Ultron Davri

Qasoskorlar: Ultron davri (inglizcha: Avengers: Age of Ultron) 2015-yilda katta ekranlarga chiqqan, Joss Whedon tomonidan suratga olingan hamda Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Qasoskorlar nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan superqahramonlar haqidagi AQSh filmidir.

Film

Qasoskorlar: Ultron davri
Avengers: Age of Ultron
Ultron Davri
Film posteri
Rejissyor(lar) Joss Whedon
Prodyuser(lar) Kevin Feige
Ssenariynavis(lar) Joss Whedon
Qaysi asarga
asoslangan
Rollarda
Bastakor(lar)
  • Brian Tyler
  • Danny Elfman
Kinematografiya Ben Davis
Muharrir(lar)
  • Jeffrey Ford
  • Lisa Lassek
Studiya(lar) Marvel Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 13-aprel, 2015-yil(2015-04-13) (Dolby teatri)
  • 1-may, 2015-yil(2015-05-01) (AQSh)
Davomiyligi 141 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti
  • $444–495.2 million (umumiy)
  • $365 million (sof)
Daromadi $1,403 milliard[manba kerak]

Marvel Studios studiyasi mahsuloti boʻlib, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Kartina 2012-yilda suratga olingan Qasoskorlar filmining sikveli, yaʼni davomi hisoblanadi va Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 11-filmidir. Filmda suratga tushgan aktyorlar Robert Downey Jr., Chris Hemsworth, Mark Ruffalo, Chris Evans, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Aaron Taylor-Johnson, Elizabeth Olsen, Paul Bettany, Cobie Smulders, Anthony Mackie, Hayley Atwell, Idris Elba, Stellan Skarsgård, James Spader va Samuel L. Jacksondir. Film sujetiga koʻra, Qasoskorlar jamoasi insoniyatning yoʻq qilishga urinayotgan sunʼiy ong — Ultronga qarshi kurashadi.

Qasoskorlar: Ultron davri filmi premyerasi Los Angelesda 13-aprel 2015-yilda boʻlib oʻtdi hamda Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1-may 2015-yilda va Oʻzbekistonda 23-aprel 2015-yilda chiqarildi va ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi. Film budjeti $365 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.4 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2015-yilning toʻrtinchi eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa oʻninchi eng kassabop film boʻldi. Shuningdek, ushbu filmning ikkita sikveli chiqarilgandir: Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019).

Mazmuni

Sharqiy Yevropaning Sokovia oʻlkasida qasoskorlar — Tony Stark, Steve Rogers, Thor, Bruce Banner, Natasha Romanoff va Clint Burton, ilgari odamlarda Lokining hassasi yordamida tajriba oʻtkazgan Baron Volfgang fon Strucker boshchiligidagi Hydra inshootiga reyd uyushtirdilar. Ular Struckerning ikkita yosh egizak mutantlariga duch kelmoqdalar — yuqori tezlikka ega Pietro va telepatik qobiliyatga ega boʻlgan Wanda Maximoff. Qasoskorlar, Strucker va uning jamoasini magʻlub qiladilar, faqat egizak mutantlar qochib ketadi. Stark esa Lokining hassasini tortib oladi.

Stark va Banner, hassaning marvaridi yordamida sunʼiy intellektni kashf etadilar va Qasoskorlardan yashirin ravishda, undan Starkning „Ultron“ mudofaa dasturini yakunlash uchun foydalanishga qaror qiladilar. Kutilmagan tarzda yaratilgan Ultron, Yerni qutqarish uchun insoniyatni yoʻq qilish kerak deb hisoblaydi va Starkga tegishli J.A.R.V.I.Sʼni yoʻq qiladi. Qasoskorlar oʻzining qarorgohida Ultron bilan jang qiladi va uni yengadi. Ammo, Ultron qochib ketadi. U oʻzining tanasini yangilash va robot dronlardan iborat armiya tuzishda Struckerning Sokovia bazasidagi resurslaridan foydalanadi. Struckerni oʻldirgandan soʻng, u egizak Maximofflarni, ularni ota-onalarining oʻlimi sababchisi Stark Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan qurol ekanligidan foydalanib, ularni oʻziga ogʻdirib oladi. Keyin Ultron faqat Wakandada uchraydigan dunyodagi eng pishiq metall boʻlmish vibranniumni sotib olish uchun Johannesburgdagi qurol sotuvchisi Ulysses Klauening bazasiga boradi. U yerda Qasoskorlar Ultron va Maximofflarga hujum qilishadi, ammo Wanda ularni dahshatli gallyutsinatsiyalar bilan boʻysundiradi va Bannerning Hulkga aylanishiga, Stark uni oʻzining qurollari bilan toʻxtatmagancha majbur qiladi.

