Aleksandr Geynrix

Aleksandr Rudolfovich Geynrix (1984-yil 6-oktyabrda tugʻilgan, Angren, Toshkent viloyati) — Asli nemis oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan.

2018-yildan Qozogʻistonning „Aktobe“ klubini boshqarib kelmoqda. Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston chempioni. U 2002-2017-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan (108 o‘yin va 36 gol).

Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix
Aleksandr Geynrix
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Rudolfovich Geynrix
Tavallud sanasi 6-oktyabr 1984-yil (1984-10-06) (39 yosh)
Tavallud joyi Angren Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan.
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Doʻstlik
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001 Oʻzbekiston Doʻstlik 12 (0)
2002 Oʻzbekiston Paxtakor 23 (9)
2003-2004 Rossiya SSKA 2 (1)
2005 Oʻzbekiston Paxtakor (Ijara) 12 (5)
2006 Rossiya Torpedo 21 (0)
2007-2011 Oʻzbekiston Paxtakor 94 (49)
2011 Janubiy Koreya Suvon Samsung 19 (3)
2012 Birlashgan Arab Amirliklari Emirates 6 (2)
2012-2014 Qozogʻiston Aktobe 52 (15)
2014 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 11, (7)
2015-2017 Qozogʻiston Ordabasi 58 (13)
Milliy terma jamoa
2002-2017 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 98 (31)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

Professional faoliyatini 2001-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida boshlagan. 2002-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif etilgan boʻlib, 23 oʻyinda 9 ta gol urdi va 18 yoshida Oʻzbekiston chempioni boʻldi, shuningdek, 2001/02-yilgi Oʻzbekiston Kubogida gʻolib chiqdi.

2003-yilda u Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Moskvaning SSKA klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, 2003-yilda Rossiya chempioni boʻldi, garchi u atigi ikkita oʻyin oʻtkazgan boʻlsa-da, kumush medal sovrindori „Zenit“ darvozasiga gol urdi. Shuningdek, u Premer-liga kubogi, Rossiya kubogi va Rossiya Superkubogi bahslarida ishtirok etgan. Ammo 2003-yilgi Superkubok Moskvaning „Lokomotiv“iga penaltilar seriyasida yutqazilgan edi.

Keyinroq yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijara asosida yoʻl oldi va 2005-yilda u bilan yana Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2006-yilgi mavsumni Moskvada „Torpedo“da oʻynagan.

2007-yilda vataniga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida besh mavsum toʻp surdi. U klubi bilan uchinchi marta mamlakat chempioni, 2007 va 2009-yillarda yana ikkitadan Oʻzbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2011-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogidan soʻng 2011-yilning 26-fevralida Toshkentning „Paxtakor“ klubi Geynrix Janubiy Koreyaning K-Ligadagi „Suvon Blyuvings“ klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida o‘tganini eʼlon qildi. U Suvon uchun K-ligadagi debyutida, 2011-yil 6-mart kuni „Seul“ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda gol urdi. Aleksandr Suvon tarkibidagi debyut oʻynini 2011-yil 6-mart kuni K-League vakili FC Seoulga qarshi oʻtkazdi va 2012-yil boshida u Amirliklarning „Emirates“ klubida oʻynadi.

2012-yil 14-iyunda Aktobe Geynrix bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Geynrix ikki kundan soʻng „Aktobe“ning „Sunkar“ga qarshi oʻyinida (2:1) debyut qildi. „Aktobe“ bilan ikki yildan soʻng Geynrixning shartnomasi 2014-yilning 11-iyunida bekor qilindi. Mavsumning ikkinchi qismida Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazdi.

2015-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubini tark etib, Geynrix oʻsha yilning fevral oyida „Ordabasi“ klubi bilan shartnoma imzolab, Qozog‘iston Premer-ligasiga qaytdi.

2012-yilning yozida u qozogʻistonlik „Aktobe“ lageriga koʻchib oʻtdi. Uch mavsumda u 52 oʻyin oʻtkazdi, 15 gol urdi va toʻliq medallar toʻplamini toʻpladi, 2014-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Yevropa ligasining 2013/14-yilgi mavsumida Kiyevning „Dinamo“siga qarshi o‘yinda u har bir o‘yinda bittadan gol urdi. Ammo 2014-yilning iyun oyida klub futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi. Balki bunga Geynrix klubning eng koʻp maosh oluvchi legionerlari uchligidan joy olgani (yiliga 800 000 evro) va „Aktobe“ning endi bunday xarajatlarga klub budjeti toʻgʻri kelmagani sabab boʻlgandir.

2015-yilning fevralida Geynrix Qozogʻistonning boshqa bir klubi „Ordabasi“ bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilgi mavsumda Geynrix bilan klub oʻz tarixida birinchi marta chempionat bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Lekin noyabr oyida oʻzbekistonlik futbolchi jamoani tark etdi. Ammo yakunda uning ortidan murabbiy bo‘lish taklifi tushdi. 2018-yilning 15-mart kuni o‘zbekistonlik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Geynrix futboldagi faoliyatini yakunlab, Qozog‘istonning „Aktobe“ klubi murabbiy-seleksioneriga aylandi.

