Chalaxordalilar

Chalaxordalilar (Hemichordata) — umurtqasizlar tipi.

Ilgari xordalilar kenja tipi sifatida qaralgan. Xordaga oʻxshash organ — notoxordasi, jabra yoriklarining boʻlishi bilan xordalilarga oʻxshab ketadi. Ch. 2 yonlama simmetriyali, selomik hayvonlar. Gavdasi 3 boʻlim: xartum, yoqacha va tanadan iborat. Har bir boʻlimning oʻz sellomik xaltasi boʻladi. Notoxorda — ichakning uchi berk oʻsimtasi Xartum uchun tayanch vazifasini bajaradi. Halqumda jabra yoriqlari joylashgan. Qon aylanish sistemasi organlari boʻylama orqa va qorin qon tomirlaridan iborat. Orqa qon tomirining notoxorda ustidagi qismi kengayib, lakunar yurakni hosil qiladi. Nerv sistemasi teri epiteliysida joylashgan boʻlib, yoqacha bilan tanasi oʻrtasidagi nerv halqasi va u bilan bogʻlangan orqa hamda qorin stvollaridan iborat. Ayirish organlari — juft selomoduktlar xartumda va yoqachada joylashgan. 2 sinfi: ichak bilan nafas oluvchilar va qanot jabralilar bor.

Chalaxordalilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar



Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

NokDiniy tashkilotSilVodorodNigʻmatilla YoʻldoshevQoraqalpoqlarMasturbatsiyaEkzemaAleksandrBotir ZokirovMilliy iqtisodiyotOmmaviy madaniyatFarhod va ShirinOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiMediasavodxonlikDinning funksiyalariXrom (kimyoviy element)Mineral ozuqalarIshlab chiqarish harajatlariSariq kasalligiYogʻFrilanserOʻzgaruvchanlikSaida ZunnunovaSiydik ajratishYevropa davlatlari roʻyxatiQoraqalpogʻistonSanʼatQuyosh energiyasidan foydalanishPulsQadimgi MisrOʻlchash asboblariAbdulhamid ChoʻlponChatqol biosfera qoʻriqxonasiTinch okeaniSinkveyinSaudiya ArabistoniTrombotsitlarBozor iqtisodiyotiga oʻtishDeformatsiyaTermiziy Abu IsoElektrokardiogrammaShokBachadonOyIspaniyaMovarounnahrIjtimoiy psixologiyaAksiyaYoʻl belgilariGrammatikaTibbiyot deontologiyasiDasturiy taʼminotChingiz AytmatovMirzo UlugʻbekLoyihaAxborot jamiyatiGimnastikaInternetRadioaktiv parchalanishIngliz tiliQutadgʻu biligJismoniy tarbiyaInternet tarixiMisrSkeletMahtumquliJamiyatOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiSpirtlarAhmad al-FargʻoniyMustaqil davlatlar hamdoʻstligiMinorai KalonTurkiston muxtoriyatiIndoneziyaGlobal muammolarMuzeyJahon savdo tashkiloti🡆 More