Ali Akbar Rafsanjoniy

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy — Eronlik siyosiy va diniy arbob.

1989-1997-yillarda Eron Prezidenti, 1980-1989-yillarda Eron Oliy Majlisis raisi, 1979-1980-yillarda Eron ichki ishlari vaziri. Hozirda turli siyosiy ishlar bilan mashgʻul.

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy
fors. علي اکبر هاشمی رفسنجانی
Ali Akbar Rafsanjoniy
Ali Akbar Rafsanjoniy
 4-Eron Prezidenti
Ali Akbar Rafsanjoniy
 
Mansab davri
1989-yil 3-avgust – 1997-yil 2-avgust
Oʻtmishdoshi Ali Xomanaiy
Vorisi Muhammad Hotamiy
Ali Akbar Rafsanjoniy
 1-Eron Oliy Majlisi Raisi
Ali Akbar Rafsanjoniy
 
Mansab davri
1980-yil – 1989-yil
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etildi
Vorisi Mehdi Karrubiy
Ali Akbar Rafsanjoniy
 Eron ichki ishlari vaziri
Ali Akbar Rafsanjoniy
 
Mansab davri
1979-yil – 1980-yil
Oʻtmishdoshi Hoshim Sabbogʻiyan
Vorisi Muhammad-Rizo Mahdaviy Koniy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-avgust 1934-yil
Nugʻ qishlogʻi, Kerman ostani, Eron
Vafoti 8-yanvar 2017-yil(2017-01-08)
(82 yoshda)
Tehron, Eron
Fuqaroligi Eron bayrogʻi Eron
Siyosiy partiyasi Kurashuvchi kliriklar assotsiatsiyasi
Turmush oʻrtogʻi Iffat Marashiy

Biografiyasi

Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy 1934-yilning 25-avgust kuni Eronning janubida joylashgan Kerman ostanidagi Nugʻ qishlogʻida, kambagʻal oilada tugʻilgan. 16 yoshida Qum shahriga koʻchib oʻtib Ruhillo Xomeyniy darslariga borishni boshlagan. Islom inqilobigacha Rafsanjoniy 15 yil ichida 5 marta qamoqqa tushib oʻtkazgan. Inqilobdan soʻng vaqtinchalik inqilobiy hukumat hukumat tarkibiga kirgan.

1980-yilda u Eronning yangi tashkil etilgan Oliy Majlisida rais etib tayinlangan va ushbu lavozimda 1989-yilgacha faoliyat yuritgan. 1989-yilda Rafsanjoniy Ali Xomanaiy oʻrniga Eron Prezidenti saylovlarida ishtirok etib gʻalaba qozongan va Eron Prezidenti etib tayinlangan. Ali Akbar Rafsanjoniy Prezidentligi 1997-yilning avgust oyigacha davom etgan.

Prezidentligi davrida Rafsanjoniy juda koʻp sohalarda islohotlar oʻtkazgan. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli yakunlangan, biroq Eronda ozod bozor siyosatini isloh qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ushbu noaniq islohot tufayli mamlakatda inflyatsiya hajmi 49 foizga oʻsib ketgan.

Rafsanjoniyning Prezidentligi davrining boshi oʻsha paytda dunyoda roʻy bergan juda katta siyosiy oʻzgarishlar roʻy berganiga toʻgʻri kelgan. Aynan Rafsanjoniy Eronni qulagan SSSRning Oʻrta Osiyo va Kavkazorti respublikalari bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga muhim rol oʻynagan. Shuningdek u Arab dunyosi davlatlari bilan ham hamkorlini kuchaytirishga harakat qilgan. Ham tashqi ham ichki siyosat boʻyicha Ali Akbar Rafsanjoniy Eronda eng hurmatli siyosatchilardan biri hisoblanadi.

Tags:

EronEron Prezidenti

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BachadonAksiyaAbu Ali ibn SinoYupiterAminokislotalarBozorQoʻshilgan qiymat soligʻiAtmosferaChumolilarMuskullarNafas organlariMiniatyuraAdabiyotToʻlqinlarMigrenOʻsishRus tiliLipidlarBakteriyalarBuddizmRim raqamlariYuridik shaxsJigarFotiha surasiReklamaEkosistemaEkologiyaPoʻlatShayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxatiQuyoshOshqozon-ichak kasalligiYurakJaloliddin ManguberdiYaponiyada taʼlimZamburugʻlarOrol dengiziQadimgi MisrAsr namoziSamarqand viloyatiFuqarolik jamiyatiBozor iqtisodiyotiXitoyQon kasalliklariIqtisodiyotFarhod va ShirinInformatikaYorugʻlikMaydoniga koʻra davlatlar roʻyxatiRichagMakruhDBS Bank LimitedOʻtkan kunlarEksperimental psixologiyaSadriddin AyniyAbdulhamid ChoʻlponOntogenezJamol KamolOʻzgaruvchan tokKasrBosh miya nervlariOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiKlinik qon tahliliOmmaviy madaniyatAppenditsitHans Christian AndersenBirlashgan QirollikQoraqalpogʻistonFransiyaElektr kuchlanishTurkiy tillarMaqolaOilaRamazonFaradey qonuniDavlat byudjetiAzonAllergiyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiShanxay hamkorlik tashkiloti🡆 More