Jared Leto

Jared Joseph Leto (talaffuzi: Jared Jozef Leto; 1971-yil 26-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va 30 Seconds to Mars musiqiy guruhining vokalchisi.

Oscar va Oltin globus mukofotlari sovrindori.

Jared Leto
Jared Leto
Leto (2016)
Tavalludi
Jared Joseph Leto

26-dekabr 1971-yil (1971-12-26) (52 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi aktyor, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 1992 — bugun
Yoʻnalish drama, triller
Veb-sayt jaredleto.com
Jared Leto
Leto (chapda) va uning ukasi Shannon (2009)
Jared Leto
Leto My So-Called Life (1995) press-konferensiyasida.
Jared Leto
Leto (2006)
Jared Leto
Leto Mr. Nobody filmi premyerasida.

Yoshligi

Jared Leto 1971-yil 26-dekabrda Luiziana shtatining Bossier City shahrida tugʻilgan. Sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi unda onasi Constance Leto (qizlik familiyasi Metrejon) tufayli paydo boʻlgan. Onasi Leto va uning ukasi Shannonni har tomonlama qoʻllar edi. Leto faol va oʻziga ishongan bola boʻlib oʻsadi. 12 yoshida u Virjiniyadagi kichik ovqatlanadigan joyda idish yuvuvchi boʻlib ishga kiradi, 16 yoshida esa shveysarlik qilar edi. Hayotining ilk yillarida Leto oilasi bilan koʻp sayohat qilardi, u Gaiti va Koloradodagi kommunada yashashga ulgurgan. „Onamning otasi havo harbiy kuchlari tarkibiga kirar edi“, — aytadi Leto, — „shuning uchun koʻchmanchilik hayoti odatiy hol edi“. Maktabni tugatish paytiga kelib, Leto oʻz hujjatlarini Filadelfiyadagi sanʼat universitetiga topshiradi va u yerga qabul qilinadi. U tasviriy sanʼat yoʻnalishini tanlaydi. Vaqt oʻtib, Leto hujjatlarini olib ketib, Nyu-Yorkdagi tasviriy sanʼat universitetiga oʻtadi. Talabalik paytida Leto oʻzi ssenariy yozadi va oʻzining filmi Crying Joyda bosh rollardan birini ijro etadi.

Karyerasi

Karyerasining boshlanishi

Leto aktyor boʻlish uchun 1992-yili Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi. Leto aktyorlik karyerasida ancha-muncha tajriba orttirgan edi, ammo haqiqatdan esda qolarli va yorqin rol boʻlib, uning uzoq davom etmaydigan My So-Called Life („Mening aytarli hayotim“) serialida Jordan Catalanoning roli boʻladi (bu serialda u Claire Danes bilan oʻynaydi). Claire Danesning xohishlar va sevgi hijroni obyektini oʻynab, Jared Leto oshayotgan ommaviyligi bilan huzurlanadi. 1996 va 1997-yillari Leto People jurnalining „Dunyoning eng chiroyli 50 kishisi“ roʻyxatiga kirar edi. Serial tugaganida, u filmlarda suratga tushishni boshladi.

Mashhurlik

1994-yili Alicia Silverstone bilan birgalikda mustaqil film — Cool and the Crazyda suratga tushganidan soʻng, uning katta ekrandagi birinchi roli How to Make an American Quilt (1995) boʻladi. U yerda Jared Winona Ryder bilan birga oʻynaydi. Soʻng u The Last of the High Kings (1996) filmida Christina Ricci bilan birgalikda bosh rollardan birini ijro etadi.

Jared Leto — bugun

Jared katta ekranga 1999-yili Fight Club va Girl, Interrupted filmlaridagi ishlari bilan qaytdi. 2000-yil Jared uchun psixologik trillerlar yili boʻldi — American Psycho va Requiem for a Dream. Birinchi filmda Jared ikkinchi darajali rolga tasdiqlangan boʻlsa, „Rekviem…“da unga bosh rolni berishadi. Geroinga oʻrganib qolgan bruklinlik yigitchani oʻynab, Leto afsonaviy Ellen Burstyn va Oscar mukofotining boʻlajak sohibi Jennifer Connelly bilan bir aktyorlik tarkibida boʻladi. Navbatdagi filmlar — Bugi stilidagi tun, Botish chizigʻi va Tarantinoning Shossesi videoprokatning tahlamlariga tez boradi. Jared David Fincherning eng mashhur ikki filmida: shov-shuvli Fight Club va Panic Room (2002) juda qoʻl keladi. Ikkinchi filmda u Jodie Fosterni terrorlagan uch bosqinchidan eng koʻp gapiradigan va besoʻnaqayini oʻynaydi. Uning oxirgi proyektlariga Oliver Stonening epopeyasi Alexander, xalqaro triller Lord of War va John Lennonning qotili — Mark Chepmen haqidagi Chapter 27 filmi kirdi.

