

Nvidia — grafik prosessorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Kompaniya mahsulotlari videooʻyinlar, vizualizatsiya, avtomobilsozlik industriyasida qoʻllaniladi.

Nvidia
Nvidia
Nvidia kompaniyasining logotipi
Turi Ommaviy kompaniya
Xizmatlari yarimoʻtkazgish sanoati
Birja listingi Andoza:NASDAQ
Qachon asos solingan 5-aprel, 1993-yil (31 yil avval) (1993-04-05)
Joylashuvi Santa-Klara, Kaliforniya (AQSH)
Asoschi(lari)
  • Djensen Xuang, Kris Malaxovski, Kyortis Prem
Direktori Djensen Xuang
Mahsulot(lar)i
  • Grafik prosessor
  • Chipset
  • dasturiy ta'minot
Aylanma daromadi 60 922 000 000
Operatsion foydasi 32 972 000 000
Boyligi 7 251 000 000, 9 841 000 000, 7 370 000 000, 11 241 000 000, 13 292 000 000 va 17 315 000 000
Kapitallashtirish Nvidia 26.61 mlrd $ (18-fevral, 2022-yil)
Sof foydasi 29 760 000 000
Ishchilar soni Nvidia 13 775 (2020-yil 26-yanvar)
Shoʻba korxonalari
  • Mellanox
Vebsayti https://www.nvidia.com

Tarixi

1993-1999-yillar

Djensen Xuang, Kris Malaxovski va Kyortis Prem 1993-yil aprelida tushlik vaqtida Kaliforniya shtatida kompaniya ochishga qaror qilishdi. Bu vaqtda kelib Malaxovski va Prem Sun Microsystems, Xuang LSI Long kompaniyalarida muhandis boʻlib faoliyat yuritishar edi. 40 ming dollar boshlangʻich kapitalga ega starapda Xuang kompaniya direktori, Malaxovski ishlab chiqish boʻyicha vitse-prezident, Prem bosh texnik direktor lavozimlarida faoliyat boshlashdi. 1995-yil may oyida kompaniya oʻzining ilk mahsuloti NV1 multimedia kartasini taqdim etdi. Ushbu karta Sega kompaniyasi mahsulotlari uchun moslangan edi.

Nvidia 
NVidia Riva 128 chipiga ega Diamond Viper V330 videokartasi

2000-yillar

70 mln dollarga 3dfx Interactive kompaniyasining aktivlarini sotib oladi. Avvalroq huddi shu kompaniya bilan patent borasida sudlashgan va bu kompaniya bankrot holatiga kelgan edi. 2000-2003-yillarda Xbox uchun grafik chiplar ishlab chiqarishdi.

2006-yilda ATI kompaniyasini AMD tomonidan 5,4 mlrd dollarga sotib olinishi natijasida Intel bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Buning natijasida ATI ga kelayotgan 70 %gacha daromad Nvidiaga kela boshladi.

2020-yillar

Ethernet va InfiniBand tarmoqli adapterlari hamda kommutatorlar ishlab chiqaruvchi Mellanox kompaniyasini 6,9 mlrd dollarga sotib oldi. Bu xarid kompaniya tarixidagi eng yirik xarid boʻldi.

Mahsulotlar oilasi

Kompaniyaning asosiy mahsulotlari GeForse grafik prosessorlar, Quadro videokartalardan olgan.

GeForce

Ushbu turdagi prosessorlar 1999-yilda NV10 chipida GeForce 256 nomi bilan chiqa boshladi. Bu kompaniyaning ilk gragik prosessori edi.

GeForce Experience

2013-yilda kompaniya GeForce Experience utilitasini taqdim. Uning yordamida Nvidia videokartalarining ish samaradorligini oshirish, drayverlarni aktuallikka tekshirish kabi koʻplab imkoniyatlar mavjud edi.

Boshqaruv

Kompaniyani tashkil etilgan davrdan boshlab Djensen Xuang boshqarib keladi.

Faoliyati koʻrsatkichlari

2018-yil holatiga koʻra kompaniya 3,047 mlrd dollar miqdorida sof foyda koʻrdi. Bu 2017-yilga nisbatan 83 % yuqori hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy daromad manbai grafik prosessorlar boʻlib, umumiy foydaning 8,14 mlrd dollar qismini tashkil qildi.

Manbalar

Havolalar

https://www.nvidia.com/ru-ru/

Tags:

Nvidia TarixiNvidia Mahsulotlar oilasiNvidia ManbalarNvidia HavolalarNvidia

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

QizilchaFizikaDezinfeksiyaPsixologiyaDunyoqarashSanoq sistemasiPulLorents kuchiSunʼiy intellektYurak-qon tomir kasalliklariFargʻona viloyatiBirinchi jahon urushiHiqildoqIngichka ichakSiydik ajratishMaqolNatriyDidaktikaDemokratiyaFosforMorfemaToʻldiruvchiDefektologiyaAhmad YassaviyReabilitatsiyaTalab va taklifParhez bilan davolashKurashUlugʻbek rasadxonasiOʻsmalarTishParazitologiyaInduktivlikLeykozYaponiyada taʼlimAksiyaOʻzbek milliy akademik drama teatriUyushiq boʻlaklarIrsiy kasalliklarShom namoziMetodDaromadXalqaro birliklar tizimiGʻafur GʻulomRuhiy kasallikXorazmGnoseologiyaGazlangan suvSWOT tahliliJinsiy hayotErkak jinsiy aʼzosiQon gruppalariSimmetriyaZaharlanishPirimqul QodirovOʻlatJigar sirroziLeksikologiyaXitoyMakkaSulfat kislotaGap boʻlaklariSilRentabellikUrush davridagi jinsiy zoʻravonlikKoʻzHavoning ifloslanishiQizil kitobMoliyaMikroorganizmlarBiznes rejaIjtimoiy himoyaOsiyo davlatlari roʻyxatiTopishmoqUltratovush tekshirish usuliOrttirilgan immun tanqisligi sindromiMahtumquliIjtimoiy tarmoqBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishi🡆 More