Herbert George Wells (talaffuzi: Herbert Jorj Uells; 21-sentabr 1866-yil — 13-avgust 1946-yil) — ingliz yozuvchisi.
London universitetini tugatgan (1888). 1942-yildan biologiya doktori. 1893-yilda biologiya va fiziografiya boʻyicha dareliklar yozgan. U. 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. "Vaqt mashinasi" (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Wells uchun Jonathan Swift, Voltaire, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba boʻlib xizmat qilgan. "Dunyolar muhorabasi" (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda oʻz ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. "Ozod etilgan dunyo" (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. "Zamonaviy utopiya" (1905) romanrisolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini maʼqullagan; ammo Wells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori boʻlgan. "Vilyam Klissold dunyosi" (1926), "Oshkora fitna" (1928) romantraktatlarida U. oʻz nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qoʻygan. Birinchi jahon urushi yillari (1914—18) da "Ozod dunyo" (1914) kitobini yozgan. 1916-yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan boʻlsada ("Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi"), rasman oʻz mavqeini oʻzgartirmagan.
Herbert Wells | |
---|---|
Tavalludi | 21-sentyabr 1866 |
Vafoti | 13-avgust 1946 |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Wells 3-marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada boʻlgan va oʻz taassurotlarini "Mudroq Rossiya" (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi gʻoyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. "Koʻrinmas odam" romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1967).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Herbert Wells, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.