Abdulrazzoq Gurnah

Abdulrazzak Gurnah FRSL (1948-yil 20-dekabrda tugʻilgan — Tanzaniyada tavallud topgan britaniyalik yozuvchi va akademik.

U Zanzibar sultonligida tugʻilgan va 1960-yillarda Zanzibar inqilobi paytida qochqin sifatida Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtgan. Uning romanlari orasida Buker va Whitbread mukofotlari uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan „Jannat“ (1994); „Tark“ (2005); hamda Buker mukofotining longlisti va Los-Anjeles Tayms kitob mukofotining qisqa roʻyxatiga kiritilgan "Dengiz boʻyida" (2001) kabi asarlari mashhur.

Abdulrazzak Gurnah
Abdulrazzoq Gurnah
Asl ismi sua.: Abdulrazak Gurnah
inglizcha: Abdulrazak Gurnah
arabcha: عبد الرزاق گرناہ
Tavalludi 20-dekabr 1948-yil (1948-12-20) (75 yosh)
Zanzibar sultonligi, Tanzaniya
Kasbi 1987-yildan hozirgacha
Ijod qilgan tillari Ingliz tili va Suaxili tili
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik, Tanzaniya bayrogʻi Tanzaniya
Yoʻnalish realizm
Janr nasr
Shoh asari Kent universiteti
Mukofotlari Nobel mukofoti (2021)
Veb-sayti
rcwlitagency.com

Gurnah 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan „madaniyatlar va qitʼalar o‘rtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ taqdirlangan. U Kent universitetining ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professori.

Yoshlik va taʼlim

Abdulrazzak Gurnah 1948-yil 20-dekabrda. Zanzibar sultonligida tug‘ilgan. U 18 yoshida Zanzibar inqilobi natijasida arab elitasi hukmronligi agʻdarilib, keyinchalik Tanzaniyaning bir qismiga aylangan orolni tark etib, 1968-yilda qochqin sifatida Angliyaga kelgan. U arab naslidan boʻlib, otasi va amakisi Yamandan koʻchib kelgan tadbirkorlar edi.

U dastlab Kenterberidagi Christ Church kollejida tahsil olgan, oʻsha paytda ushbu kollejning diplomlari London universiteti tomonidan taqdim etilardi. Keyin u Kent universitetiga oʻtdi va 1982-yilda "Gʻarbiy Afrika fantastikasini tanqid qilish mezonlari" nomli dissertatsiya bilan doktorlik unvonini qoʻlga kiritdi.

Kasbiy faoliyat

Gurnah 1980-yildan 1983-yilgacha Nigeriyadagi Kano Bayero universitetida maʼruzachi boʻlib ishladi. Keyin Kent universitetida ingliz va postkolonial adabiyot professori unvonini olgach, u yerda 2017-yilgacha, yaʼni nafaqaga chiqqunicha dars berdi; yozuvchi ayni damda ushbu universitetda ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professor hisoblanadi.

Gurnahning romanlari tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, ular tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmagan va baʼzi hollarda Buyuk Britaniyadan tashqarida chop etilmagan. U 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganidan so‘ng, uning asarlariga talab ortishi natijasida nashriyotlar va kitob sotuvchilari raqobatga kirishishdi. Nobel mukofoti eʼlon qilinganidan keyingina Gurnah amerikalik noshirlardan oʻzining „Afterlives“ romani uchun takliflar oldi; Riverhead Books ushbu asarni 2022-yil avgust oyida chop etishni rejalashtirmoqda. Riverhead, shuningdek, gurnahning ilgari bosmadan chiqqan ikkita asari "Dengiz boʻyida" („By the sea“) va „Tark“ („Desertion“) uchun nashr huquqlarni qoʻlga kiritdi.

Mukofot va unvonlar

Gurnahning 1994-yilda yozilgan „Jannat“ romani „Buker“, „Whitbread“ va „Yozuvchilar gildiyasi“ mukofotlari shortlistiga hamda Daniya tilidagi eng yaxshi tarjimasi uchun ALOA mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Uning „Dengiz bo‘yida“ (2001) romani Bukerning longlistiga va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan, "Tark" (2005) esa 2006 yilgi Hamdo‘stlik yozuvchilari mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy olgan.

Gurnah 2006-yilda Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi etib saylandi. 2007-yilda "Dengiz boʻyida" asari uchun Fransiyada RFI Témoin du Monde (Dunyo guvohi) mukofotini qoʻlga kiritdi.

2021-yil 7-oktyabrda „madaniyatlar va qitʼalar oʻrtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Gurnah 1993-yilda mukofotni qo‘lga kiritgan Toni Morrisondan keyingi birinchi qora tanli va 2007-yilda laureat boʻlgan Doris Lessingdan keyingi birinchi afrikalik yozuvchi hisoblanadi.

Shaxsiy hayot

Gurnah Angliyaning Kenterberi shahrida yashaydi, Britaniya fuqaroligiga ega. U Tanzaniya bilan yaqin aloqada, u yerda oilasi borligini, imkon boʻlganda u yerga qaytishini nazarda tutuib aytadi: „Men u yerdanman. Qalban u yerda yashayman“.

Asarlar

Romanlar

  • Ketish xotirasi (1987)
  • Ziyorat yo‘li (1988)
  • Dotti (1990)
  • Jannat (1994) (Buker mukofoti va Whitbread mukofoti uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan)
  • Admring Silnece (1996)
  • Dengiz boʻyida (2001) (Buker mukofoti uzun roʻyxatiga kiritilgan va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti qisqa roʻyxatiga kiritilgan)
  • Desertion (2005)
  • Soʻnggi sovgʻa (2011)
  • Tosh yurak (2017)
  • Afterlives (2020)

Manbalar

Tags:

Abdulrazzoq Gurnah Yoshlik va taʼlimAbdulrazzoq Gurnah Kasbiy faoliyatAbdulrazzoq Gurnah Mukofot va unvonlarAbdulrazzoq Gurnah Shaxsiy hayotAbdulrazzoq Gurnah AsarlarAbdulrazzoq Gurnah ManbalarAbdulrazzoq GurnahTanzaniya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SuyuqlikToʻlepbergen QayipbergenovFonetikaBozorTibbiyot deontologiyasiKlinik qon tahliliErkin VohidovYandexMetallarJamiyatKompyuter grafikasiOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiKubDinshunoslikModal soʻzlarDoriRuhlar isyoniInformatikaGloballashuvMusiqaBorliqDramaReklamaMahalliy davlat hokimiyati organlariOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiLolaZarbulmasalOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiDoʻstlik ordeniOʻpkaMisRegiston maydoniWilliam ShakespeareAflotunTransportSiyosiy huquq va erkinliklarDialektikaOybekOscarMuzeyEronAl-XorazmiyBuxoroSuverenitetElektrokardiogrammaOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiArablarning O‘rta Osiyo istilosiQon bosimini tushiruvchi moddalarSoʻz birikmasiModdalar almashinuviOila tarbiyasiQadriyatAtom yadrosiFiqhGalaktikaFrazeologiyaTib qonunlariJanubiy Afrika RespublikasiTafakkurYevropaBoʻlinish alomatlariQon kasalliklariGimnastikaAxborotChigʻatoy ulusiKasbPoʻlatQonYengil atletikaPayvandlashJarohatBankMasturbatsiyaAmmiakEmailHTMLOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariMatematikaKimyo🡆 More