Terma jamoada

U 17 yoshu 7 oy 8 kunligida O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi va jamoa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U 2002-yildan 2017-yilgacha terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa tarixida Maksim Shatskixdan (34 gol) keyin ikkinchi toʻpurar (32 gol) hisoblanadi. Shuningdek, oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha (98 oʻyin) kuchli beshlikka kirdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

    2017-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Umumiy
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Doʻstlik 2001 Oʻzbekiston Superligasi 12 0 - - - 12 0
Paxtakor Toshkent 2002 Oʻzbekiston Superligasi 23 9 - - 23 9
CSKA Moskva 2003 Rossiya Premer-ligasi 2 1 1 0 1 0 0 0 1 0 5 1
2004 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
2005 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
Umumiy 2 1 1 0 1 0 0 0 1 0 5 1
Paxtakor Toshkent (Ijara) 2005 Oʻzbekiston Superligasi 12 5 - - 12 5
Torpedo Moskva 2005 Rossiya Premer-ligasi 11 0 - - - 11 0
2006 10 0 - - - 10 0
Umumiy 21 0 - - - - - - 21 0
Paxtakor Toshkent 2007 Oʻzbekiston Superligasi 26 16 - - 26 16
2008 25 12 - - 25 12
2009 21 13 - 2 0 - 23 13
2010 22 11 1 1 - 3 1 - 26 13
Umumiy 94 49 - - - - 94 49
Suwon Samsung Bluewings (Ijara) 2011 K League 19 3 1 0 - 3 0 - 23 3
Emirates Club 2011-12 UAE Pro-League 6 2 1 1 - - - 7 3
Aktobe 2012 Qozog‘iston Premer-ligasi 13 6 4 1 - 5 1 - 22 8
2013 26 6 3 0 - 7 1 - 36 7
2014 13 3 2 0 - 0 0 - 15 3
Umumiy 52 15 9 1 - - 12 2 - - 73 18
Lokomotiv Toshkent 2014 Oʻzbekiston Superligasi 11 7 1 0 - 0 0 - 11 7
Ordabasy 2015 Qozog‘iston Premer-ligasi 22 3 1 0 - 2 0 - 25 3
2016 20 10 2 0 - 2 1 - 24 11
2017 16 0 2 0 - 0 0 - 18 0
Umumiy 58 13 5 0 - - 4 1 - - 67 14
Umumiy faoliyat 310 104 - - - - 310 104

Milliy terma jamoa

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2002 2 0
2003 5 2
2004 7 4
2005 6 2
2006 6 2
2007 9 3
2008 8 1
2009 4 2
2010 7 4
2011 14 6
2012 9 2
2013 7 0
2014 0 0
2015 3 2
2016 7 1
2017 4 0
Umumiy 98 31

2017-yil 5-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Milliy terma jamoa uchun gollar

    Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2 April 2003 Dinamo Stadium, Minsk, Belarus Aleksandr Geynrix  Belarus 2-2 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 20 August 2003 Skonto Stadium, Riga, Latvia Aleksandr Geynrix  Latviya 3-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 22 July 2004 Chengdu Longquanyi Football Stadium, Chengdu, Xitoy Aleksandr Geynrix  Saudiya Arabistoni 1-0 1-0 2004 AFC Asian Cup
4. 30 July 2004 Chengu Longquanyi Football Stadium, Chengdu, Xitoy Aleksandr Geynrix  Bahrayn 1-0 2-2 (3–4 p) 2004 AFC Asian Cup
5. 13 October 2004 King Abdullah II Stadium, Amman, Iordaniya Aleksandr Geynrix  Iroq 2-0 2-1 2006 FIFA World Cup qualification
6. 17 November 2004 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Xitoy Taypeyi 1-0 6-1 2006 FIFA World Cup qualification
7. 25 March 2005 Al-Sadaqua Walsalam Stadium, Al-Quvayt, Quvayt Aleksandr Geynrix  Kuvayt 1-2 1-2 2006 FIFA World Cup qualification
8. 30 March 2005 Seoul World Cup Stadium, Seul, Koreya Respublikasi Aleksandr Geynrix  Janubiy Koreya 1-2 1-2 2006 FIFA World Cup qualification
9. 22 February 2006 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Bangladesh 1-0 5-0 2007 AFC Asian Cup qualification
10. 4-0
11. 11 March 2007 Hojimuqon Munaitpasov nomidagi markaziy stadion, Astana, Qozogʻiston Aleksandr Geynrix  Qozogʻiston 1-1 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
12. 18 July 2007 Shah Alam Stadium, Shah Alam, Malaysia Aleksandr Geynrix  Xitoy 3-0 3-0 2007 AFC Asian Cup
13. 22 August 2007 Valeriy Lobanovskyi Dynamo Stadium, Kyiv, Ukraine Aleksandr Geynrix  Ukraina 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
14. 7 June 2008 MHSK stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Singapur 1-0 1-0 2010 FIFA World Cup qualification
15. 14 November 2009 JAR Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Malayziya 2-0 3-1 2011 AFC Asian Cup qualification
16. 3-0
17. 25 May 2010 Vazgen Sargsyan Republican Stadium, Yerevan, Armenia Aleksandr Geynrix  Armaniston 1-3 1-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
18. 7 September 2010 A. Le Coq Arena, Tallinn, Estonia Aleksandr Geynrix  Estoniya 2-1 3-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
19. 12 October 2010 Bahrain National Stadium, Manama, Bahrain Aleksandr Geynrix  Bahrayn 2-0 4-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
20. 25 December 2010 Zabeel Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Aleksandr Geynrix  Bahrayn 1-0 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
21. 16 January 2011 Thani bin Jassim Stadium, Doha, Qatar Aleksandr Geynrix  Xitoy 2-1 2-2 2011 AFC Asian Cup
22. 28 January 2011 Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar Aleksandr Geynrix  Janubiy Koreya 1-3 2-3 2011 AFC Asian Cup
23. 2-3
24. 23 July 2011 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Qirgʻiziston 1-0 4-0 2014 FIFA World Cup qualification
25. 11 October 2011 Yanggakdo Stadium, Pyongyang, Shimoliy Koreya Aleksandr Geynrix  Shimoliy Koreya 1-0 1-0 2014 FIFA World Cup qualification
26. 15 November 2011 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Tojikiston 3-0 3-0 2014 FIFA World Cup qualification
27. 7 September 2012 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Kuvayt 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
28. 3-0
29. 3 September 2015 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Yaman 1-0 1-0 2018 FIFA World Cup qualification
30. 12 November 2015 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Shimoliy Koreya 2-1 3-1 2018 FIFA World Cup qualification
31. 1 September 2016 Milliy stadion, Toshkent, Oʻzbekiston Aleksandr Geynrix  Suriya 1-0 1-0 2018 FIFA World Cup qualification
2017-yil 25-avgust holatiga koʻra toʻgʻri

