Mugʻojar togʻi (qozoqcha Moʻgʻaljar) — Qozogʻiston Respublikasining Oq-toʻba viloyatidagi togʻ.
Kaspiyboʻyi pasttekisligi bilan Toʻrgʻay soyligi orasida joylashgan. U shimolida Ural daryosi vodiysidan janubida Turon tekisligidagi Shagʻiray balandligigacha davom etadi. Uzunligi 200 km, eni 30 km gacha. Eng baland joyi 657 m (Katta Baxtiboy togʻi). Togʻ geologik tuzilishi jihatidan Ural togʻlarining davomi hisoblanib, asosan, ohaktosh, koʻmirli slanets, qumtosh, kristalli slanets kabi jinslardan tuzilgan. Gʻarbiy va sharqiy Mugʻojar togʻiga boʻlinadi.
Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, kishi sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —16, —17°, iyulniki 23—25°. Yillik yogʻin 200–250 mm. Yogʻin asosan, bahorda tushadi. Mugʻojar togʻining gʻarbiy yon bagʻridan Emba, Oʻr (Kaspiy dengizi havzasi), sharqiy yon bagʻridan Irgʻiz daryosining oʻng irmoklari boshlanadi. Asosan, dasht va chala choʻl landshafta mavjud boʻlib, janubiy qoratuproq va kashtan tuproqdan iborat. Asosiy oʻsimliklari: chalov, betaga, shuvoq, burgan, daryo vodiylarida terak, tol, qa-yin oʻsadi. Bahorgi-yozgi yaylovlar bor. Xrom rudasi, fosforit, mis, nikel, koʻmir konlari zaminida konchilik sa-noati rivojlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Mugʻojar togʻi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.