Elbrus (kabardincha — Oshxomaxo, bolqorcha — Mingitov) — Katta Kavkazning Yon tizma sistemasidagi eng baland togʻ massivi.
Granit va kristalli slanetslardan tuzilgan baland sokolda joylashgan va, asosan, andezitdan tashkil topgan soʻngan vulkanning qoʻsh choʻqqili konusi. Gʻarbiy choʻqqining bal. — 5642 m, sharqiysi — 5621 m. Ular balandligi 5325 m boʻlgan togʻ beli bilan ajralgan. E.ning ustki qismi firn va muzliklar bilan qoplangan. Undan hamma tomonga muz parraklari radial yoʻnalishda tarqalgan. Muzliklarning (umumiy soni 50 dan ziyod) maydoni 134,5 km². Ulardan eng yiriklari Katta Azav, Irik, Terskoʻl. E. yonida, Baksan daryosining yuqori oqimida koʻchki va sellar lab.i joylashgan. E.ning sharqiy choʻqqisi ilk bor (1829-yilda) rus ekspeditsiyasining yoʻl boshlovchisi K. Xashirov (kabardin) tomonidan zabt etilgan, gʻarbiy choʻqqisiga esa F. Grove boshchiligidagi ingliz alpinistlari (yoʻl boshlovchisi bolqor A. Sottayev) chiqishgan (1874-yilda). Togʻ massivi yon bagʻrilaridan Shimoliy Kavkazning yirik daryolari (Kuban va Terek) boshlanadi. E.ga yondashgan hudud alpinizm va togʻ changʻi sporti, turizm markazlaridan biri.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Elbrus, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.