Beyoncé: Amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa

Beyoncé Giselle Knowles-Carter (talaffuzi: Beyonse Jizel Noulz-Karter; 4-sentyabr 1981-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir.

Texasning Houston shahrida tugʻilib oʻsgan Beyoncé bolaligidanoq turli qoʻshiq va raqs musobaqalarida qatnashgan. U 1990-yillaring oxirlarida qizlardan iborat Destiny's Child guruhi aʼzosi oʻlaroq shuhrat qozondi. Bu guruh barcha zamonlarning eng koʻp albomi sotilgan qizlardan iborat guruhlaridan biri boʻlgan. U 2003-yilda Dangerously in Love nomli ilk yakkaxon albomini chiqardi. Albomdagi „Crazy in Love“ va „Baby Boy“ singllari AQShning Billboard Hot 100 musiqiy chartida birinchi raqamli ashulalar boʻlishdi.

Beyoncé
Beyoncé: Hayoti, Diskografiyasi, Filmografiyasi
Beyoncé Qirol Sher filmi premyerasida (2019)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Beyonce Giselle Knowles
4-sentyabr 1981-yil (1981-09-04) (42 yosh)
Houston, Texas, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
  • Parkwood
  • Columbia
  • Music World
Turmush oʻrtogʻi
Jay-Z (turm. 2008)
Ota-onasi
  • Mathew Knowles
  • Tina Lawson
Bolalari 3
Janr
Hamkorligi
Faoliyat yillari 1997 – hozirgacha
Veb-sayt beyonce.com
Imzosi
Beyoncé: Hayoti, Diskografiyasi, Filmografiyasi

2006-yilda Destiny’s Child guruhi tarqalib ketganidan soʻng, Beyoncé ikkinchi yakkaxon albomi boʻlmish B'Dayni ommaga taqdim etdi. Albomdagi „Irreplaceable“ va „Beautiful Liar“ singllari ancha xush qarshilandi. Beyoncé, shuningdek, koʻplab filmlarda, jumladan Telba politsiyachi (2006), Dreamgirls (2006), Obsessed (2009) va Qirol Sher (2019) kabi filmlarda tasvirga tushdi. Uning amerikalik rapper Jay-Z bilan turmush qurishi hamda Cadillac Records (2008) filmida Etta Jamesni jonlantirishi uchinchi albomi — I Am... Sasha Fierce (2008) ga taʼsir oʻtkazdi. Albom 2010-yilda oltita Grammy Awardsga sazovor boʻldi. Albomdagi „If I Were a Boy“, „Single Ladies (Put a Ring on It)“ va „Halo“ ashulalari muxlislar va tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi.

2010-yilda menejeri va otasi Mathew Knowlesdan ajralganidan soʻng, Beyoncé 2011-yilda musiqiy jihatdan turfa xil boʻlgan 4 nomli toʻrtinchi albomini chiqardi. Keyinchalik, mos ravishda beshinchi va oltinchi albomlari boʻlmish Beyoncé (2013) va Lemonade (2016) larni chiqarib, jahon miqyosida shuhrat qozondi, albomlarning ikkinchisi 2016-yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Albomlarning ikkisi ham xiyonat va vumanizm mavzularini oʻz ichiga olishi bilan qolgan albomlardan ajralib turdi. 2018-yilda Beyoncé turmush oʻrtogʻi Jay-Z bilan birgalikda the Carters guruhi aʼzolari oʻlaroq Everything Is Love albomini chiqardi. Beyoncé Ed Sheeran bilan birgalikda ijro etgan „Perfect“ (2017) hamda Megan Thee Stallion bilan birgalikda ijro etilgan „Savage“ (2020) qoʻshiqlari ortidan Billboard Hot 100 chartida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Shu yili u Black Is King nomli musiqiy film va vizual albomini chiqarib, muxlislar tomonidan kengqamrovli olqishlarga ega boʻldi.

Beyoncé jahondagi audio disklari eng koʻp sotilgan artistlardan biri boʻlib, hozirga qadar uning audio disklari umumjahon boʻylab 118 million dona sotilgan. U ilk olti studiyaviy albomi ham Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni band etgan ilk yakkaxon xonandadir. Uning 2000-yillar davomidagi muvaffaqiyati Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan Oʻnyillikning top artisti, Billboard tomonidan esa Oʻnyillikning top ayol artisti oʻlaroq eʼtirof etildi. Beyoncé koʻplab yutuqlarga, jumladan 28 ta Grammy Awards, 26 ta MTV Video Music Awards, 24 ta NAACP Image Awards, 31 ta BET Awards va 17 ta Soul Train Music Awardsga loyiq topilgan. 2014-yilda Billboard uni tarixdagi eng koʻp daromad topgan qora tanli musiqachisi deb atasa, 2020-yilda Time jurnali uni oʻtgan asrning eng nufuzli 100 ayoli roʻyxatiga kiritdi.

