2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari

2013-yil 28-may kuni Turkiyada ommaviy eʼtirozlar boshlandi.

Ilk Istanbul eʼtirozlari 50 atrof-muhitchi tomonidan boshlanib, Taksim Gezi bogʻini yoʻqotish va uning oʻrniga savdo markazi qurilishiga qarshi namoyish boʻldi. Politsiya aralashuvidan keyin eʼtirozlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Shundan keyin eʼtiroz subyektlari doirasi Taksim Gezi bogʻi mavzusidan kengayib, aksil-hukumat namoyishlarga aylandi. Namoyishlar shuningdek Turkiyaning boshqa shaharlari va turk diasporasi yashaydigan boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan eʼtirozchilarni çapulcu (oʻzbekcha: talonchi) deb kamsituvchi deb baholagan nutqlar qilib, 3-iyun kuni Shimoliy Afrika mamlakatlariga ish safari bilan joʻnab ketdi.

Turkiya eʼtirozlari
Joy Turkiya: Istanbul, Anqara, İzmir, Bursa, Samsun, Edirne, Isparta, Adana, Eskişehir, Antalya, Diyarbakır, Giresun va boshqa shaharlar.
Sana 28-may 2013 — bugun
Maqsad Gezi bogʻini saqlash, politsiya shafqatsizligiga eʼtiroz, soʻz va yigʻilish erkinligini himoyalash, Erdoğan hukumati isteʼfosi
Belgilari Fuqarolik boʻysunmaslik, fuqarolik qarshilik, namoyishlar, online faollik, marshlar, tartibsizliklar, oʻtirgan holda ish tashlash
Oʻlim(lar) 7 (va 6 politsiya xodimi xudkushligi)
Jarohat(lar) 7 495
kamida 55 jiddiy jarohat
Qatnashchilar

kamida 100 000 (Istanbul)

40 000 (Anqara)
Hibs(lar) kamida 3 300
2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari
Gazniqob kiygan soʻfiy darvish Anqaradagi namoyishda aylanib raqs tushayapti.

Eʼtirozchilar Istanbuldagi Taksim maydoni va Anqara, shuningdek Bursa, Antalya, Eskişehir, İzmir, Edirne, Mersin, Adana, İzmit, Konya, Samsun, Hatay, Trabzon, Rize, Isparta, Tekirdağ, Bodrum, va Mardin koʻchalariga chiqishdi. Ayrim eʼtirozchilar oʻzlarini #OccupyGezi ramzi bilan ifodalashdi.

Eʼtirozchilar orasida turli ijtimoiy guruhlar, jumladan oʻng- va soʻl-qanotchilar, turklar, kurdlar, armanlar va yunonlar borligi taʼkid etildi. Eʼtirozchilarning shikoyatlari mahalliy hukumatdan tortib Bosh Vazir Erdoğanʼning avtoritarizmi, spirtli ichimliklarga cheklov, koʻchada oʻpishish taqiqi va Suriyadagi urushgacha qarshi qaratilgan. Istanbul hokimi Kadir Topbaş atrof-muhitchilar kampaniyasi ortida „siyosiy maqsadlar“ bor, dedi. Turli tahlillarga koʻra bu noroziliklar Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan uchun uning oʻn yillik hokimiyati paytidagi eng qiyin vaziyatdir.

Xronika

  • 2013-yil 31-may kuni politsiya namoyishchilarga qalampir gazi sepib, kamida 60 kishini hibsga oldi va yuzlab kishilarni jarohatladi. Politsiyaning bu ishi internetda katta tanqidga uchradi. Eʼtirozchilar İstiklal koʻchasida 31-may tunida minglab yigʻilishdi. Hukumatga koʻra 900 dan oshiq kishi hibsga olingan.
  • 17-iyun kuni Turkiyaning yirik kasaba uyushmalari Istanbulning Taqsim maydonida namoyishchilar politsiya tomonidan bostirilishga norozilik oʻlaroq, bir kunlik umummilliy ish tashlash eʼlon qildi.
  • 18-iyunga oʻtar kechasi Turkiya politsiyasi Istanbul va Anqara shaharlarida reyd oʻtkazdi va soʻlchi siyosiy guruhlarga aloqador koʻrilgan shaxslarni hibsga oldi.

Bloomberg televideniesi bergan xabarga koʻra, 90ga yaqin odam norozilik namoyishlari chogʻida politsiya xodimlariga nisbatan hujum qilganlik va soʻlchi siyosiy guruhlarning provokatsion harakatlariga aloqadorlikda gumon qilinib, qoʻlga olingan.

