Vohid Kozimov

Vohid Oxunovich Kozimov (1927-yil, Toshkent — 2009-yil 15-aprel) — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Vohid Oxunovich Kozimov
Vohid Kozimov
Vohid Kozimov
 Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi-
Mansab davri
1972 – 1985-yillarda
Avvalgisi Х.А. Аsamov
Keyingisi Sh.R. Mirsaidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1927-yil
Qo‘qon
Vafoti 2009-yil 15-aprel
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Ilmiy unvoni Iqtisodiyot fanlari nomzodi
Mukofotlari Vohid Kozimov Vohid Kozimov Vohid Kozimov Vohid Kozimov Vohid Kozimov

Biografiyasi

Kozimov Vohid Oxunovich 1927-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1952-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

V.Kozimov 1949-yilda Toshkent shahridagi temir yoʻl muhandislari institutining Temir yo‘llardan foydalanish fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha — Temir yo‘l muhandisi.

Vohid Oxunovich 1949-1985-yillar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan,

1949-yilda Toshkent temir yo‘llarining Gorchakovo stansiyasi navbatchisi;
1949-1950-yillarda Serovo stansiyasi (IV klass), hozirgi Furqat stansiyasi boshlig‘i;
1950-1951-yillarda Namangan stansiyasi boshlig‘i (III toifa);
1951-1952-yillarda Qo‘qon stansiyasi bosh muhandisi (I toifa);
1952-1953-yillar  Marg‘ilon stansiyasi boshlig‘i (II toifali);
1953-1956-yillarda Toshkent temir yo‘lining siyosiy bo‘limi instruktori -Injener-kapitan vazifasida ishlagan.
1956-1957-yillarda „Toshkent temir yo‘li“ DAK ekspluatatsiya va taqsimlash boshqarmasi boshlig‘ining katta yordamchisi;
1957-1958-yillarda Toshkent shahar yuk stansiyasi boshlig‘i;
1958-1959-yillarda „Toshkent tovar“ stansiyasi boshlig‘i (sinfdan tashqari stansiya);
1959-1962-yillarda Toshkent temir yoʻli siyosiy qismining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
1962-1963-yillarda — Toshkent temir yo‘lining Farg‘ona filiali Qo‘qon shahar boshlig‘i. III darajali Bosh direktori;
1963-1969-yillarda Qo‘qon shahar partiya qo‘mitasining birinchi kotibi;
1969-1972-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Transport va kommunikatsiyalar bo‘limi mudiri;
1972-1985-yillarda Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi raisi;
1985-1987-yillarda O‘zbekiston SSR Qurilish vazirligining „Orgtexstroy“ instituti bosh muhandisi;
1987-2001-yillarda Qurilish iqtisodiyotini tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
2001-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish qo‘mitasi huzuridagi Qurilish kompleksini isloh qilish va qurilishda narxlarni belgilash markazida Ilmiy maslahatchi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Kozimov 2009-yilning 15-aprelida vafot etgan.

Vohid Oxunovich Kozimov shuningdek:

  • 1963-yilda Farg‘ona viloyat Kengashining 10-chaqiriq deputati;
  • 1971-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 8-chaqiriq deputati, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Transport va aloqa masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi;
  • 1973 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod. XVIII partiya qurultoyi.
  • 1975-yilda Oliy Kengash 9-chaqiriq deputati, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi.
  • 1978 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. O‘zbekiston Kompartiyasining IXX qurultoyi.
  • 1980-yil Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati, Oliy Kengash 10-chaqiriq Prezidiumi aʼzosi.
  • 1981-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. (O‘zbekiston Kompartiyasining XX qurultoyi) etib saylangan.

Mukofotlari

  • „Shon-sharaf belgisi“ ordeni;
  • „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni (3).

Unvonlari

  • SSSR faxriy transport quruvchisi
  • Shaxsiy nafaqaxoʻr

Ilmiy darajasi

Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Murakkab hududiy komplekslarni boshqarish“.

Havolalar

Tags:

Vohid Kozimov BiografiyasiVohid Kozimov Vohid Oxunovich Kozimov shuningdek:Vohid Kozimov MukofotlariVohid Kozimov UnvonlariVohid Kozimov Ilmiy darajasiVohid Kozimov HavolalarVohid Kozimov

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Soʻzning leksik maʼnosiJizzax viloyatiYosin surasiKasallik27-martQoʻshilgan qiymat soligʻiNutqMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiQandli diabetYerFotoapparatMahmudxoʻja BehbudiyOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiGimnastikaMateriyaXamsaYarimoʻtkazgichEritrotsitlarAseptikaSut emizuvchilarBankFalsafaBolalar kasalliklariBalogʻatga yetishLirikaPsixologiya tarixiEkologik omillarSuyuqlikUsmonlilar imperiyasiOntogenezOlmoshGigiyenaDemokratiyaSuvni tozalashTemuriylar imperiyasiOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiInnovatsion faoliyatCristiano RonaldoRus tiliOsiyo davlatlari roʻyxatiSinonimlarElektrokardiogrammaAvestoAbdulla OripovAminokislotalarAfrikaAflotunTeriOʻzbekiston mobil telefon kodlariMusiqaKoʻzKitobRevmatizmSogʻliqni saqlashBaliqlarOliy nerv faoliyatiZilzilaQayta qurishIchki sekretsiya bezlariEski oʻzbek yozuviBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiSkeletFosforMoliya tizimiAzonDasturlash tiliAdsorbsiyaBronxial astmaInfeksiyaUrgut tuman 1-sonli kasb-hunar maktabiLorents kuchiShialikHindistonUfq (trilogiya)OrfoepiyaVoleybolDunyoning yetti moʻjizasiAndijon viloyati🡆 More