Yutuqlar

Klublar

    Paxtakor
  • O‘zbekiston chempioni : 2002, 2005, 2007
  • O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008, 2009, 2010
  • O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil
  • O‘zbekiston kubogi sohibi : 2002, 2005, 2007, 2009
    CSKA
  • Rossiya chempioni : 2003-yil
    Suvon Blyuvings
  • Koreya liga kubogi sohibi : (1) 2011-yil
    Aktobe
  • Qozogʻiston chempioni : 2013-yil
  • Qozogʻiston chempionatining kumush medali sovrindori : 2014-yil
  • Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori : 2012-yil
  • Qozog‘iston Superkubogi sohibi : 2014-yil
    Ordabasi
  • Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori : 2017-yil


Xalqaro

  • OFK Osiyo Kubogi 4-oʻrin : 2011-yil

Shaxsiy

  • O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (1-raqam): 2002-yil
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2-son): 2004, 2006-yil
  • O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (3-son): 2003-yil

Shaxsiy hayot

Millati nemis. Uylangan. 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi vaqtida Aleksandr Geynrix oilasida qiz tugʻildi.

Adabiyot

  • Viktor Xoxlyuk: "Bizning futbol afsonalari. Sobiq SSSRning xorijdagi futbol janglarida gol mualliflari". — Moskva. — 2018. — 42-bet. ISBN 978-5-604-10716-4.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Aleksandr Geynrix Futbolchilik faoliyatiAleksandr Geynrix Faoliyat statistikasiAleksandr Geynrix YutuqlarAleksandr Geynrix Shaxsiy hayotAleksandr Geynrix AdabiyotAleksandr Geynrix ManbalarAleksandr Geynrix HavolalarAleksandr GeynrixAktobe (futbol klubi)AngrenOʻzbekistonToshkent viloyati

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Jismoniy tarbiyaFunksiya (matematika)Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqSaljuqiylar imperiyasiProteinlarOdamDisaharidlar69 (jinsiy poza)BoburBosimHisobotMantiqiy amallarYaponiyaTemuriylar imperiyasiTafakkurTovushHamletPlastik materiallarTurkiston general-gubernatorligiVirusli gepatitChorrahaNigeriyaSoliqFuqarolarning huquq va burchlariVirusli kasalliklarMetodologiyaKompyuter grafikasiInson tanasiRahmat FayziyFransiyada ta'limBuddizm tarixiOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariLugʻatShum bola (film)FalsafaJanubiy AmerikaMediasavodxonlikShaharMatematikaQizil kitobOsiyoUfq (trilogiya)Qisqartma soʻzlarAvestoIroda (psixologiya)Suvni tozalashXalqaro tashkilotVatanXristianlikTurkmanistonZarbulmasalHello world pythonQogʻozUygʻonish davriSteve JobsPunktuatsiyaJizzax viloyatiLolaAxborot tizimiSuv havzasiTilshunoslikOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiNavroʻzTibbiyotMuskullarKonusYurak-tomir sistemasi kasalliklariAmudaryoDielektriklarShanxay hamkorlik tashkilotiSayyoraGeometriyaOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiMagnit induksiyaKorrupsiyaQushlarQishloq xoʻjaligiAflotun🡆 More