Dunyo boʻylab vayronagarchilik vujudga keladi. Qasoskorlar esa Burtonning uyiga borishadi. Thor oʻzining Wanda tomonidan hosil qilingan gallyutsinatsiyasida koʻrgan apokaliptik kelajak toʻgʻrisida doktor Eric Selvig bilan maslahatlashishga ketadi, bu paytda esa Nick Fury kelib, jamoani Ultronni toʻxtatish rejasini tuzishga undaydi. Seulda Ultron Lokining hassasidan foydalanib, jamoaning doʻsti doktor Helen Choni oʻziga qul qilib oladi. Ular yangi tanani ishlab chiqarish uchun uning sintetik toʻqima texnologiyasi, vibrannium va hassaning marvarididan foydalanadilar. Ultron oʻzini yangi tanaga yuklaganida, Wanda ongini oʻqiydi; Ultronning yovuz rejalarini bilgan Maximofflar unga qarshi chiqishadi. Rogers, Romanoff va Burton Ultronni topib, sintetik tanani olishadi, ammo Ultron Romanoffni ushlaydi.

Stark va Banner yashirincha Internetda Ultronning sintetik tanasiga yashiringan J.A.R.V.I.S.ni yuklaganlarida, Qasoskorlar oʻzaro kurashadilar. Thor tanani faollashtirishga yordam berish uchun qaytib keladi va oʻzining qarashlariga asoslanib, yangi miyadagi tosh bu oltita Cheksizlik toshlaridan biri boʻlib, bu dunyosagi eng kuchli obektlardan biri ekanligini tushuntiradi. Boshida Tafakkur toshini saqlayotgan „Vision“ va Maximofflar Qasoskorlarni Sokovia shahriga olib boradilar, u yerda Ultron qolgan tebranishni Sokovianing katta qismini osmonga koʻtarish uchun dastgoh qurishda ishlatgan va uni butun dunyo boʻylab qirgʻin qilish uchun Yerga qulatmoqchi boʻlayotgan edi. Banner Hulkni jang uchun uygʻotadigan Romanoffni qutqaradi. Fury Maria Hill, James Rhodes va S.H.I.E.L.D bilan Sokoviaga kelgan paytda Qasoskorlar Ultronning qoʻshiniga qarshi kurashmoqda. Jamoa tinch aholini evokuatsiya qiladi. Pietro oʻqqa tutilayotgan Burtonni himoya qilganda vafot etadi va bundan gʻazablangan qasoskor Wanda Ultronning asosiy tanasini yoʻq qilish uchun uning koʻplab dronlarini qirib tashlaydi. Shahar Yerga qulash arafasida, lekin Stark va Thor osmondan Yerga tushayotgan Sokovianing markaziga kuchli zarba beradi. Natijada, Sokovia osmonda portlab, parchalanib ketadi. Hulk Romanoffni xavf ostiga qolishini istamay, quinjetda joʻnaydi, Vision esa Ultronning soʻnggi tanasini yoʻq qiladi.

Keyinchalik, Qasoskorlar Fury, Hill, Cho va Selvig tomonidan boshqariladigan yangi bazani yaratgandan soʻng, Thor Asgardga qaytib, yaqinda sodir boʻlgan voqealarni boshqarganlikda gumon qilingan kuchlar haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻladi. Stark ketgach, Burton esa nafaqaga chiqqach, Rogers va Romanoff yangi qasoskorlar: Rhodes, Vision, Sam Wilson va Wandani oʻqitishga tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Oʻrta kreditlar sahnasida, Ultronning magʻlubiyatidan norozi boʻlgan Thanos, oltin qoʻlqopni kiymoqda va Cheksizlik toshlarini qaytarib olishni vaʼda bermoqda.

Rollarda

Marketing

Qasoskorlar: Ultron davri filmining ilk rasmiy treyleri 2014-yilning 28-oktabrida Agents of S.H.I.E.L.D („Q.A.L.Q.O.N agentlari“) teleseriali efirga uzatilishi davomida chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, 22-oktabrda treyler internetda tarqaldi hamda bir necha soat ichida Marvel treylerni YouTubega rasman joylashtirdi. Treyler 24 soat ichida umumjahon boʻylab 34,3 million marta koʻrildi, bundan 26,2 millioni Marvelning YouTubedagi rasmiy kanali orqali koʻrildi. Avvalgi rekord Temir odam 3 filmi boʻlib, bu filmning treyleri 24 soat ichida 23,14 million marta koʻrilgan edi. Solishtirish uchun, Qasoskorlar filmi tizeri 24 soat ichida 20,4 million marta koʻrilgan edi.

Musiqasi

Marvel's Avengers: Age of Ultron (Original Motion Picture Soundtrack) film musiqasi Brian Tyler va Danny Elfman tomonidan bastalangan. Hollywood Records bu albomni raqamli formatda 2015-yil 28-aprelda, jismoniy formatda esa 2015-yil 19-mayda ommaga taqdim etdi.

