Burj

Burj — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari.

Bu soʻz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiylarga nisbatan qoʻllaniladi (jadvallarga q.). Ular Quyoshning yillik koʻrinma harakat yoʻli (ekliptika) boʻylab joylashgan. Har birida Quyosh taxminan bir oycha boʻladi. B. yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari, kometalari va Oyning ham koʻrinma harakat yoʻllari oʻtadi. Yunonistonda B. turkumlarini alohida ajratib, ularni maxsus belgilar bilan ifodalashgan. Shunga koʻra, osmon gumbazida bahorgi (Hamal) va kuzgi (Mezon) tengkunlik, yozgi (Saraton) va qishki (Jady) Quyosh turish nuqtalari ham oʻsha belgilar bilan belgilanadi. Presessiya hodisasi sababli oʻtgan 2 ming yil ichida bu nuqtalar surilib, qoʻshni yulduz turkumlariga oʻtib ketgan boʻlishiga qaramay, shu belgilar, shuningdek Saraton va Javzo tropiklari deb ataluvchi nomlar ham saqlanib qolgan.

Turkiy xalqlarda oylarning nomi ham B. nomidan olingan. Bahor fasli — burji obiy (hamal—22-martdan, savr—21-apreldan, javzo— 21-maydan), yoz fasli — burji noriy (saraton — 22-iyundan, asad—232-iyuldan, sunbula —23 avgustdan), kuz fasli — burji bodiy (mezon—24-sentabrdan, aqrab—23 oktabr man, qavs—23-noyabrdan), qish fasli — burji hokiy (jady—22 dekabrdan, dalv— 20-yanvar

dan, hut—19-fevraldan) deb atalgan. 12 yillik muchal yillari boshi hamalayan hisoblanadi (qarang Zodiak).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

AqrabAsadDalvEkliptikaHamalHutJadiyJadvalJavzoMezonQavs (Zodiak yulduz turkumi)QuyoshSaratonSavrSunbulaYulduz turkumiZodiak

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻlmas UmarbekovEmotsiyaDevonu lugʻotit turkSuyak sinishiDavlat poytaxtlari roʻyxatiEronTabiiy fanlarMuqimiyOntogenezAseptikaMusiqaIrodaPayvandlashSimmetriyaAxborot xavfsizligiHomilaDezinfeksiyaLitosferaErkin AʼzamAllergiyaTermodinamikaning birinchi qonuniJinsiy aʼzolarAnafilaktik shokSiyosiy partiyalarOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiEvolutsiyaTinch okeaniBosimDavlat byudjeti daromadlariVatanYevropa davlatlari roʻyxatiTemuriylar imperiyasiInson va fuqaroning huquq va erkinliklariRus tiliInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunGeografik axborot tizimiIshsizlikOʻsimliklarQoʻqon xonligiHisobotIslom mazhabchiligiChingiz AytmatovLudwig van BeethovenMicrosoft PowerPointKecha va kunduzShifokorBiznes rejaUrgʻuSurxondaryo viloyatiXarakter (obraz)Ishlab chiqarishAbdulhamid ChoʻlponMateriyaZarbulmasalOʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiNATOXrom (kimyoviy element)OilaUndosh tovushlarBipolyar tranzistorIlhaqSamarqand viloyatiNatriyProtsessorTafakkurTalab va taklifOqsaroy (Shahrisabz)EkologiyaNewton qonunlariMultimediaMicrosoft AccessYogʻMisr piramidalariMDHYerPul-kredit siyosatiPaygʻambarIshlab chiqarish harajatlariGloballashuv🡆 More