Munosabat

  • 31-may kuni Boyner Grubu shirkati nomidan Ümit Boyner, Herry markasi sohibi Selami Sarı, Silk & Cashmere markasi direktori Ayşen Zamanpur kabi chakana tijoratchilar Taksim maydonida savdo markazi qurilishida qatnashmasliklarini eʼlon qilishdi.
  • Anonymous hacker guruhi #OpTurkey nomli harakat doirasida ayrim davlat saytlarini hack qildi, Redhack ismli boshqa bir guruh esa deputatlarning telefon raqamlarini nashr qildi.
  • Galatasaray futbolchisi Didier Drogba, Instagram'dan ulashgan fotosurat ostida „Nimalar boʻlayapti? İstanbul qaygʻu ichida. Umida qilamanki tez fursatda hammasi joyiga tushadi. Yuragim siz bilan“ deb yozdi, Beşiktaş futbolchisi Manuel Fernandes esa Twitter hisobidan "Qarshi tur Gezi bogʻi. Yuragim siz bilan." dedi. Yana Gökhan Gönül, Selçuk İnan, Salih Uçan, Burak Yılmaz, Juan Pablo Pino, Wesley Sneijder, Colin Kâzım Richards, Yekta Kurtuluş, Dany Nounkeu, Sercan Yıldırım, Recep Niyaz, Felipe Melo, Deron Williams, Ersan Gülüm, Tomáš Ujfaluši va Pascal Nouma kabi sportchilar ham eʼtirozlarni dastaklashlarini ijtimoiy media orqali namoyish etishdi.
  • Qoʻshiqchi Şebnem Ferah Bosh Vazir Erdoğanʼga ochiq xat yozib, uning odamlardan uzr soʻrashini istadi.
  • Duman musiqa guruhi eʼtirozchilarni qoʻllab-quvvatlab, „Eyvallah“ nomli ashula chiqardi.
  • Turkiyaning Antalya shahri meri (hokimi) namoyishchilarni tarqatish uchun foydalaniladigan politsiyaning suv otuvchi mashinalariga suv etkazib berishdan bosh tortdi.

Hukumat javobi

  • Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan 2013-yil 1-iyun kuni voqealarning ideologik ekanligini aytdi. Huquqparvarlik organlari aralashuvida xatolar boʻlganini qabul etishini aytdi va qoʻshimcha qildi: "Huquqparvar kuchlarimizning qalampir gazi ishlatilishidagi yanglishliklar tekshirilmoqda. Bu yerda xato bor. Ammo kerak boʻlganida uni ham ishlatish zarur, buni ham koʻramiz." Savdo markazi qurish-qurmaslik qaroriga kelmaganini ochiqladi.
  • Prezident Abdullah Gül barchani masʼuliyatli boʻlishga chaqirdi va dedi: "Huquqparvar kuchlarimiz burchlarini bajarar ekan, parvarishli boʻlishi, meʼyorga diqqat etishi, xafa qiluvchi holatlar chiqishiga izn bermasligi kerak."
  • 2013-yil 4-iyun. Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdoʻgʻan, mamlakatda bir necha kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortida xorijiy kuchlar turgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Erdoʻgʻan mamlakatdagi tartibsizliklar uchun javobgarlikni aqidaparastlar va muxolifat yelkasiga qoʻygan. Xususan, bosh vazir Turkiyadagi eng katta muxolif kuch sanalgan Respublika xalq partiyasi (CHP)ni igʻvogarona hatti-harakatlarda ayblab chiqqan.

Bosh vazirning fikricha, ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan omillardan yana biri — namoyishchilar tomonidan Twitter mikrobloglar xizmati va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanilishi boʻlmoqda. "Tvitter nomli bir tahdid bor, u yerda oʻziga xos, takrorlanmas yolgʻon namunalarini topish mumkin. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlar — jamiyat uchun eng dahshatli tahdiddir".

  • Taqsimdagi vaziyatning keskin tus olishidan soʻng Bosh vazir Erdoʻgʻon mamlakatdagi voqelik haqida bayonot berar ekan, politsiyaning Taqsimdagi harakatini qonunga muvofiq, deb oqladi.

— Biz huquqiy davlatda qilish mumkin boʻlgan ishni qildik. Taqsim maydoni va Gezi bogʻini bosqinchilardan tozaladik. Bilasizki, ular bu joylarni vayron qildi. Biz bu erda yana daraxtlarni oʻtqazyapmiz, gullar ekyapmiz,- dedi Turkiya Bosh vaziri Erdoʻgʻon.

