Novosibirsk (ruscha: Новосибирск; 1903-25 yillarda Novonikolayevsk) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Novosibirsk viloyati markazi, Ob daryosidagi pristan.
Ob daryosining har ikkala sohilida. Novosibirsk yaqiniga Novosibirsk GES qurilgan va Novosibirsk suv ombori bunyod etilgan. Sibirning yirik transport tuguni. Aholisi 1399,4 ming kishi (1998). Shahar 1893-yilda posyolka sifatida vujudga kelgan. Shahar sanoatida mashinasozlik va metallurgiya (yalpi sanoat mahsulotining 65%ni beradi) asosiy oʻrinni egallaydi ("Sibelektrotyaj-mash", "Sibselmash", stanoksozlik zavodlari bor). Qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish rivojlangan. GES, metropoliten (1985-yildan) bor. Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir boʻlimi, 13 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 2 universitet, konservatoriya), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatadi. Suratlar galereyasi, oʻlkashunoslik, geol., zool., Sibir xalqlari tarixi va madaniyati muzeylari mavjud.
Novosibirsk ruscha: Новосибирск | |
---|---|
55°2′0″N 82°55′0″E / 55.03333°N 82.91667°E G O 82°55′0″E / 55.03333°N 82.91667°E G O | |
Mamlakat | Rossiya |
Mintaqa | Novosibirsk viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Anatoly Lokot |
Asos solingan | 1893 |
Ilk eslatilishi | 1893 |
Avvalgi nomlari | Novonikolayevsk |
Maydon | 502.7 km2 (194.1 mi²) |
Markazi balandligi | 150 m |
Aholisi (2021) | 1 633 595 |
Zichligi | 3230,87 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib | pravoslavniylar, musulmonlar va boshqalar |
Telefon kodi | +7 383 |
Pochta indeks(lar)i | 630xxx |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Novosibirsk, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.