Mixail Bakunin

Mixail Aleksandrovich Bakunin (1814.18.5, Tver gubernyasi — 1876.19.6, Bern) — inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri.

1848 — 49 yillardagi Yevropa (Parij, Drezden, Praga) inqilobiy harakatlarining ishtirokchisi. 1849-yil mayida Bakuninni Drezden qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri sifatida Saksoniya va Avstriya hukumatlari oʻlimga, soʻng umrbod qamoqqa hukm qildi. Keyinroq B. Rossiya hukumati qoʻliga topshirilgach, Nikolay I buyrugʻi bilan Sibirga surgun etildi. 1861-yilda B. u yerdan qochib, Yaponiya va Amerika orqali Londonga keldi. Turli inqilobiy tashkilotlar, nashrlar, maxfiy jamiyatlar ishida faol qatnashdi. 1868-yilda 1-Internatsionalga kirib, Marks va safdoshlariga qarshi kurash boshladi. B. "Davlat tuzumi va anarxiya" (1873) asarida tarix — evolyutsion jarayon, u insoniyatning "hayvonot dunyosidan" "ozodlik dunyosi" sari harakatidan iborat, degan gʻoyani ilgari surdi. Uning fikricha, taraqqiyotning yuqori bosqichida zulm-istibdodga asoslangan har qanday davlat barham topadi, insonning barcha qobiliyatlari kamolga yetishi uchun imkon yaratiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TransformatorAfrikaAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiSifatSon (tilshunoslik)Soʻz turkumlariBemorni parvarish qilishEfirlarInternet tarixiHamletGalaktikaPaygʻambarBuyuk ozodlik xartiyasiJaloliddin ManguberdiNutqAmmiakGipofizRentabellikJarohatTemir yoʻl transportiRossiyaNuklein kislotalarKubOntologiyaMuhammad YusufShavkat MirziyoyevMiokard infarktiDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiEkosistemaFonetikaIqbol MirzoArab xalifaligiHayzSaylov tizimiBuddizm tarixiOʻzbekiston yoʻl belgilariAllohning 99 nomiZilzilaNATOAdobe PhotoshopFurqatQalqonsimon bezQunut duosiOshqozon-ichak kasalligiIshsizlikMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliXronologiyaKompozitsiyaOila tarbiyasiShaxmatBuxgalteriya balansiTogʻlarPublitsistikaQoʻqon xonligiMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiIchki sekretsiya bezlariAbu Rayhon BeruniyMoliya tizimiAnal jinsiy aloqaKalsiyKelishikOʻzgarmas tokYusuf Xos HojibTopishmoqAxborotFonetik oʻzgarishlarHomiladorlikOlmoshMercedes-BenzMusiqa cholgʻu asboblariFizikaYandexTasviriy sanʼatShaxsModal soʻzlarYevropa davlatlari roʻyxatiYulduzXrom (kimyoviy element)🡆 More