Hayley Elizabeth Atwell (talaffuzi: Heyli Elizabet Etvill; 1982-yil 5-aprelda tugʻilgan) AQSh va Buyuk Britaniya fuqaroligidagi ingliz aktrisasidir.
Londonda tugʻilib oʻsgan Atwell Guildhall nomidagi musiqa va drama maktabida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan va 2005-yilda Prometheus Bound pyesasida ilk marotaba sahnaga chiqqan. Keyinchalik u West End teatrining sahnalarida koʻp koʻrinish berdi hamda The Duchess (2008) filmidagi Lady Elizabeth Foster roli ortidan shuhrat qozondi, hatto buning uchun BIFAning „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasiga loyiq topilgan. Shuningdek, Atwell The Pillars of the Earth (2010) filmida bosh qahramonni gavdalantirgani uchun Oltin globusning „Eng yaxshi aktrisa — miniseriallar va teleseriallar“ nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.
Hayley Atwell | |
---|---|
Atwell 2017-yil Londonda | |
Tavalludi | Hayley Elizabeth Atwell 5-aprel 1982-yil London, Angliya |
Fuqaroligi | |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2005—hozirgacha |
Atwell koʻplab Marvel kinematografiya koinoti (MKK) filmlarida, jumladan Birinchi qasoskor (2011), Birinchi qasoskor: Qish askari (2014), Qasoskorlar: Ultron davri (2015), Chumoli-odam (2015) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabi filmlarda hamda Agent Carter (2015—2016) nomli jangari-sarguzasht janridagi serialda Peggy Carter personajini jonlantirgan. U Marvel filmlaridagi roli ortidan xalqaro darajada mashhurlikka erishdi.
Yil | Nomi | Roli | Izohlar |
---|---|---|---|
2007 | Cassandra's Dream | Angela Stark | |
How About You | Ellie Harris | ||
2008 | Brideshead Revisited | Julia Flyte | |
The Duchess | Elizabeth „Bess“ Foster | ||
2011 | Birinchi qasoskor | Peggy Carter | |
2012 | I, Anna | Emmy | |
The Sweeney | DC Nancy Lewis | ||
2013 | Jimi: All Is by My Side | Kathy Etchingham | |
2014 | Birinchi qasoskor: Qish askari | Peggy Carter | |
Testament of Youth | Hope Milroy | ||
2015 | Cinderella | Cinderellaning onasi | |
Qasoskorlar: Ultron erasi | Peggy Carter | ||
Chumoli-odam | |||
2018 | Christopher Robin | Evelyn Robin | |
2019 | Blinded by the Light | Clay xonim | |
Qasoskorlar: Intiho | Peggy Carter | ||
2021 | Uddalab boʻlmas topshiriq 7 | TBA | Ishlab chiqarish bosqichida |
Yil | Nomi | Roli | Izohlar |
---|---|---|---|
2005 | Whatever Love Means | Sabrina Guinness | Telefilm |
2006 | Fear of Fanny | Jane | |
The Ruby in the Smoke | Rosa Garland | ||
The Line of Beauty | Catherine "Cat" Fedden | 3 ta qism | |
2007 | Mansfield Park | Mary Crawford | Telefilm |
The Shadow in the North | Rosa Garland | ||
2009 | The Prisoner | Lucy / 4-15 | 5 ta qism |
2010 | The Pillars of the Earth | Aliena | 8 ta qism |
Any Human Heart | Freya Deverell | 4 ta qism | |
2012 | Falcón | Consuelo Jiménez | 4 ta qism |
Playhouse Presents | The Banker | Qism: "The Man" | |
Restless | Eva Delectorskaya | 2 ta qism | |
2013 | Black Mirror | Martha | Qism: "Be Right Back" |
Life of Crime | Denise Woods | 3 ta qism | |
2014 | Agents of S.H.I.E.L.D. | Peggy Carter | 2 ta qism |
2015–2016 | Agent Carter | Bosh qahramon; 18 ta qism | |
2016 | Lip Sync Battle | Oʻzi | Qism: "Clark Gregg vs. Hayley Atwell" |
2016–2017 | Conviction | Hayes Morrison | Bosh qahramon; 13 ta qism |
2016 | Return of the Spider Monkeys | Sharhlovchi | Hujjatli telefilm |
2017–2019 | Avengers Assemble | Peggy Carter (ovoz bergan) | 2 ta qism |
2017 | Howards End | Margaret Schlegel | Miniserial |
2018 | The Long Song | Caroline Mortimer | Miniserial |
2018–2019 | 3Below: Tales of Arcadia | Zadra (ovoz bergan) | Bosh qahramon; 17 ta qism |
2019 | Criminal: UK | Stacey Doyle | Qism: "Stacey" |
2021 | What If...? | Peggy Carter / Kapitan Carter (ovoz bergan) | Qism: "#1.1" |
Vikiomborda Hayley Atwell haqida turkum mavjud |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Hayley Atwell, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.