Jared Leto, shuningdek, oʻzi va ukasi Shannon 1998-yili asos solgan 30 Seconds to Mars alternativ rok-guruhining vokalchisidir. Hozirgi vaqtda guruhda 4 ishtirokchi: Jared — musiqa va qoʻshiqlar muallifi va gitara, Shannon — barabanchi, Matt Wachter — bas-gitara va Tomo Miličević — gitara. Ularning birinchi albomi 2002-yili yozilgan va guruh nomi bilan atalgan. Ikkinchi albom — A Beautiful Lie 2005-yili chiqqan.

Filmografiyasi

Nom Yil Aktyor Rejissyor Prodyuser Rol Izohlar Mnb.
How to Make an American Quilt 1995 Ha Beck
The Last of the High Kings 1996 Ha Griffin, FrankieFrankie Griffin
Prefontaine 1997 Ha Steve Prefontaine
Switchback 1997 Ha Dixon, LaneLane Dixon
Basil 1998 Ha Basil
Urban Legend 1998 Ha Gardener, PaulPaul Gardener
The Thin Red Line 1998 Ha Whyte, WilliamWilliam Whyte
Black and White 1999 Ha Casey
Fight Club 1999 Ha Angel Face
Girl, Interrupted 1999 Ha Jacobs, TobiasTobias Jacobs
American Psycho 2000 Ha Allen, PaulPaul Allen
Requiem for a Dream 2000 Ha Goldfarb, HarryHarry Goldfarb
Sunset Strip 2000 Ha Walker, GlenGlen Walker
Sol Goode 2001 Ha Prodyuser Rock Star Wannabe
Highway 2002 Ha Hayes, JackJack Hayes
Panic Room 2002 Ha Junior
Phone Booth 2002 Ha Bobby Bu sahna olib tashlangan
Alexander 2004 Ha Hephaestion
Hubert Selby Jr: It/ll Be Better Tomorrow 2005 Ha Oʻzi
Lord of War 2005 Ha Orlov, VitalyVitaly Orlov
Lonely Hearts 2006 Ha Fernandez, RaymondRaymond Fernandez
Chapter 27 2007 Ha Ijrochi prodyuser Chapman, Mark DavidMark David Chapman
Mr. Nobody 2009 Ha Nobody, NemoNemo Nobody
TT3D: Closer to the Edge 2011 Ha Sharhlovchi Ovoz bergan
Artifact 2012 Ha Ha Ha Oʻzi
Dallas Buyers Club 2013 Ha Rayon
Jeremy Scott: The People's Designer 2015 Ha Oʻzi
Holy Hell 2016 Ijrochi prodyuser
Suicide Squad 2016 Ha Joker
2036: Nexus Dawn 2017 Ha Wallace, NianderNiander Wallace Qisqa metrajli film
Blade Runner 2049 2017 Ha
The Outsider 2018 Ha Ijrochi prodyuser Lowell, NickNick Lowell
A Day in the Life of America 2019 Ha Ha
The Little Things 2021 Ha Sparma, AlbertAlbert Sparma
Zack Snyder's Justice League 2021 Ha Joker
House of Gucci 2021 Ha Gucci, PaoloPaolo Gucci
Morbius 2022 Ha Morbius, MichaelMichael Morbius
Haunted Mansion 2023 Ha Ghost, HatboxHatbox Ghost Ovoz bergan

Manbalar

Havolalar

Tags:

Jared Leto YoshligiJared Leto KaryerasiJared Leto FilmografiyasiJared Leto ManbalarJared Leto HavolalarJared Leto1971-yil26-dekabr30 Seconds to MarsAQShAktyorOltin globusOscar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbek lotin alifbosiModal soʻzlarOyoqQon bosimiQoraqalpoqlarBronxitOshqozon-ichak kasalligiMusiqa cholgʻu asboblariXalqaro tashkilotDasturiy taʼminotOʻzbeklarBirinchi yordamMaʼlumotlar bazasiTarixImmunitetAfgʻonistonReabilitatsiyaAQSHda taʼlimLudwig van BeethovenQonNavoiy viloyatiLolaSakrashXorazmMatnVeb-sahifaDaun sindromiXalqaro terrorizmHindistonMustaqil davlatlar hamdoʻstligiSaljuqiylar imperiyasiUygʻonish davriIspaniyaJamiyat falsafasiSintaksisXiva xonligiOscarInternet tarixiMagnit maydonToʻlepbergen QayipbergenovLeksikografiyaBuyrakAFC U-23 Osiyo kubogi 2024ShokMusiqaOntologiyaMuhammadQobusnomaIslom tarixiJizzax viloyatiOʻzbek tiliSuvda va quruqlikda yashovchilarPsixologiya tarixiParasimpatik nerv sistemasiFutbolHomiladorlikPeshob ajralishining buzilishiQarilikKino sanʼatiXamsaSomoniylar davlatiUndalmaElektrokardiogrammaEtikaYurak-tomir sistemasi kasalliklariOrttirilgan immun tanqisligi sindromiInson va fuqaroning huquq va erkinliklariUsmoniylar davlatiTerrorizmSuv resurslariFIFA futzal Jahon chempionati 2024Oʻlchash asboblariYerRavishSamarqand viloyatiVijdon erkinligiTaʼlim26-aprelMicrosoft Excel🡆 More