Yelets

Yelets — Rossiya Federatsiyasi Lipetsk viloyatidagi shahar, Sosna daryosi (Donning irmogʻi) sohilida.

Temir yoʻl tuguni. Aholisi 117,7 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, traktor gidroagregatlari, tibbiy asbob-uskunalari zavodlari), shakarqand, pivo, koʻn zavodlari, tamaki fabrikasi, ped. instituti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Yelets tur (krujeva) ishlab chiqarish bilan mashhur. Yelets solnomalarda 12-asrdan tilga olingan. 13—15-asrlarda moʻgʻullar tasarrufida boʻlgan. 1395-yil Amir Temur koʻp mingli qoʻshin bilan Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishni va uning jangdan keyin toʻzib ketgan qoʻshinini taʼqib qilib Ye.gacha borgan va u yerda ikki hafta turib qoʻshinlariga dam bergan. Amir Temur lashkarining Moskvaga yaqinlashib borishi rus knyazlarini, ayniqsa Moskva aholisini nihoyatda vahimaga solgan. Ular Amir Temurga karshi kurashish u yoqda tursin, hatto mudofaaga oʻtish ham befoyda degan xulosaga kelganlar. Chor atrof oʻrmon va botkrkli yerlarni kurgan sohibqiron amirlar mashvaratidan keyin 26-avgust (8 sent.) da shaharchani tashlab, qoʻshinlarni Samarqandga qaytishga farmon bergan.

Manbalar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

KoʻmakchiOʻzbeklarAlaq surasiSirdaryoInternetSterilizatsiya (mikrobiologiya)Avstriya Olimpiada oʻyinlaridaIsteʼdodYerEronKasallikKurashXorazm viloyatiBetonRassomlik sanʼatiYalligʻlanishSardor UmrzoqovTurkiy tillarPokistonFizikaOperaMaʼnaviyatZamburugʻlarOt (hayvon)XivaTovush (tilshunoslik)Asinxron elektr dvigatelBoburnomaNutq madaniyatiIkkinchi Jahon urushiNavroʻzPISA - Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturiElektr maydonMoliya tizimiInson huquqlariOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiTelegramYulduzImmunitetTogʻ jinslariSodda gapOʻqituvchiMineralJamiyatOrganik kimyoOvqat hazm qilishEritrotsitlarTebranishlarLugʻatHTMLKorxonaOg'irlik o'lchov birliklariInternet tarixiMaʼlumotlar bazasiEski oʻzbek tiliQuyoshQadimgi MisrBosh miyaLavvohBolalar psixologiyasiAnton ChexovIssiqlik almashinishBotulizmJigarXalqaro tashkilotTransportRauf ParfiOʻzbek tiliEhtiyojParallelepipedWilliam ShakespeareTurizmMarketingOgahiyDunyoning yetti moʻjizasiOyshaNatural sonAllergiyaChorvachilik🡆 More