Kuvayt, Al-Kuvayt — Kuvaytning poytaxti.
Fors qoʻltigʻidagi Kuvayt buxtasining janubiy sohilida. Aholisi 1 million kishi (1998). Iqlimi quruq tropik iqlim, oʻrtacha temperatura yanvarda 11°, iyulda 34°, yillik yogʻin 1000 mm dan ziyod. K. 18-asr boshidan qurila boshlagan. 1756-yildan Saboh amirligining poytaxti. 1871-yilda K.ni turklar, 1899-yilda inglizlar bosib olgan. 1961-yildan mustaqil mamlakat poytaxti.
Mamlakatning savdo-moliya va taqsimot markazi. K. — yirik dengiz porti (mamlakat importining 70% K. orqali oʻtadi). Avtomobil yoʻllari tuguni. Savdo firmalari, hukumat banklari, asosan, Al-Quvayt Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, sovitkich, televizorlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat, sement, neft kimyosi, kema remonti korxonalari, dengiz suvini chuchuklantirib beruvchi zavod, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Milliy universitet (1966), ilmiy tadqiqot institutlari (neft geologiyasi boʻyicha), markaziy kutubxona (1936), etnografiya va arxeologiya muzeylari va boshqa bor. 6-asrda qurilgan qad. ibodatxona qoldiqlari saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Al-Quvayt, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.