Film Logan

Logan — 2017-yilda 20th Century Fox va Marvel Entertainment film kompaniyalari tomonidan ishlangan superqahramon janrida olingan AQSh filmi, shuningdek, kartina rejissori James Mangold.

Bu film Gʻaroyib odamlar filmlar seriyasi dagi Suvsar turkumining uchinchi, yaʼni soʻnggi qismi hisoblanadi. Sujetga koʻra, Qariya Logan va uning eski doʻsti Professor X, Donald Pierce va Zander Riceʼdan mutant Laurani himoya qilishi kerak boʻladi.

Logan
Logan
Film Logan
Film posteri
Rejissyor(lar) James Mangold
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Hikoya James Mangold
Rollarda
Bastakor(lar) Marco Beltrami
Kinematografiya John Mathieson
Muharrir(lar)
  • Michael McCusker
  • Dirk Westervelt
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 17-fevral, 2017-yil(2017-02-17) (Berlin)
  • 3-mart, 2017-yil(2017-03-03) (Oʻzbekiston[manba kerak])
Davomiyligi 137 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $97-127 million
Daromadi $619 million

Logan filmi premyerasi Berlinda 17-fevral 2019-yilda, Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3-may 2017-yilda boʻlib oʻtdi va kinoteatrlarda IMAX formatida namoyish qilindi. Film mablagʻi $97–127 millionni tashkil qilib, kartina dunyo boʻylab $619 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Mazmuni

2029-yilga kelib hech qanday mutantlar tugʻilmaydi. Loganning oʻz-oʻzini qayta tiklash qobiliyati, oʻn yillar davomida adamantiy bilan qoplangan skeletining zaharlanishi bilan kurashishi natijasida zaiflashdi. Logan El-Pasoda, Texas shtatida limuzin rusumli mashina haydovchisi sifatida ishlamoqda edi. U Caliban hamda ustozi va Gʻaroyib odamlar asoschisi hisoblangan 90 yoshli Charles Xavierga Meksikaning shimolidagi tashlab ketilgan eritish zavodida gʻamxoʻrlik qilmoqda. Xavier oʻzida demansni rivojlantirgan, bu esa xotira susayishiga hamda dori-darmon ichmasa vayron qiluvchi toʻlqin tarqatishiga olib kelgadi; Charlesning taʼkidlashicha, bir yil oldin uning telepatik qobiliyati vayron qiluvchi toʻlqinni tarqatib yuborgan, natijada yettita mutant vafot etgan. Ularning uchtasi boʻlmish Logan, Caliban va oʻzi X-Menning oxirgisi boʻlgan.

Logan istefodagi Alkali-Transigen biotexnologiya korporatsiyasining sobiq hamshirasi Gabriela Lopezni va yosh qiz Laurani, ularning iltimosi va moʻmay pul evaziga Shimoliy Dakotada joylashgan boshpana hisoblanmish Edenga olib borishga rozi boʻladi. Keyinchalik Gabrielaning jasadini topib oladi va Laurani Meksikadagi yashirin boshpanasiga olib keladi. Logan Meksikada yashirinib yurganida, Gabrielaning qotili hamda sobiq Transigen kiborgi xavfsizlik boshligʻi hisoblangan Donald Pierce, Reavers jamoasi bilan birgalikda keladi va Logandan Laurani berishini soʻraydi. Pierce Lauraga oʻxshash mutantlarni izlayotgan edi. Logan Charles va Laurani olib, mashinasida qochib ketadi. Caliban esa Pierce va Reavers’ning qoʻliga tushib qoladi va Pierce tomonidan Laurani kuzatish jarayonida qiynoqqa solinadi.

Gabrielaning mobil telefonidagi videoda Transigen korporatsiyasi Laura va unga oʻxshash boshqa bolalarni mutant DNK’dan qurolga aylantirganligi koʻrsatilgan; Laura Loganning DNK’sidan yaratilgan. Ularni nazorat qilish qiyin boʻlganida yoki Transigen boshqa alternativa topganda, bolalar oʻldirilishi kerak edi, ammo Gabriela va boshqa hamshiralar bolalarning ayrimlariga qochishiga yordam berishadi. Logan Charles va Laurani Oklahoma shahridagi bir mehmonxonaga olib keladi. U yerda Logan Lauraning X-Men komiksida Eden borligini bilib, unga bu fantastika ekanligini aytadi. Reavers jamoasi ularni topishadi. Ammo, Charles tomonidan tarqatilgan vayron qiluvchi toʻlqin Reavers’ning harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydi. Logan esa bu vaqtda Reavers aʼzolarini oʻldirib, Charles va Laurani mehmonxonadan olib ketadi. Mehmonxonadagi kishilar Charles tomonidan tarqatilgan toʻlqin tufayli falaj boʻlib qolishadi. Bu paytda esa Zander Rice Piercega yordam berish uchun keladi.