Treklar roʻyxati

Marvel's Avengers: Age of Ultron treklar roʻyxati
NomiMusiqaDavomiyligi
1.„Avengers: Age of Ultron Title“Brian Tyler0:43
2.„Heroes“Danny Elfman2:07
3.„Rise Together“Brian Tyler2:23
4.„Breaking and Entering“Brian Tyler3:04
5.„It Begins“Danny Elfman2:42
6.„Birth of Ultron“Brian Tyler3:05
7.„Ultron-Twins“Danny Elfman4:13
8.„Hulkbuster“Brian Tyler4:32
9.„Can You Stop This Thing?“Danny Elfman1:03
10.„Sacrifice“Brian Tyler2:42
11.„Farmhouse“Danny Elfman4:02
12.„The Vault“Brian Tyler2:58
13.„The Mission“Brian Tyler2:48
14.„Seoul Searching“Brian Tyler2:48
15.„Inevitability-One Good Eye“ (not featured in film)Danny Elfman5:07
16.„Ultron Wakes“Danny Elfman1:43
17.„Vision“Brian Tyler3:47
18.„The Battle“Brian Tyler4:24
19.„Wish You Were Here“Brian Tyler1:36
20.„The Farm“Danny Elfman1:14
21.„Darkest of Intentions“Brian Tyler2:26
22.„Fighting Back“Brian Tyler2:33
23.„Avengers Unite“Danny Elfman1:08
24.„Keys to the Past“Brian Tyler1:48
25.„Uprising“Brian Tyler2:32
26.„Outlook“Brian Tyler2:38
27.„The Last One“Brian Tyler2:14
28.„Nothing Lasts Forever“Danny Elfman1:57
29.„New Avengers - Avengers: Age of Ultron“Danny Elfman3:09
Jami davomiyligi:77:26

Qoʻshimcha musiqalar

Nomi Bastakor Ijrochi (lar) Izohlar
Qasoskorlar filmidagi musiqalar“ Alan Silvestri
„Norma, Act I: 'Casta Divaʼ“ Vincenzo Bellini Teatro Alla Scala, Milano, Orchestra Del Teatro Alla Scala, Milano, Tullio Serafin
„Great Intentions“ Jason French Muniz, Colton Fisher, James Katalbas va Jason Rabinowitz Damato
„Liquid Spirit“ Gregory Porter Gregory Porter
„I Canʼt Get Started“ Ira Gershwin, Vernon Duke BBC Big Band Orchestra
„Evening of Elegance“ Bill Keis
„Drum Duel“ Brian Tyler Brian Tyler
„I’ve Got No Strings“ Leigh Harline, Ned Washington Dickie Jones
„Cinderella, Op. 87 Ballet“ Sergey Prokofiyev
„Berliner Messe: 1. Kyrie“ Arvo Pärt Estonian Philharmonic Chamber Choir va Tallinn Chamber Orchestra
„Full Dress Hop“ Gene Krupa,David Roy Eldridge Gene Krupa & His Orchestra

Sikvellari

Qasoskorlar: Cheksizlik jangi

Qasoskorlar: Cheksizlik jangi filmi premyerasi Dolby teatrida 23-may 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekistonda esa 27-aprel 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish etildi. Kartina budjeti $316–400 millionni tashkil etib, eng koʻp xarajatli filmlar roʻyxatida uchinchi oʻrinda turadi. Film 12 kunda $1 milliarddan oshiq miqdorda mablagʻ topdi hamda qisqa fursat ichida $1 milliardni topgan filmlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turibdi. Kartina umumjahon boʻylab $2 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va 2018-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa toʻrtinchi eng yuqori daromadli film hisoblanadi.

Qasoskorlar: Intiho

Qasoskorlar: Intiho filmi premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $2.797 milliarddan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa eng yuqori daromadli film boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Ultron Davri MazmuniUltron Davri RollardaUltron Davri MarketingUltron Davri MusiqasiUltron Davri SikvellariUltron Davri ManbalarUltron Davri HavolalarUltron DavriFilmIngliz tiliJoss WhedonMarvel ComicsQasoskorlarSuperqahramon film

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Usmonlilar imperiyasiJaloliddin ManguberdiAtom yadrosiHanafiylikTemuriylarKimyoviy elementlar davriy sistemasiReabilitatsiyaAdaptatsiyaLirikaMehnat muhofazasiFrazeologiyaNewton qonunlariAnemiyaTishBozorAtrof-muhitni muhofaza qilishKuchQarilikDaun sindromiYorugʻlikAbulfayzxonLinzaIvan PavlovManbalarSuyuqlikSamarqandMisr piramidalariBozor iqtisodiyotiga oʻtishGenlarning oʻzaro taʼsiriSodda gapToʻplam (matematika)Aholi daromadlariRevmatizmAbu Ali ibn SinoTuzlarTinch okeaniHaroratTinish belgilariDialektikaMicrosoft WordVirusli kasalliklarRomanOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariDavlatPolimerlarMetrologiyaOlimpiada oʻyinlariSon (tilshunoslik)TilshunoslikProkuraturaKorrupsiyaAQSHda taʼlimOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariBachadonAxborot texnologiyalariSanoatOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiDorivor oʻsimliklarAnatomiyaJismoniy tarbiyaSuv havzasiOʻzbekiston bosh vaziriAseptikaAzot oksidlariTuproqKanadaDunyoning yetti moʻjizasiOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Axborot tizimiDavlat byudjeti daromadlariLudwig van BeethovenAbu Rayhon BeruniyAdobe PhotoshopQon guruhlariSiyosiy partiyalarXalqaro birliklar tizimiIqtisodiy oʻsishTemuriylar imperiyasiOʻrta Osiyo🡆 More