Isroil–Hamas Urushi: Yaqin Sharqda sodir boʻlgan harbiy toʻqnashuv

Isroil–Hamas urushi – 2023-yilning 7-oktyabrida Hamas boshchiligidagi falastin kutilmaganda Isroilga muvofiqlashtirilgan hujum uyushtirganidan keyin boshlangan harbiy toʻqnashuvsodir boʻldi.

Hujum ertalab Hamas boshqaruvidagi Gʻazo sektoridan Isroilga kamida 5 000 ta raketa otilishi bilan boshlandi. Parallel ravishda taqriban 2 500 nafar falastinlik jangarilar Gʻazo–Isroil toʻsigʻidan oʻtib, qoʻshni Isroil hududlarida tinch aholi vakillarini asirga oldi. Natijada kamida 1 400 nafar isroillik nobud boʻldi, jumladan, "Reʼim" musiqa festivalining 260 nafar ishtirokchisi. Qurollanmagan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar hamda qoʻlga olingan Isroil askarlari Gʻazo sektoriga olib ketildi. Isroil bunga javoban havo zarbalarini bera boshladi va oradan bir kun oʻtib Hamasga rasman urush eʼlon qildi. Hamas hujumlarini sukkot yahudiy bayrami yakunida, 1973-yilda Yom Kippur urushi boshlanganiga roppa-rosa 50 yil toʻlgan kunda boshladi.

Isroil–Hamas urushi
Isroil–Falastin mojarosi
Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya
     Gʻazo sektori      Isroil ichida evakuatsiya qilingan hududlar
  Hamas hujumining maksimum qamrovi
  Gʻazoning Isroil tomonidan evakuatsiya qilish buyurilgan hududlari
Sanalar 7-oktyabr 2023-yil – bugun
Urush yeri
Holati Davom etmoqda
Raqiblar
Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya Isroil

Hamasning hujumi

2023-yilning 7-oktyabr kuni tongda Falastinning Hamas guruhi jangchilari Gʻazo sektoridan Isroil tomonga kutilmagan hujumini uyushtirdi. 20 daqiqa ichida Isroilga Gʻazodan 5 000 dan ortiq raketalar otildi. Isroil ommaviy axborot vositalari Gʻazodan kamida 2200 ta snaryad otilganini xabar qilishdi. Hamas harakati harbiy qanoti qoʻmondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi va buning nomini Al-Aqso toʻfoni (arabcha: عملية طوفان الأقصى) deya nomladi. Gʻazo sektoriga tutash hududlar va Sharon tekisligidagi shaharlarda, shuningdek Gedera, Gerzliyo, Tel-Aviv va Ashklon shaharlarda portlashlar qayd etildi.

Isroilning javobi

Yahudiylarning Sukkot (ivritcha: סוכות) bayramiga toʻgʻri kelgan hujum isroilliklar uchun kutilmagan holat boʻldi

„Temir gumbaz“ havo hujumidan mudofaa qilish tizimi ishga tushirildi. Bosh vazir Benjamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) shtabida xavfsizlikni taʼminladi. Keyinchalik Gallant armiyaning oʻn minglab zahiradagi askarlarini safarbar qilishni maʼqulladi va Gʻazo chegarasidan 80 kilometr (50 mil) radiusda favqulodda holat eʼlon qildi.

