Elam — Mesopotamiyadagi Furot va Dajla daryolarining quyi oʻzani sharqida, Eron yassi togʻligining jan.gʻarbiy qismida (Erondagi hozirgi Huziston va Luriston viloyatlari) joylashgan qadimiy davlat (miloddan avvalgi 3-ming yillik — miloddan avvalgi 6-asr oʻrtasi).
av. VI asr">miloddan avvalgi 6-asr oʻrtasi). Shumer manbalari E.ni — "baland" ideogrammasi bilan, Akkad yozuvlarida — "Elamtu (m)" shaklida qayd etilgan. Bu atamalar miloddan avvalgi 3-ming yillikning 1-yarmidan maʼlum. "E." atamasi genetik jihatdan qadimiy yahudiycha nomi bilan bogʻliq. E. manbalari oʻz mamlakatlarini — "Xatamti", qadimiy forslar — "Uvadja", arablar esa — "Hozi" (hozirgi Huziston shundan) deb atashgan. E.ning eng yirik viloyatlari — Baraxshi, Simashki, Anshan (Anzan); shaharlari — Avan (ilk Elam hukmdorlari sulolasi shu yerdan chiqqan). Adamdun, Suza — E. poytaxti.
Shumer hujjatlarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 3-ming yillikda E. bilan Mesopotamiya shaharlari oʻrtasida savdo aloqalari mavjud boʻlgan. E.dan yogʻoch, kumush, mis va boshqalar, E.ga arpa, moy keltirilgan. Hunarmandchilik turli sohalarda ixtisoslashgan (quruvchi, yogʻochni qayta ishlovchi, kulol, nonvoy va boshqalar).
E. Ilk quldorlik davlati boʻlgan. Ibodatxona va davlat xoʻjaliklarida, shuningdek, uy jamoalarida miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab qullar mehnatidan foydalanilgan. Shu davrga doir Elam hujjatlari jamoa tarixi boʻyicha muhim materiallarni beradi. Miloddan avvalgi 7-asr oʻrtalarida Ossuriya podshosi Lshshurbanipal E.ning bir qator shaharlarini vayron qilib E.ni Ossuriyaga boʻysundirgan. Biroq 7-asrning oxiriga kelib Ossuriyaning oʻzi barham topgan. Ichki siyosiy nizolardan tanazzulga yuz tutgan E. boʻlsa, miloddan avvalgi 6-asrning 1-yarmida Midiya, soʻngra Axomaniylar tomonidan bosib olingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Elam, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.