Iqtisodiy Sanksiya

Iqtisodiy sanksiya — bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan boshqa bir mamlakatga (yoki mamlakatlar guruhiga) qarshi qoʻllanilgan jazo.

Iqtisodiy sanksiyalar asosan biror bir eʼtirozli siyosatga qoʻl oʻrgan mamlakatga qarshi qoʻllaniladi. Bu siyosat ichki yoki tashqi boʻlishi mumkin. Sanksiyalar har doim ham salbiy boʻlmaydi, ularning ijobiy turlari ham mavjud.

Tarixi

Iqtisodiy sanksiyalar xalqaro diplomatiyada qadim zamondan beri qoʻllanilib keladi. Oʻtmishda sanksiyalar odatda harbiy yurishlar bilan birgalikda ishlatilgan. Keyingi paytda boʻlsa sanksiyalar harbiy harkatlarsiz turli xil tashqi siyosiy maqsadlarga erishish uchun qoʻllanilib kelyapti.

Taʼrifi

Iqtisodiy sanksiyalarning turli xil taʼrifi mavjud. Sanksiyalar boʻyicha yetuk mutaxassis hisoblangan Hufbauer, Schott va Elliott sanksiyalarni „odatiy savdo yoki moliya aloqlarining davlat tomonidan atayin bekor qilinishi yoki shunday aloqalarning bekor qilinishi haqida tahdid qilishi“ deb taʼriflaydi. „Odatiy“ soʻzi bilan sanksiya yoʻqligida amalga oshadigan aloqalar nazarda tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, Hufbauer, Schott va Elliott sanksiyalarni mamlakatlar orasidagi normal savdo va moliya aloqaliriga qoʻyilgan cheklanishlar deb hisoblashadi.

Baldwin iqtisodiy sanksiyalarga kengroq taʼrif beradi. Unga koʻra, iqtisodiy sanksiyalar diplomatiya va propaganda kabi iqtisodiy boʻlmagan instrumentlar bilan bir qatorda mamlakatni boshqaruvining bir qismidir. Keyingi paytlarda sanksiyalarning ekonometrik taʼriflari ham taklif qilinyapti. Masalan, Marinov sanksiyalarni „bir mamlakatdagi y muomala liniyasini oʻzgartirish uchun odatiy iqtisodiy almashuvga qoʻyilgan chek“ deb taʼriflaydi.

Yuqoridagi barcha taʼriflarda iqtisodiy sanksiyalarning asosiy maqsadi koʻrsatilgan. Bu „moʻljal“ mamlakatning siyosastini oʻzgartirish uchun oʻsha mamlakatga ziyon yetkazishdir. Iqtisodiy sanksiyalar eng koʻp biror bir e'tirozli siyosatga qoʻl oʻrgan mamlakatga qarshi qoʻllaniladi. Bu siyosat ichki yoki tashqi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, sanksiyalarni bir mamlakat alohida yoki bir necha mamlakat guruhi bilan birgalikda ishlatishi mumkin. Sanksiyalar har doim ham salbiy boʻlmaydi. Aksincha, ijobiy sanksiyalar ham mavjud. Bunday sanksiyalarga moʻljal mamlakatga iqtisodiy yordam berish, mavjud sanksiyalarni bekor qilish va moʻljal mamlakat bilan imtoyozli aloqada boʻlish misol boʻla oladi.

Effektivligi

Sanksiyalar zamonaviy halqaro aloqalarda koʻp qoʻllanilsa ham, tashqi siyosatda ularning effektivligi haqida iqtosodchilar orasida turli xil fikrlar mavjud. Aksar iqtisodchilar sanksiyalarni tashqi siyosatning effektiv boʻlmagan asbobi deb hisoblaydi. Boshqalar boʻlsa baʼzi bir siyosiy maqsadlarga erishish uchun sanksiyalardan samarali foydalanish mumkin deb hisoblaydi. Bu kelishmovchiliklarga qaramasdan xalqaro aloqalarni boshqarishda qoʻllash mumkin boʻlgan siyosatlar ozligi sabab sanksiyalar bugungi kunda tashqi siyosat asbobi sifatida keng qoʻllaniladi.

Manbalar

Tags:

Iqtisodiy Sanksiya TarixiIqtisodiy Sanksiya TaʼrifiIqtisodiy Sanksiya EffektivligiIqtisodiy Sanksiya ManbalarIqtisodiy Sanksiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Lotin amerikasiQon bosimini tushiruvchi moddalarIqtisodiyot (fan)Maydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiEtimologiyaMetodologiyaLitosferaIntellektKasallikXitoySaudiya ArabistoniInson skeletiMasʼuliyati cheklangan jamiyatOliy nerv faoliyatiIndividuallikTexnologiyaBudjetOʻzbekistonlik kino aktyorlar va aktrisalarSiydik chiqarish kanaliIchki sekretsiya bezlariAbu Ali ibn SinoXalqaro tashkilotOdamMarokashShveysariyaBogʻlovchiEritrotsitlarMorfologiyaXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiMedia madaniyatiAmudaryoKompetensiyaAntiseptikaQunut duosiAfrikaSuyakOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOsiyo davlatlari roʻyxatiBTSAminokislotalarErtakYouTubeYalpi talabVirusli gepatitKlinik qon tahliliDramaHadisMaqolaNogironlikHujayraOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiFransiyada ta'limMoʻgʻullar davlatiBoʻlinish alomatlariYurak-qon tomir kasalliklariOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiMuhammad Sodiq Muhammad YusufYuklamaVodorod69 (jinsiy poza)TurkiyaAnilingusOʻlatMuhammad YusufOʻzbek tiliSkeletJinsiy aʼzolarJarohatRadioaktiv parchalanishSubstansiyaZaharlanishMagnit maydonHomilaTemirYaponiyada taʼlimPsixologiya tarixiMotiv (psixologiyada)🡆 More