Logan, Laura va Xavier, yoʻl-transport hodisasidan keyin fermer Will Munson va uning oilasiga yordam berishadi va ushbu oila Loganning yordami evaziga ularni kechki ovqatga taklif qiladi. Munsonlarning uyida Logan Willga tahdid qilayotgan bezorilarni haydab yuboradi. Logan bezorilar bilan ovora boʻlgan bir paytda, Riceʼning dasturi asosida tuzilgan Loganning kloni hisoblanmish James Howlett / X-24, Charles va Will’ning oilasini oʻldiradi va Laurani olib ketadi. X-24 Laurani olib ketayotgan bir chogʻda, Logan keladi va Charlesni oʻlim holatida turganini koʻradi. U Charlesni mashinasiga ortayotgan paytda, Charles jon taslim qiladi. Gʻazablangan Logan kloni bilan jang qiladi. Jangdan soʻng ogʻir yaralangan Logan, jon taslim qilayotgan Will, X-24’ni yuk mashinasi bilan urib yuborganida, Laura va Charlesning jasadini olib, qochishga ulguradi. Bu paytda Caliban esa granata yordamida Pierceni bir oz yaralab, bir nechta Reaversni va oʻzini oʻldiradi. Xavierni dafn qilgandan soʻng, Logan Charlesning oʻlimida Laurani ayblaydi va jahl bilan mashinasini yurgizishga harakat qilayotgan vaqtda hushini yoʻqotadi. Laura uni shifokorga olib boradi. Logan hushiga kelganidan soʻng, Laurani Shimoliy Dakotadagi joy Eden emasligini isbotlash maqsadida u yerga olib boradi. U yerda ular Riktor va boshqa Transigen bolalarini Kanadaga oʻtishga tayyorgarlik koʻrayotganini bilishadi. Laura esa oʻz joniga suiqasd qilishni rejalashtirgan Logandan adamantium oʻqini topadi va oʻzida qoldiradi. Logan Lauraning xafa ekanligiga qaramay, uning ishi nihoyasiga yetdi deb qaror qiladi va ularga qoʻshilmaslikni afzal koʻradi. Shu kuni ertalab yosh mutantlar chegara tomon yoʻl olishadi.

Reavers bolalarning boshpanasini topib oladi va ularni taqib qiladi. Buni payqagan Logan esa Riktordan haddan tashqari yuqori boʻlgan dozani oladi, bu uning qayta tiklash qobiliyatini vaqtincha yaxshilaydi va kuchini oshiradi. Lauraning yordami bilan u Reaversning koʻp qismini oʻldiradi. Pierce Riktor va boshqa bolalarni pistirmada ushlab turar ekan, Rice Loganga, Transigen tomonidan yaratilgan va dunyoning oziq-ovqat taʼminoti orqali tarqatilgan virus tufayli yangi mutantlar tugʻilmaganligini uqtiradi. Bu vaqt Logan toʻpponchani topib, Ricega oʻq uzadi va Pierceni jarohatlaydi. Ricening oʻlimidan gʻazablangan X-24 Logan bilan kurashadi. Bolalar esa Pierce va qolgan Reaversni oʻldirish uchun kuchlarini birlashtiradilar. Riktor oʻz kuchidan foydalanib yuk mashinasini X-24 ustiga agʻdarib yuboradi, lekin X-24 oʻzini bundan xalos etadi va Loganni katta daraxt shoxiga suqib qoʻyadi. Laura Loganning toʻpponchasi va adamantium oʻqidan X-24’ni boshiga oʻq uzishdan foydalanadi.

Jon taslim qilayotgan chogʻda, Logan Lauraga u yasalgan vaxshiy qurolga aylanmaslik kerakligini aytadi va Laura koʻz yosh bilan uni otasi deb tan olgandan soʻng, Logan uning quchogʻida tinch holatda vafot etadi. Laura va bolalar Loganni dafn qilishadi va Laura Kanada chegarasiga joʻnashdan avval, Loganni X-Men aʼzosi sifatida sharaflaydi va uning qabridagi tayoqchalardan X belgisini yasab ketadi.

Rollarda

Film Logan 
Jackman 17 yil davomida Logan / Wolverine rolini oʻynagani uchun „eng koʻp karerali Marvel Comics qahramoni“ ni oʻynagan aktyor boʻldi va Guinness rekordlar kitobiga kiritildi.
    • Jackman roli X-24

Manbalar

Havolalar

Tags:

Film Logan MazmuniFilm Logan RollardaFilm Logan ManbalarFilm Logan HavolalarFilm Logan20th Century FoxFilmGʻaroyib odamlar (filmlar seriyasi)James MangoldMarvel EntertainmentQariya LoganSuperqahramon filmSuvsar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Shavkat MirziyoyevUslubPedagogikaSakrashNuqtali vergulMeʼdaKasrPsixikaFrilanserBuxoro xonligiAseptikaGap boʻlaklariChoʻyanTarbiyaLugʻatReal Madrid CFMotiv (psixologiyada)Abdulla OripovAntonimlarTransformatorJaloliddin ManguberdiOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiQunut duosiIqtisodiy oʻsishBirlashgan Millatlar TashkilotiPolimerlarAlkogolizmNazarmat EgamnazarovSaida ZunnunovaOʻrta OsiyoMarkaziy nerv sistemasiOliy nerv faoliyatiTrombotsitlarYevropa davlatlari roʻyxatiMisQulupnayAbu Rayhon BeruniySohibqiron (sheʼriy drama)InternetYozuvTogʻlarKonstitutsiyaFargʻona viloyatiAnatomiyaDramaIntegratsiyaQon ketishiOʻzgaruvchan tokShaxsiy gigiyenaAsosiy vositalarDunyoning yetti moʻjizasiOʻzbekistondagi muzeylarSon (tilshunoslik)BrendKlinik qon tahliliSanʼatFarhod va ShirinAntiseptikaFan-texnika taraqqiyotiRobotDavlatSport gimnastikasiNobel mukofotiBuxoro arkiDoriMadaniyatLeykotsitlarMehrobdan chayonXalqaro tashkilotTojikistonBozor iqtisodiyotiga oʻtishMediasavodxonlikSuverenitetAbulfayzxonQisqartma soʻzlarInson yuragiToponimikaKoreya Respublikasi🡆 More