Xalqaro reaksiya

Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya 

  Isroil va Falastin
  Isroilni qoʻllaganlar
  Isroil tomonini mojaroni qoʻzgʻatganlikda ayblaganlar
  Mojaroni toʻxtatishga chaqirganlar
  Vaziyat beqarorligi haqida ogohlantirganlar
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Afgʻoniston: Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston Islom Amirligi „Gʻazo sektoridagi soʻnggi voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini“ va "Isroildagi sionistlar tomonidan mazlum Falastinliklarning huquqlarini poymol qilishlari, musulmonlarning ibodatxonalarini bir necha marotaba xoʻrlashlari va hurmatsizlik qilishlari natijasida bunday hodisalar sodir boʻlayotganini taʼkidladi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Albaniya: Bosh vazir Edi Rama isroilliklar oʻz uylariga ega boʻlish va u yerga qaytish uchun ming yillar davomida kurashganini taʼkidladi. Tashqi ishlar vaziri Igli Hassani hujumni keskin qoralab, qurbonlar, ularning oilalari va butun Isroil bilan birgaligini bildirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Jazoir: Tashqi ishlar vazirligi, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishini keskin qoralab, xalqaro tashkilotlarni mojaroga aralashishga chaqirdi va „Isroil mustamlakachiligi“ga qarshi kurashayotgan falastinliklarga hamdardlik bildirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Argentina: Tashqi ishlar va madaniyat vazirligi „HAMASning Isroil hududiga qarshi amalga oshirgan terrorchilik harakatlaridan afsusda“ ekanini maʼlum qilib, Isroil xalqi bilan birgaligini va qurbonlarga hamdardlik bildirgan.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Armaniston: Tashqi ishlar vazirligi falastinliklar va isroilliklar oʻrtasidagi zoʻravonlik va tinch aholiga qilingan hujumlardan xavotir bildirdi. Qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va xalqaro hamjamiyatni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Avstraliya: Tashqi ishlar vaziri Penny Wong „Avstraliya HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumlarini, jumladan shaharlar va tinch aholiga raketalar bilan hujum qilishlarini soʻzsiz qoralaydi“ dedi'. Bosh vazir Anthony Albanese ham hujumlarni keskin qoraladi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Ozarbayjon: Ozarbayjon-Isroil parlamentlararo aloqalarning ishchi guruhi Isroilga qilingan hujumni qoralab, hamdardlik bildirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Belgiya: Tashqi ishlar vaziri Hadja Lahbib TV X telekanalida mamlakat „Isroil fuqarolariga qarshi ommaviy raketa otilishini keskin qoralaydi“ va ular barcha jabrlanganlar bilan" ekanini aytdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Braziliya: Tashqi ishlar vazirligi Braziliyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida ushbu organni shoshilinch yigʻilish oʻtkazishini bildirib, Gʻazo sektoridan Isroilga uyushtirilgan „quruqlikdagi hujumlarni“ qoralab, Isroil xalqiga hamdardlik bildirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Bosniya va Gertsogovina: Vazirlar Kengashi raisi Borjana Krišto hujumlarni „adolatsiz va shafqatsiz“ deb qoralab, Isroilni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Kanada: Bosh vazir Jastin Tryudo "Kanada Isroilga qarshi amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralashini va zoʻravonlikni „mutlaqo qabul qilib boʻlmas“ deb atadi. U mamlakatini Isroil bilan birgaligini va uning „oʻzini himoya qilish huquqi“ni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Qozogʻiston: Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun siyosiy vositalarni izlashga va nafaqat ikki davlat oʻrtasida, balki butun Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga qoʻl urmaslikka chaqirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Qirgʻiziston: Vaziyatning jiddiyligidan chuqur xavotir bildirib, mojaroning barcha tomonlarini tinchlikka erishish, tinch aholi xavfsizligini taʼminlash va Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va imkon qadar tezroq siyosiy va diplomatik muloqotni boshlashga chaqirdi.
  • Isroil–Hamas Urushi: Hamasning hujumi, Isroilning javobi, Xalqaro reaksiya  Oʻzbekiston: Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirib, kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi.

Manbalar

Tags:

Isroil–Hamas Urushi Hamasning hujumiIsroil–Hamas Urushi Isroilning javobiIsroil–Hamas Urushi Xalqaro reaksiyaIsroil–Hamas Urushi ManbalarIsroil–Hamas UrushiGʻazo sektoriHamasIsroilSukkot

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Qalqonsimon bezQadriyatQuturishAtomSanoatMicrosoft WordQon ketishiHarbiy unvonlarGoʻdakVoleybolGepatit B viruslariOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiYengil atletikaQoʻqon xonligiAnal jinsiy aloqaSanʼatKonstantin UshinskiyPaygʻambarFuqarolik jamiyatiYalpi milliy mahsulotOʻzbekistonOrol dengiziOʻzMEKimyoviy elementlar davriy sistemasiSilArab xalifaligiYurak-tomir sistemasi kasalliklariXivaYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiSiyob Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiXaritaFIFA Jahon chempionati 2014IdrokEritrotsitlarAnemiyaManipulyatsiyaVaqt oʻlchov birliklariTamagirlikNutqOʻlchov birligiZilzilaInflatsiyaAlgoritmOvqat hazm qilish tizimiElektron hukumatMediasavodxonlikMahtumquliOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiMetodImmunitetSirt taranglikGrammatikaIlonlarAlkogolizmHilola UmarovaQoʻlyozmaQarilikJahongir OrtiqxoʻjayevSaljuqiylar imperiyasiSonlar roʻyxatiBakteriyalarIshlab chiqarishBritaniya imperiyasiKasb kasalliklariOʻtkan kunlarOʻzbekistonlik kino aktyorlar va aktrisalarTizimInson skeletiOshqozon-ichak kasalligiZaharlanishSportSonetToʻlqinlarTemur tuzuklariIrsiyatVaboPokistonEronMenejment🡆 More