Nikolay Rimskiy-Korsakov

Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov (18-mart 1844-yil, Tixvin — 21-iyun 1908-yil, hozirgi Leningrad viloyati) — rus kompozitori, pedagog, dirijyor, musiqa jamoat arbobi.

“Qudratli toʻda”ning aʼzosi. Peterburg konservatoriyasida professor (1871-yildan). “Qor qiz” (1881), “Sadko” (1896), Shoh “Sulton haqida ertak” (1900), “Oltin xoʻrozcha” (1907) kabi operalarda rivoyat, afsona va ertaklarga keng murojaat etib, xalq orzu va niyatlari, hayotbaxsh tabiat goʻzalligini madh etgan.

Nikolay Rimskiy-Korsakov
Valentin Serov tomonidan 1898-yilda chizilgan portreti

Tarixiy mavzularga asoslangan “Pskovlik qiz” (1872), “Shoh qayligʻi” (1898) va boshqa operalari bilan erksevarlik, xalqchillik gʻoyalarini olgʻa surgan, rus musiqali dramasini yuksak pogʻonaga koʻtargan. Rimskiy-Korsakov — garmoniya va orkestrlashning mohir ustasi. Sharq mavzularidagi “Antar” (1868) va “Shahrizoda” (1888), “Ispancha kaprichchio” (1887) kabi asarlarida programmali simfonik musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning 2 ta “Rus xalq qoʻshiqlari” toʻplami (1877, 1882), “Garmoniyadan amaliy darslik” (1886), “Orkestrlash asoslari” (1913) va boshqa asarlari rus va jahon kompozitorlik ijodiyotiga samarali taʼsir etdi.

Manbalar



Tags:

AfsonaDirijyorlikErtakKompozitorLeningrad viloyatiRivoyat

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Mantiq falsafasiShialikPsixikaOʻzbekiston bosh vaziriAxborot tizimiOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)Birlashgan Arab AmirliklariHujayraGipofizMazhabGazlarRus tiliYogʻHamid OlimjonOrol dengiziKelishikAbdulla OripovAseptikaAdaptatsiyaKonstitutsiyaShum bola (film)Oziq-ovqat sanoatiInfeksion kasalliklarNutqRaʼnodoshlarOrqa miyaLeksikologiyaYer osti suvlariChingiz AytmatovSuvchechakIroda (psixologiya)Tabiatni muhofaza qilishOʻzbekiston milliy kutubxonasiArab xalifaligiKategoriyalarXalqaro birliklar tizimiFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariXorazmshohlar davlatiObligatsiyaYengil atletikaSharq falsafasiParonimlarMahmudxoʻja BehbudiyBuxoro amirligiVirtual dunyoRentabellikIsroilSiydik ajratishQizil suvoʻtlarKompyuter tarmogʻiHayotiy shaklRobototexnikaXalqaro tashkilotXorazm viloyatiInson yuragiVeb-saytXristianlikTransportMisrLazerRaqobatHuquq layoqatiMehnatni tashkil etishKosmonavtikaVatanIspaniyaQon bosimiQoraqalpoqlarStenokardiyaDisaharidlarChoʻyanOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiMikroorganizmlarToshkent zilzilasi (1966)FotosintezOʻsimliklarNatural sonTexnologiyaBuxoro viloyati🡆 More