Hayoti

1981-1996: Ilk hayoti va karyerasi boshlanishi

Beyonce Giselle Knowles 1981-yil 4-sentyabrda Texas shtatining Houston shahrida tugʻilgan. Onasi Celestine „Tina“ Knowles (qizlik familiyasi Beyonce) soch turmaklovchi boʻlib, oʻzining saloniga ega boʻlgan. Otasi Mathew Knowles esa menejer oʻlaroq faoliyat yuritgan. Beyoncéning singlisi Solange Knowles ham qoʻshiqchi boʻlib, Destiny's Child guruhida tarqalib ketmaguncha yordamchi raqqosa boʻlgan. Solange va Beyoncé tarixda albomlari musiqiy chartlarda birinchi pogʻonadan oʻrin olgan ilk opa-singillardir. Mathew afroamerikalik, Tina esa luiziana kreollikdir.

Beyoncéning ona tarafdan buva va buvisi — Lumas Beyince va Agnez Dereon (Odilia Broussard va Eugene DeRouenning qizi) boʻlib, ular fransuz tilida soʻzlashuvchi luiziana kreolliklar boʻlishgan. Beyoncé ham kreol hisoblanadi. Onasi orqali Beyoncé koʻplab fransuz aristokratlari, jumladan Viscounts de Béarn va Viscounts de Belzunce oilalari avlodi sanaladi. U yana fransuz dvoryani va harbiy lideri boʻlgan Jean-Vincent d’Abbadie de Saint-Castin avlodidir. Uning toʻrtinchi katta buvisi Marie-Françoise Trahan boʻlib, u 1774-yilda Fransiyaning Belle Île orolida joylashgan Bangor kommunasida tavallud topgan. Trahan Britaniya deportatsiyadan soʻng, Belle Île orolida xavfsiz joy topib, qolib ketgan akadiyaliklar qizi boʻlgan. Bretan mol-mulklari 78 ta akadiya oilalari va azaldan yashab kelayotgan mahalliy aholi oʻrtasida taqsimlangan. Trahanlar oilasi Luizianaga koʻchib ketishlaridan avval Belle Île orolida oʻn yildan oshiq vaqt davomida istiqomat qilishgan. Beyoncé oʻz nasl-nasabini oʻrgandi hamda oʻz quliga turmushga chiqqan qul egasi avlodi ekanligini kashf etdi.

Diskografiyasi

  • Dangerously in Love (2003)
  • B'Day (2006)
  • I Am... Sasha Fierce (2008)
  • 4 (2011)
  • Beyoncé (2013)
  • Lemonade (2016)

Filmografiyasi

Turnelari

Manbalar

Havolalar

Tags:

Beyoncé HayotiBeyoncé DiskografiyasiBeyoncé FilmografiyasiBeyoncé TurnelariBeyoncé ManbalarBeyoncé HavolalarBeyoncéAktrisaAmerikaBillboard Hot 100Dangerously in LoveDestiny's ChildHoustonQoʻshiqchiTexas

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AQSh prezidentlari roʻyxatiGap boʻlaklariShialikToʻplam (matematika)MotivatsiyaJizzax viloyatiNavoiy viloyatiLotin tiliParonimlarAnafilaktik shokInson huquqlariGʻafur GʻulomOʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiSterilizatsiya (mikrobiologiya)Murakkab efirlarKubik metrEkotizimInvestitsiyaAfgʻonistonMaktabMuhammad Ali AhmedovSugʻurtaAsrga tatigulik kunSinfdan tashqari ishlarUslubMahalliy davlat hokimiyati organlariAbdulhamid ChoʻlponRaqobatKanadaOila tarbiyasiOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiSoʻz turkumlariMehnat muhofazasiNavroʻzIdrokKubAnemiyaTinch okeaniXudoyberdi ToʻxtaboyevFunksiya (matematika)IntegratsiyaYusuf Xos HojibAlpinizmXorazm viloyatiKuntugʻmish69 (jinsiy poza)Andijon (shahar)KondensatorRuhlar isyoniFrazeologiyaAdabiy tilMuhammad Sodiq Muhammad YusufIssiqlikUfq (trilogiya)Ehtimollar nazariyasiFuqarolik jamiyatiGʻarb falsafasiSaida ZunnunovaYosin surasiKoinotOʻzgaruvchanlikOt (hayvon)Yorugʻlik interferensiyasiTuzlarGidrolizUsmonlilar imperiyasiPaygʻambarIslom KarimovKuyishZilzilaEkologik omillarAntiseptikaChekishMaʼlumotlar bazasiSaylov tizimiOʻzbekistondagi muzeylarBuxgalteriya balansiGeografiyaJahongir Otajonov🡆 More