17-iyun kuni Turkiya Bosh vaziri oʻrinbosari Bulent Arinj tarqalishni istamayotgan namoyishchilarga qarshi harbiy kuch qoʻllanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bu qariyb uch haftadan beri davom etayotgan namoyishlarga nisbatan habiy kuch qoʻllash ehtimoli haqidagi ilk bayonotdir.

Turkiya Adliya vazirining norozilik namoyishlari bobida muzokara oʻtkazish niyati bilan yuzlangan Yevropa parlamenti hamda Yevropa komissiyasi taklifini rad etgani haqida xabar qilindi.

Bunga javoban Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham Turkiyaga borishi kutilayotgan delegatsiyasini joʻnatish rejasidan voz kechgani aytildi.

Xalqaro javoblar

    Rasmiy
  • 2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari  AQSh Davlat Departamenti vakili Jen Psaki: "Turkiya barqarorligi, xavfsizligi va ravnaqi bu odamlar koʻrsatayotgan ifoda va yigʻilish erkinliklari bilan kafolatlanadi, deb ishonamiz, " dedi
  • 2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari  Foreign Office qalampir gaz ishlatishni qoralab, turk hukumatini tinch eʼtiroz va yigʻilish erkinligini himoyalashga chaqirdi.
  • 2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari  Yevropa Komissiyasi bayonot chiqarib, unda haddan oshiq kuch ishlatishni qoraladi.
    Norasmiy

Qurbonlar

5 iyun holatiga koʻra, tartibsizliklar natijasida uch kishi halok boʻlgan. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning maʼlumotlariga koʻra, 2,8 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

Birinchi qurbon — 20 yoshli Memet Ayvalitas Istanbuldagi namoyishlarning faol ishtirokchisi boʻlgan. Reuters agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni taksi avtomobili tasodifan bir guruh namoyishchilarga borib urilgan, natijada Memet vafot etgan, yana toʻrt kishi jarohat olgan. Memet Ayvalitasning oʻlimi namoyishchilar orasidagi tasdiqlangan dastlabki halokat boʻlgan.

Turkiyaning janubida joylashgan Xatay viloyatidagi norozilik harakatlarida 22 yoshli Abdulla Komert hayotdan koʻz yumgan. U otishmalar natijasida halokatli jarohat olgan. Zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan boʻlsa-da, jarrohlar uning hayotini saqlab qololmagan.

31-may juma kuni boshlangan tartibsizliklar davomida yuzlab politsiya avtomobillari, 94 ta doʻkon va yuzdan oshiq shaxsiy avtomobillarga zarar yetgan. Tartibsizliklar natijasida yetkazilgan jami moliyaviy zarar 20 million lir (8 million yevro) miqdorida baholanmoqda.

Manbalar

Havolalar


Tags:

2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari Xronika2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari Munosabat2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari Qurbonlar2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari Manbalar2013 Gezi Bogʻi Eʼtirozlari Havolalar2013 Gezi Bogʻi EʼtirozlariDiasporaIstanbulOʻzbek tiliRecep Tayyip ErdoğanTurkiyaTurklar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OlmoshMazhabOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariKoʻz kasalliklariDaun kasalligiTez tibbiy yordamPrinterOʻzgaruvchanlikAllergiyaBirlashgan Millatlar TashkilotiOmmaviy axborot vositalariKoʻzEronTermodinamikaning birinchi qonuniYugurishVikipediyaKompyuter grafikasiOʻzbekiston Mustaqilligi kuniGoʻdakOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar (2022)ReklamaEritrotsitlarXiva xonligiItaliyaAliYulduzQisasi Rabg'uziyQurʼonAdolf HitlerModdaning agregat holatlariMisrMuharrirMetodologiyaVoqea surasiQuturishFuqarolik jamiyatiXorazm viloyatiBuxoro xonligiTabiatni muhofaza qilishSuyuqlikDilnoza KubayevaIqtisodiyot tushunchasiPayvandlashMahmudxoʻja BehbudiyXorazmshohlar davlatiIxlos surasiVoccaDinHarakatAfgʻonistonUNESCOGapIshlab chiqarishDarslikBosh miya nervlariYerZulfiyaAbror Muxtor AliyNafasAsinxron elektr dvigatelTIMSSPoʻlatShimoliy AmerikaIbtidoiy jamiyatFors koʻrfaziIboraKoʻrish nerviAuditQadimgi YunonistonEhtiyojHarfZamburugʻlarForobiyTemuriylar imperiyasiAlgoritmBaliqlarSadriddin AyniyErkin Vohidov🡆 More