Lvov Viloyati

Lvov viloyati (ukr.

1939-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Volin va Podoliya qirlarida va qisman Ukraina Karpati toglari etaklarida joylashgan. Maydoni 21,8 ming km². Aholisi 2750,6 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Lviv viloyati 20 tumanga boʻlingan; 37 shahar, 38 shaharcha bor. Markazi — Lvov shahri Foydali qazilmalari toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir, neft, gaz, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari, torf, qurilish materiallaridan iborat; mineral buloklar bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi (markaziy qismida) — 4°, iyulniki 18 °C. Yillik yogʻin miqaori 650 mm, togʻlarda 750-1000 mm. Vegetatsiya davri 190- 210 kun. Asosiy daryolari: Dnestr va uning irmoklari. 400 ga yakin sunʼiy suv havzalari bor. Tuproqlari sur tusli, toʻq sur tusli podzollashgan, podzollashgan qoratuproq, togʻlarda podzol, dare vodiylarida oʻtloqi-allyuvial tuproqlar.

Viloyat hududining asosiy qismi oʻrmonli dasht zonasida: janubida Ukraina Karpati togʻlari bor, shimoliy oʻrmon zonasiga kiradi. Viloyat hududining 26% oʻrmon, 30% oʻtloq va botqoushk. Hayvonlardan qobon, yelik, boʻrsiq, bugʻu, tulki, suvsar, tiyin, malla to-vushqon, burgut, qur, karqur yashaydi. Lviv viloyati Ukrainaning muhim sanoat rayoni. Mashinasozlik, metallsozlik, priborsozlik, oziq-ovqat, yengil, qogʻoz, yogʻochsozlik, kimyo, yoqilgʻi, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Lvovda avtobus, avtoyuklagich, konvey-yer-qurilish, „Lvivsilmash“, kineskop, televizor zavodlari, Drogobichda iskana (doloto) zavodi bor. Viloyat hududidan „Drujba“ TransYevropa neft quvuri oʻtgan. Oziq-ovqat sanoatida yetakchi tarmoqlar: shakarqand, meva konserva, konditer, pivo, goʻsht, un, spirt va boshqa Trikotaj, poyabzal, koʻn, tikuvchilik, movut fabrikalari bor. Oʻrmon, yogʻochsozlik sanoati ham rivojlangan. Sement kombinati, shisha zavodlari, temir-beton konstruksiyalari zavodlari va boshqa sanoat korxonalari bor. Viloyat qishloq xoʻjaligi gʻallakorlik, zigʻirchilik, lavlagikorlik, kartoshka yetishtirish va sut-gusht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Don, texnika ekinlari, sabzavot-poliz va kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Pichanzor va yaylovlar mavjud. Bogʻdorchilik va mevachilik rivojlangan. Chorvachilikda sut-goʻsht chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Hovuz baliqchiligi va asalarichilik bilan shugʻullaniladi. Xalq badiiy hunarmandchiligi: yogʻoch oʻymakorligi, badiiy kashtachilik, gilamchilik rivojlangan. Lviv — yirik havo yoʻllari tuguni. 12 oliy oʻquv yurti, 6 teatr, 12 muzey bor. Lviv viloyatida mashhur Truskavets, Lyuben-Velikiy, Morshin, Nemiriv kurortlari, sanatoriy va dam olish uylari joylashgan.

Manbalar




Tags:

LvovUkrain tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ulugʻbek rasadxonasiNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiToʻldiruvchiKitobDispanserMuskullarOybekAsrga tatigulik kunTib qonunlariAfrikaNigeriyaNuqtali vergulXalq ijodiTabiatni muhofaza qilishIvan PavlovTalab va taklifTaʼlimOrol dengiziLipidlarOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiAbdulla QahhorBoburXorazm Maʼmun akademiyasiAdaptatsiyaLeksikaAprobatsiyaInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunSilBozor iqtisodiyotiga oʻtishMuomala madaniyatiBiosferaAbulfayzxon (drama)Erkin VohidovGrammatikaMuhammad FuzuliySuv havzasiBugʻdoyBiznes rejaEritrotsitlarAntropogen omillarErich Maria RemarqueHasharotlarAvtomobil yoʻliInson tanasiOʻzbek lotin alifbosiGlukozaEkologiyaKartoshkaBotir QodirovQushlarUyushiq boʻlaklarArab xalifaligiOʻzbekiston daryolariProtsessorMaʼlumotlar bazasiShaxmatAjiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻliKiberterrorchilikYuridik shaxsKoordinatsion birikmalarBosh miyaUslubInson huquqlariGermaniyaPulEnergiyaBogʻlovchiYorugʻlikQimmatli qogʻozlarEng yaxshi film uchun Oscar mukofotiAxborot xavfsizligiOmmaviy axborot vositalariQadimgi YunonistonZilzilaSpirtlarOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiDeformatsiyaBronxial astmaTranzistor🡆 More